96
Dastlab kompyuter tarmoqlari unchalik katta bo’lmasdan o’ntagacha
kompyuter hamda bitta printerni birlashtirgan edi. Tarmoq o’lchovlarini, jumladan
tarmoqdagi kompyuterlar sonini va uning moddiy (fizik) uzunligini o’sha davrning
texnologiyasi chegaralab qo’ygan edi. (Masalan, 1980-81 yillarning boshlarida eng
ommabop ko’rinishdagi tarmoqlarning kompyuterlari soni 30 tadan ko’p emas,
kabelning uzunligi esa 185 m (600 fut) dan oshmas edi. Bunaqa tarmoqlar binoning
bir qavatiga yoki osongina joylashgan. Kichik firmalar uchun bunday ko’rinishdagi
tarmoqlar bugungi kunda ham qo’l keladi. Bu tarmoqlar mahalliy hisoblash
tarmoqlari deyiladi .
Bugungi kunda turli shaharlardan va davlatlardan foydalanuvchilarni o’zaro
bog’lash uchun tarmoqning geografik ramkasi kengayishi mahalliy hisoblash
tarmoqlarini global hisoblash tarmog’iga aylanishiga olib kelmoqda. Tarmoqdagi
kompyuterlar soni esa allaqachon o’ntadan bir necha mingtagacha o’zgarmoqda.
Kompyuter tarmog’ining asosiy maqsadi - resurs (manba)lardan birgalikda
foydalanish va bitta muassasaning ichida aloqalar faolligi qanday amalga oshirilsa,
uning tashqarisida ham xuddi shunday bo’lishligini ta’minlashdan iborat.
Resurslar - bu ma’lumotlar (qiymatlar), ilova (qo’shimcha) lar va tashqi
qurilmalar. Kompyuterlar aloqalarining faolligi tushunchasi deyilganda vaqtning
real rejimida xabarlarning almashinishi qaraladi.
Internetdan foydalanish – plagiat (egasining ruxsatisiz ko’chirmachilik) ning
yanada ko’payib ketishiga olib keldi, ya’ni, boror bir insonning g’oyasi yoki ishini
olgan holda o’ziniki qilib olish kuchayib ketdi. Agar bu ma’lumotlarga havola
berilgan holda foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’lardi.
*
Dostları ilə paylaş: