bo‘lib, lokal tarmoqning boshqa kompyuterlari bilan emas, faqat server
bilan ulangan kompyuterdir.
Bir rutbali tarmoq. Bir rutbali tarmoqda har bir kompyuter unga
ulangan kompyuter bilan bog‘lanishi mumkin (8.2-rasm). Aslida, har bir
kompyuter
ham mijoz, ham server sifatida ishlashi mumkin; agar
kompyuter printer, papka, disk va kompyuterning boshqa resurslaridan
foydalanish
imkonini bersa, u holda bir rutbali tarmoqda server
vazifasini bajaradi.
Bir rutbali tarmoqlar, odatda, uncha katta bo‘lmagan ofislarda yoki
katta tashkilotlarning bo‘limlarida o‘rnatiladi.
Bu turdagi tarmoqning
afzalligi, biror-bir kompyuterni fayl-server qilib tayinlashga ehtiyojning
yo‘qligidir. Ko‘pchilik
bir rutbali tarmoqlar, kompyuterga ulangan har
qanday qurilmadan foydalanish
imkonini beradi. Kamchiligi
esa uzatilayotgan axborot
xavfsizligining pastligi va tarmoqni nazorat qilishning sustligidir. Mijoz-
server tarmog‘i esa bu vaqtda markazlashtirilgan ma’murlashni amalga
oshirish imkonini beradi.
Savol va topshiriqlar
1.
Kompyuter tarmoqlari nima?
2.
Kompyuter tarmoqlari turlarini ayting?
3.
Kompyuter tarmoqlarining tuzilishini chizing?
4.
Tarmoq vazifasini tushuntiring?
5.
Kompyuter tarmoqlariga talablar?
Dostları ilə paylaş: