3. EXCELning asosiy elementlari. MS EXCEL dagi barcha
ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib,
bunda jadval
yacheykalarining (xonalarining) ma’lum qismiga boshlang‘ich va
birlamchi ma’lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik
amallar va boshlang‘ich ma’lumotlar ustida bajariladigan turli amallar
natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotlarni kiritish
mumkin:
matnli;
sonli ifodalar;
formulalar.
Matnli ma’lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar—kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha
yangi qiymatlarni
hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi.
Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida
hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo‘ladi. Agar shu
formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa,
EXCEL avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini
bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
EXCELning asosiy ishlov berish ob‘ekti hujjatlar (dokumentlar)
hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokumentlari)
ixtiyoriy nomlanadigan va
.XLS kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar
«Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir «Ishchi kitob» ixtiyoriy sondagi
elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi
varaq» deb ataladi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi
kitobni hosil kilish uchun MS EXCEL dasturini ishga tushirish zarur.
Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya’ni elektron
jadval hisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va
diapazonlardir.
YAcheyka — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda
bir qator va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir.
Yacheyka kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan
ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, B—ustun, 5—qator
kesishmasida joylashgan yacheyka—B5 deb nom oladi. Yacheykaga
sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil
topgan guruh diapazon deb
ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan
yacheykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yacheykalar manzillari olinib,
ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: E1:H3
Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki yacheykalarni formatlashda
ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas,
lekin
formulalar bilan ishlayotganda bu narsani bilish kerak bo‘ladi.
4.Ishchi hujjatlar bilan ishlash
4.1. Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yacheykalarini
ajratib ko‘rsatishuchun sichqoncha tugmasini bosgan holda
sichqonchani harakatga keltirish kerak.
4.2. Ustunlar sarlavhasi. Jadvaldagi barcha mavjud 256
ustunlar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi va u A
Dostları ilə paylaş: