O'mt obloshka cdr


Mavzu 4: Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va tuzilishi



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/47
tarix19.10.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#156915
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Axborot texnologiyalari

Mavzu 4: Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va tuzilishi 
 
Reja: 
1.
 
Shaxsiy kompyuter tushunchasi. 
2.
 
Shaxsiy kompyuter vositari
3.
 
Shaxsiy kompyuter tuzilishi 
Tayanch so‘z va iboralar: EHM, BESM-6, YeS EHM, IBM 
kompyuterlar, MAKINТOSh, Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, lbrus-2 
EHM, IBM PC klaviaturasi. 
Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki 
unga avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va 
texnik vositalarini o‘rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish 
jarayonlarining asosini axborotni yig‘ish, talqin qilish, saqlash, qayta 
ishlash va uzatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar hisoblash texnikasi, 
jumladan, EHMlar yordamida amalga oshiriladi.O‘tgan asrning 40-
yillaridan boshlab universal EHMlarning davri boshlandi desa bo‘ladi. 
Ularning taraqqiyotini avlodlarga bo‘lib o‘rganish tajribasi keng qo‘llanib 
kelingan. Ayni paytda EHMda qo‘llanilgan radiotexnik elementlar bazasi 
hamda dasturiy ta’minoti kabi tasnif belgilari bo‘yicha avlodlarga 
ajratishdan ham foydalanilgan. Lekin yana bir tasnif belgisi — EHMning 
arxitekturasidagi farqiga qarab ham u yoki bu avlodga ajratish 
maqsadga muvofiqdir. Bunga oid gapni «bazaviy EHM»ning 
arxitekturasi, ya’ni abstrakt modelidan boshlaymiz.Ushbu EHM 
tarkibidagi arifmetik — mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va 
chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar.Universal 
EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:Birinchi avlod 
EHMlari — bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo‘lgan 
«bazaviy EHM»dir.Ikkinchi avlod EHMlari — bu birinchi avlod 
mashinasidan tarkibida tashqi xotira qurilmasi ham borligi bilan farq 
qiladi; Uchinchi avlod EHMlari — bu ikkinchi avlod mashinasidan 
tarkibida axborot almashuv qurilmasi(kanal) ham borligi bilan farq 
qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida 


axborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko‘p dasturli (bir 
vaqtning o‘zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, 
ma’lumotlarni kiritish va hokazo) rejimni amalga oshirish mumkin 
bo‘ladi. BESM-6, YeS EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari 
sirasiga kiradi.Тo‘rtinchi avlod EHMlari — bu uchinchi avlod 
mashinasidan tarkibida xar biri parallel ravishda ishlay oladigan ikki va 
undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq qiladi. Cheget, Elbrus-2 kabi 
EHMlar to‘rtinchi avlodga mansub. O‘z vaqtida Тoshkentdagi 
«Algoritm» zavodida ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan Elbrus-2 EHM 
tarkibida xar biri sekundiga 1 mln amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga 
ega bo‘lgan 10 ta protsessor bor.Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘quv 
muassasalaridagi eng zamonaviy shaxsiy kompyuterlar ham bitta 
protsessorli bo‘lgani tufayli uchinchi avlodga mansub. Ayni paytda 
ayrim idoralar kuchli serverlar (ikki va undan ko‘p protsessorlarga ega 
bo‘lgan, 
ya’ni 
to‘rtinchi 
avlod 
kompyuterlari)dan 
foydalanmoqdalar.Beshinchi avlod EHMlari — bu to‘rtinchi avlod 
mashinasidan tarkibida intellektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni 
avtomatik ravishda yechishning dasturiy ta’minoti va muloqot 
protsessori borligi bilan farq qiluvchi, universal sun`iy tafakkur 
mashinalaridir. Universial EHMlarning rivojlanish tarixida alohida o‘rinni 
kompyuterlar egallab kelmoqdalar. Kompyuterlar davri 1971 yilda 
AQShda mikroprotsessor kashf etilgandan boshlangan desa bo‘ladi. 
Kompyuterlarni ishlab chiqarish avvaliga asosan APPLE firmasi, 
keyinchalik (1984y.) esa, IBM firmasi maxsulotlari hisobiga kengayib 
bordi.Hozirda APPLE firmasi «MAKINТOSh» rusumdagi kompyuterlari 
bilan, ayniqsa, AQShning o‘zida tanilgan bo‘lsa, IBM kompyuterlari 
dunyoda keng tarqalgan. Shu sababli aynan IBM kompyuterlarining 
arxitekturasi va asosiy qurilmalari ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Kompyuterning arxitekturasini quyidagicha tasvirlash mumkin: 
Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor va 
klaviatura (sichqoncha bilan).Markaziy protsessorKiritish – chiqarish 
kanallariKontrollerlarTashqi xotira qurilmalariTashqi kiritish-chiqarish 


qurilmalari Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) 
xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar 
bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi. Markaziy 
protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, 
(ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur 
yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash 
jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli 
moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma — protsessor 
deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat 
qilish, dasturdagi ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini 
boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so‘z bilan 
aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va 
barcha ko‘rsatmalarini bajaradi. Mikroprotsessor. IBM rusumli 
kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga 
muvofiq 
boshqa 
firmalarning 
mikroprotsessorlari 
o‘rnatiladi. 
Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi.
Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, kabi 
turlari ma’lum.1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium 
mikroprotsessorlarini 
ishlab 
chiqarib, 
IBM 
kompyuterlariga 
o‘rnatmoqda. Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda 
ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy 
xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda 
diskka qayta yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi 
ma’lumotlar o‘chiriladi.Diskli jamlagichlar. Ma’lumotlarni saqlash, 
hujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish, bir 
kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish kompyuter bilan ishlaganda 
foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar 
ishlatiladi.
Ular ikki turda bo‘lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq 
disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi. Kompyuterda qattiq 
diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Foydalanuvchi 
uchun qattiq diskdagi jamlagichlar bir-biridan, ya’ni diskka qancha 


axborot sig‘ishi bilan farq qiladi. Hozirgi paytda kompyuterlar asosan 
sig‘imi 20 Gbayt va undan ko‘p bo‘lgan vinchesterlar bilan 
jihozlanmoqda. Fayl serverlar nafaqat katta sig‘imli, balki tezkor bo‘lgan 
bir nechta vinchesterlar bilan jihozlanishi mumkin.
Diskning ish tezligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi:
1. Diskning sekundiga aylanishlar soni. 
2. Diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish 
tezligi.Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarga kirish vaqti va 
o‘qish-yozish tezligi faqat diskovodning o‘zigagina bog‘liq emas, balki 
disk bilan axborot almashish kanali parametrlariga, disk kontrolerining 
turi va kompyuter mikroprotsessorining tezligiga ham bog‘liq.
Kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) kompyuter tarkibiga 
kiruvchi turli qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini 
boshqaradi.
Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan 
ma’lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun 
maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud.Umumiy portlarga 
printer, «sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo‘ladi: 
parallel — LPT1—LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket — COM1—COM3.
Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezroq 
bajaradi.
Monitorlar. Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik 
axborotni chiqarishga mo‘ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli 
bo‘lib, matnli hamda grafik xolatlarda ishlashi mumkin.Matn xolatida 
monitor ekrani shartli ravishda aloxida belgi o‘rinlariga (ko‘pincha 80 ta 
belgili 25 ta satrga) bo‘linadi. Har bir o‘ringa 256 ta belgidan biri 
kiritilishi mumkin. Bu belgilar qatoriga katta va kichik lotin alifbosi 
xarflari, raqamlar, tinish belgilari, psevdografikramzlar va boshqalar 
kiradi. Ranglimatnlarda har bir belgi o‘rnigao‘zining va fonning rangi 
moskelishi mumkin. Bu esa chiroylirangli yozuvlarni ekranga 
chiqarishimkonini beradi. Grafik holat ekranga grafiklar, rasmlar va 
boshqalarni chiqarishga mo‘ljallangan. Bu xolatda axborotlarni turli 


yozuvli matnlar shaklida ham chiqarish mumkin. Yozuvlar ixtiyoriy shrift, 
o‘lcham, interval va boshqalarga ega bo‘lishi mumkin.Grafik holatda 
ekran yoritilgan va yoritilmagan nuqtalardan iborat bo‘ladi. Har bir 
nuqta monoxrom monitorlarda qoraroq yoki yorug‘roq, rangli 
monitorlarda esa, bir yoki bir necha rangda bo‘lishi mumkin. Ekrandagi 
nuqtalar soni berilgan holatdagi monitorning xal etish qobiliyatiga 
bog‘liq. Shuni ta’kidlash lozimki, xal etish qobiliyati monitor ekranining 
o‘lchamlariga ham bog‘liq.IBM rusumidagi kompyuterlarda so‘nggi 
paytlarda kerakli sifatga ega bo‘lgan tasvirni hosil qilish imkonini 
beruvchi SVGA va suyuq kristalli (LCD) monitorlari qo‘llanilmoqda. 
Klaviatura. IBM PC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni 
va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan 
qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi undagi tugmachalar soni 
va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin 
ularning vazifasi o‘zgarmaydi. Sichqoncha va trekbol. Sichqoncha va 
trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari 
hisoblanadi. Ular klaviaturaning o‘rnini to‘laligicha almashtira olmaydi. 
Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga 
ega.Sichqonchani ulanishining uch usulini ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p 
tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeysli 
sichqonchalar kamroq tarqalgan. Ularni ulash uchunmaxsus interfeys 
yoki «sichqoncha»porti kerak bo‘ladi. Uchinchiko‘rinishdagi ulanish PS/2 
stilidagisichqonchalarda amalga oshirilgan.Hozirgi kunda ular portativ 
kompyuter-larda ishlatilmoqda.
Тrekbol — «ag‘darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir 
Тrekbol — «ag‘darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Тrekbolda 
uning korpusi emas, balki sharcha xarakatga keltiriladi. Bu esa kursorni 
boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois 
trekbolga ega bo‘lgan sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda.Savol 
va topshiriqlar1. Kompyuterning arxitekturasi deganda nimani 
tushunasiz?2. EHMlarning avlodlari haqida gapirib bering.3. 
Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalarini aytib bering.4.


Markaziy protsessorning vazifasi nimalardan iborat?5. Operativ 
xotira qanday vazifani bajaradi?6. Monitorlar qanday xolatlarda ishlashi 
mumkin?7. Kompyuterga axborotni kiritishga mo‘ljallangan qanday 
qurilmalarni bilasiz?8. Diskli jamlagichlar nima uchun ishlatiladi?9. Diskli 
jamlagichlarning qanday turlari bor? 
SHAХSIY KOMPYUТERLAR ТASNIFI 
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) — hammaboplik va qo‘llashda 
universallik talablarini koniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro 
EHMlardir.Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universallik talablarini 
qondirishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:· - 
individual xaridor uchun mos keladigan narxlarda;· - atrof-muhit 
sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi;- tuzilishining 
boshqarish, fan, ta’lim, turmush sohalarida turli ko‘rinishda 
qo‘llanishlarga moslashuvchanligi;- foydalanuvchining maxsus, kasbiy 
tayyorgarliksiz ishlashi imkoniyatini beruvchi operatsion tizimlar va 
boshqa «do‘stona» dasturiy ta’minotlar;- ishlashning yuqori darajada 
ishonchliligi (buzilmasdan 5000 soatdan ortiq ishlashi).
Savol va topshiriqlar 
1. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmasi nechta? 
2. Shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalari sanang? 
3. Asosiy qurilmalarning asosiy vazifalari? 
4. Sichqonchani eslatuvchi qurilma bu? 
5. IBM PC klaviaturasi asosan nimaga mo‘ljallangan? 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin