dan boshlab IV gacha belgilanib boriladi.
Boshqacha aytganda,
A dan Z gacha, keyingi ustunlar AA, AV,.....,AZ, BA,...,BZ,.... va
oxirgi 256-ustun IV deb belgilanadi. Biror ustunning barcha
yacheykalarini belgilab olish uchun
ustun sarlavhasi ustida
sichqoncha tugmasini bosish kerak.
4.3. Faol yacheyka indiqatori. Bu kora rangdagi kontur bo‘lib,
joriy yacheykani ajratib ko‘rsatib turadi. Ayrim xollarda u jadvallar
kursori deb ham ataladi.
4.4. qatorlar tartibi. Ishchi jadvalning har bir qatori tartib
raqamiga ega bo‘lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanadi. Bu
qatorlarning keragini tanlab olish sichqoncha yoki klaviaturadagi
tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi.
4.5. Varaqlarning yorlig‘i. Bu yorliqlarning har biri yon
daftarchaning yorlig‘iga o‘xshash bo‘lib,
ishchi kitobning alohida
varaqlari sifatida karaladi. Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi
varaqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir varaqning nomi
bo‘ladi va u varaq yorlig‘ida ko‘rsatib qo‘yiladi.
5.Yangi ishchi kitob hosil qilish. EXCEL dasturi ishga
tushirilgandan so‘ng avtomatik
ravishda yangi Ishchi kitob
«Книга1» nomi bilan yaratiladi. Agar boshqa Ishchi kitob yaratish
kerak bo‘lsa, uskunalar panelidagi «Создать» piktogrammasiga
sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib tugmani bosish kerak bo‘ladi.
Yаngi yaratilayotgan kitob kompyuter xotirasida saqlanib,
hali fayl sifatida diskda saqlanmagan bo‘ladi. Agar alohida
ko‘rsatilgan bo‘lmasa, jadvaldagi ishchi varaqlar 16
tagacha
bo‘lishi mumkin. YAngi yaratilgan ishchi kitobida bitta varaq bilan
faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni faollashtirish uchun shu
varaqning yorlig‘i ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosish
kerak. Boshqa varaqlarni ko‘rib chiqish uchun aylanma ko‘rsatkich
tugmasini bosish kerak. Alohida nom berilmagan bo‘lsa ishchi
jadval varaqlari «ЛИСТ1», «ЛИСТ2». kabi nomlanadi. Bu
varaqlarni qayta nomlash ham mumkin.
Microsoft Power Point dаsturi 1987
yildаn bоshlаb pаydо
bo‘lgаn bo‘lsа hаm, аmmо prеzеntаtsiоn grаfik ishlаridа еtаkchi
o‘rin tutаdi. Bu dаsturning kеyingi vеrsiyalаridа esа shu dаsturgа
yangi ko‘shimchа fikrlаr vа prеzеntаtsiyalаrni qo‘llаshning yangi
usullаri ishlаb chiqildi. Microsoft Power Point dаn fоydаlаnа-
yotgаn hаr bir fоydаlаnuvchi hоh u yangi ish bоshlоvchi bo‘lsа,
hоh tаjribаli bo‘lishidаn qаt`iy nаzаr,
ushbu dаsturgа kiritilgаn
yangi usullаrni yuqоri dаrаjаdа bаhоlаydi.
POWER POINT DASTURI BILAN ISHLASH
Power Point dasturi Microsoft Оffice dasturlar to‘plamiga
kiruvchi dastur hisoblanib, prezentatsiya yaratish va namoyish qilish
uchun ishlatiladi. Bu dastur o‘zida matnlar (so‘zlar), rasmlar, animatsiya
effektlari, ovoz, videokliplar va h.k.lardan iborat bo‘lgan slaydlar hosil
qilish imkoniyatini beradi.
Prezentatsiya – namoyish ma’nosini
beradi va biror bir xizmat
yoki mahsulotning namoyishini anglatadi. Prezentatsiya bir yoki bir
nechta ketma-ket slaydlardan tashkil topadi.
Slayd – bu matn yoki grafika joylashtirilgan varaq.
Savol va topshiriqlar
1. Excel dasturini ishga tushirish ketma-ketligini ayting.
2. Excel dasturining kengaytmasi bu?
3. Power Point dasturini ishga tushirish ketma-ketligini ayting.
4. Power Point dasturining kengaytmasi bu?
Dostları ilə paylaş: