Elektron pochta
– kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar
bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi
texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati
tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga
o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert,
banderol («посылка»), pochta quti, etkazib
berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar,
xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli
darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning
kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron
pochtaga ham xos.
Elektron pochtaning afzalliklari:
Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi
(misol uchun: uzdasturchi@gmail.com); matndan
tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning
yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning
osonligi va hokazo.
Elektron pochtaning kamchiliklari:
Spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi); xabar
ba’zan bir necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli; xabar
hajmining chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa,
undan g‘arazli maqsadlarda foydalish imkoniyati va hokazolar.
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har
qanday odam o‘ziga bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan
bemalol foydalanishi mumkin. Buning uchun elektron pochta xizmatini
taqdim etuvchi portallarning birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan
o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter orqali
elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda
ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:
http://mail.google.com
http://mail.yahoo.com
http://www.mail.ru
http://mail.yandex.ru
http://mail.rambler.ru
Savol va topshiriqlar
1.
Internet nima?
2.
Elektron pochta haqida ayting?
3.
Mijoz dasturiy ta’minoti deganda nimani tushunasiz?
4.
ARPANET nima?
5.
Internet qachon yaratildi?
6.
Elektron pochtangizni yarating?
17-Mavzu: Yangi elektron pochta yaratish yo‘llari, pochta ro‘yxatlarini
boshqarish, fayllarni biriktirish va ularni formatlash.
Reja:
4.
Yangi pochta yaratish yo‘llari
5.
Pochta ro‘yxatlarini boshqarish
6.
Fayllarni biriktirish va ularni formatlash
Tayanch so‘z va iboralar: Mail.ru, Brauzer, Internet, elektron pochta,
chat, Control Protocol (TCP), Butunjahon oʻrgimchak toʻri, papka,
ma’murlash, Internet Protocol (IP).
Ushbu mavzuda Rossiyadagi eng yirik bepul elektron pochta
xizmati bo‘lmish mail.ru portalida elektron pochta xizmatidan
foydalanish asoslari bilan tanishamiz.
1. Brauzeringizda http://www.mail.ru veb sahifasiga o‘ting.
2. Pochta qutisi ochish uchun oynaning chap tarafida joylashgan
«Регистрация в почте» (Pochtada ro‘yxatdan o‘tish) tugmasini
bosamiz.
3. «Регистрация нового почтового ящика» (Yangi pochta qutisini
ochish) sahifasi ochiladi. Bu sahifada yangi ochilayotgan qutining egasi
haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Bunda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Имя – Ismingiz
Фамилия – Familiyangiz
День рождения – tug‘ilgan kun, oy va yilingiz
Город – siz yashaydigan shahar (to‘ldirish shart emas). Shahar
nomining dastlabki harflarini kiritishingiz bilan mayl.ru xizmati bazasiga
kiritilgan shaharni va davlatlarning to‘liq nomi taklif qilib turiladi. Taklif
qilingan shaharni tanlasangiz, matn bloki avtomatik tarzda to‘ldiriladi.
Пол – jinsingiz (Erkak yoki Ayol)
Почтовый ящик – elektron pochta manzilingiz. Bu yerga ismingizni
yoki eslab qolish uchun oson bo‘lgan, tushunarli so‘z kiritish tavsiya
etiladi. Misol uchun, ismingiz
Ibrohim
bo‘lsa, i ibrohimjon@mail.ru yoki
ibrohim82@bk.ru kabi manzillarni tanlashingiz mumkin. Xullas, pochta
qutisining nomi avvalo yozish uchun qulay (ayniqsa, qo‘l telefoni
klaviaturasida), esingizdan chiqib qolmaydigan, tushunarli, ma’no-
mazmunga ega bo‘lgan so‘z yoki jumla bo‘lishi kerak.Пароль – elektron
pochtangiz uchun kalit so‘z. Parol imkon qadar esingizdan
chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada
(ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida) ham tersa bo‘ladigan harf va
raqamlar to‘plami bo‘lishi kerak.Повторите пароль – parolni takroran
yozing (aniqlik uchun).Мобильный телефон – qo‘l telefoningizning
raqami. Bu narsa parol esingizdan chiqib qolsa, uni SMS xabar
yordamida tiklash uchun kerak. Biroq, telefon raqamingizni oshkor
qilgingiz kelmasa, «У меня нет мобильного телефона» (menda qo‘l
telefoni yo‘q) degan linkni bosishingiz mumkin.Barcha ma’lumotlar
to‘ldirilgach, «Зарегистрироваться» (Ro‘yxatdan o‘tilsin) tugmasi
bosiladi.
Agar telefon raqamingizni kiritgan bo‘lsangiz, «Зарегистри-
роваться» tugmasi bosilgach, shu raqamga SMS-xabar yuboriladi.
SMS-xabarda kelgan tasdiqlash kodini endi ochilgan v (SMS-xabardagi
kodni kiriting) oynasiga yozib, «Готово» (Tayyor) tugmasi bosiladi.
SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti yangi ochilgan pochta
qutingiz ochilib, undan foydalana boshlaysiz. Pochta qutingizning bosh
sahifasida «Входящие» («Kelgan xatlar») bo‘limi ochiladi. Unda Mayl.Ru
pochta xizmatidan kelgan «Maylr.ru`ga xush kelibsiz» hamda
«Mayl.ru`ning mobil versiyasi» deb nomlangan ikkita xat turgan bo‘ladi.
Ularni o‘qib, Mayl.ru pochta qutisi va uning eng yangi imkoniyatlari
haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Pochta bilan ishlash sahifasi bir nechta bo‘limdan iborat. Chap
tarafda
Dostları ilə paylaş: |