O'mt obloshka cdr


-Mavzu: Operatsion tizim. Operatsion tizim (OS) – atamalar va



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/47
tarix19.10.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#156915
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Axborot texnologiyalari

5-Mavzu: Operatsion tizim. Operatsion tizim (OS) – atamalar va 
ta’riflar

Reja: 
1. Operatsion tizim.
2.
Operatsion tizim (OS) – atamalar 
3.
Atamalar va ta’riflar.


Tayanch so‘z va iboralar: MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris, 
MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi, UNIXWare, FAT32, AGP, MMX,
USB, DVD va ACPI. 
Operatsion tizim 
Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va 
boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning 
bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, 
rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi 
vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar 
ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari 
qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga: 

fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa 
ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish); 

dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini
taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin
xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.); 

xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi 
nazorati va h.k.); 

foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan
buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) 
kiradi. 
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli 
rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ 
tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin
foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar – MS-DOS, 
Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.Keling ularning ayrimlariga 
qisqacha to‘xtalib o‘tsak: MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi MS-DOS 
operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif
qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981
yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan 
IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM – uyg‘un kompyuterlar uchun 


standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi 
bo‘lib, u ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarni qo‘llab-
quvvatlay olmaydi. Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri
mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni
bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy 
ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-DOS
kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan buyruqlar tiliga 
ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan 
samarali ishlay oladi. 
Linux operatsion (amaliy) tizimi 
Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi 
asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili 
LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim
xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU 
oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va 
intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi.
UNIX operatsion (amaliy) tizimi 
UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan 
yaratilgan tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi
Bell Laboratory tomonidan 1969 yili taklif qilingan, azaldan
tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si
tilida yozilgan ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. 
Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning 
ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi
modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy 
xislatlarga ega, ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur: 

amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa 
turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish; 

ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan 
tarmoq xizmatlarining keng yig‘masi; 

bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining 
mavjud bo‘lishi; 



yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar 
tomonidan rejalash imkoni; 

RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi; 

xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan 
mahsulotlarni oson ishlatish; 

rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik; 
UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy 
kompyuterlarda keng ishlatiladi. 
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi 
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining
Novell korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare
tizimi birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun
yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida
hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare 
oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb
ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali,
ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir. 
Solaris operatsion (amaliy) tizimi 
Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems
korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan UNIX operatsion
tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli ishlov bajaradi,
tasvirlar bilan ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini 
ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i, elektron pochta, shu jumladan,
nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va 
masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega. 
Windows operatsion (amaliy) tizimi 
Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi
tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion 
tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay 
grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini 
taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. 
Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy 
jarayonlar bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dunyoda


90% ga yaqin kompyuterlar Windows operatsion tizimi 
boshqaruvida ishlaydi. 
Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi 
Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows 95 aloqa va
muloqot uchun ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 
1995 yilning 24 avgustida chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining
operatsion tizimi, amaliy tizimi. Windows 95 o‘zining
imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows 3.1. operatsion tizimi,
amaliy tizimini ancha ortda qoldirgan. Foydalanuvchining yangi
interfeysiga qo‘shimcha ravishda, Windows 95 o‘z ichiga ko‘pgina
muhim angitdan kiritilgan funksiyalarga ega. U, 32-xonali 
qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim
uchun yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi.
Shu bilan birga, Windows 95, Windows va DOSning eski 
qo‘llanmalarini bajara oladi. Windows 95da, DOSdagi asosiy xotira 
640K va fayl nomining uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi 
cheklovlar bekor qilingan. 
Windows 98 operatsion (amaliy) tizim 
Windows 98 operatsion (amaliy) tizim. Azalda, bu operatsion 
tizimni Memphis, so‘ngra Windows 97 deb ataldi, ammo
Microsoft kompaniyasi, operatsion tizim muddatida, 1997 yilda tayyor
bo‘lmaganligi sababli, uning nomini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. 
Windows98 ko‘pgina yangi texnologiyalarni quvvatlash imkonini
beradi, shu jumladan, FAT32, AGP, MMX, USB, DVD va ACPI 
texnologiyalarni ham. Uning eng sezilarli xossasi bo‘lib, veb- brauzer
(Internet Explorer)ni operatsion tizim bilan uyg‘unlashtiruvchi,
«Faol ish stoli» (Active Desktop) tushunchasi bo‘ladi. 
Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi 
Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows 
operatsion tizimlari safidagi mahsulot, Windows NT operatsion 
tizimi, amaliy tizimining takomillashtirilgan rusumi. Windows
2000ni ko‘pincha W2K shaklida belgilanadi. Windows 2000 
operatsion tizimi, amaliy tizimining to‘rt rusumi bor: 


Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion tizim.
Qo‘llanmalarni ishlatish, Internet bilan ulanish, fayllar, printerlar
va tarmoq resurslaridan erkin foydalanish uchun ishlatiladi. 
Server – veb-server sifatida ham, mahalliy tarmoq serveri 
sifatida ham ishlatiladi. 
Advanced Server – biznes-qo‘llanmalar va elektron tijorat
uchun ishlatiladi. Windows 2000 Server standart rusumidan
yuqori masshtablanuvchanlik va erkin foydalanish qulayligi bilan 
ajralib turadi. 
Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta hajmdagi
ma’lumotlarga ishlov berish talab qilinadigan kompyuter
tarmoqlarida foydalanish uchun yaratilgan. 
Windows CE operatsion (amaliy) tizimi 
Windows CE operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows
operatsion tizimi, amaliy tizimining mobil PDA (personal digital 
assistants)ga o‘xshash kompyuterlar uchun, qisqartirilgan rusumi, 
Windows CEning grafik interfeysi Windows 95ga o‘xshash. 
Windows NT operatsion (amaliy) tizimi 
Windows NT operatsion (amaliy) tizimi. Windows New
Technology (Windows ning yangi texnologiyasi) 32-bitli operatsion
tizim bo‘lib, Microsoft korporatsiyasi tomonidan Windows 95 va 
MS-DOSlarning o‘rniga taklif qilingan. Windows NTning auditoriyasi, 
kuchli operatsion tizimga talabi bo‘lgan, foydalanuvchilarning eng
qiziquvchan 10% qismidir. 
Windows NTning asosiy ustunliklari quyidagilardir: 

funksional uyg‘unlik; 

mobillik; 

masshtablanuvchanlik; 

tizimning boshqarilishi; 

ochiq interfeys; 

sanoat standartlarini quvvatlash. 
Windows NT ning ikki rusumi mavjud: Windows NT
Server, tarmoqlarda server sifatida ishlash uchun va Windows
NT Workstation alohida yoki mijoz ish stansiyalari uchun ishlangan. 


Windows XP operatsion (amaliy) tizimi 
Windows XP operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi 
tomonidan 2001 yilda taqdim qilingan operatsion tizim. Microsoft, 
Windows XPni Windows 95 chiqarilgandan buyon eng muhim 
dasturiy mahsulot deb atadi. Windows XP, Windows 2000ning
o‘zagida qurilgan bo‘lib, yangi tashqi ifodaga va grafik interfeysga ega.
Windowsning avvalgi rusumlariga nisbatan o‘zaro yuqori barqarorlik va 
ishonchlilikni mujassamlashtirgan. Windows XPning ikki rusumi
mavjud: Home va Professional. Microsoft har ikkala rusumning 
mobilligiga katta e`tibor qaratdi, shu jumladan, qo‘shdi. Simsiz
tarmoqlarga ulanish uchun “plugand-play” vositasini ham, Windows 
Xpda «XP» «eXPerience»ni anglatadi. 
Savol va topshiriqlar 
1. Operatsion tizim haqida ma’lumot bering? 
2. Operatsion tizimning turlari nechta? 
3. Operatsion tizimning asosiy vazifalari? 
4. Linux operatsion tizimini kim kashf qildi? 
5. MS-DOS operatsion tizimini qaysi kompaniya taklif qilgan? 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin