laminar yoki
turbulentli.
Ushbu usullarning barchasida ekstragent xom ashyoga nisbatan xarakatlanadi,
gidrodinamik sharoitlarni yaxshilash quyidagilar orqali erishiladi: aralashtirish, vibratsiya
(past va yuqori chastotali), ekstragentni serkulyatsiyasi, to‘lqin hosil qilish, markazdan
qochuvchi kuchni ta’sir ettirib, girdoblarni hosil qilish orqali, elektr zaryadlarni ta’sir ettirib,
gidravlik zarbalar hosil qilish.
Hattoki oddiy yengil aralashtirish (30-40 ayl/daq) ham, 3 xil ekstraksiyalashning xar
birini 10 soatdan 2-2,5 soatgacha qisqartirishi mumkin.
Ekstraksiyalash jarayonida tebranishlarni (vibratsiyani) qo‘llash ekstraksiyalash
jarayonini 1 soatga qisqartiradi (perkolyatsiya bilan solishtirganda 48 marta) va bir vaqtning
o‘zida moddalarning chiqishini 10% ga oshishi ham ko‘zatiladi. Past chastotali tebranishlar,
to‘lqinlarni va ekstragentga serkulyatsiyani qo‘llash ekstraksiya jarayonini 3 barobar
tezlashtiradi va muvozanat o‘rnatilish vaqtini keskin qisqartiradi.
Gidrodinamik ta’sirning eng yuqori samarasi qaynayotgan qatlamda namoyon bo‘ladi,
bunday qatlam sentrifugalar yordamida xom ashyo ichidan ekstragentni kuchli oqimini hosil
qilinadi.
Gidrodinamik ta’sir haqidagi fikrni rivojlanishi bilan
girdobli ekstraksiya usuli
ishlab chiqildi. Bunday ekstratsiyalashda xom ashyo va ekstragent aralashmasi juda yuqori
tezlikda aralashtiriladi.
Bunda ekstraksiyalash jarayonida nafaqar aralashish, balki xom ashyoni qisman
maydalanishi ham amalga oshadi.
Aralashtirgich parragining 5000 ayl/daqiqasida muvozanat 10-30 daqiqada tiklanadi.
Ekstratsiyalash dinamikasini tadqiq etish.
Ekstraksiyalash jarayonida o‘zini oqlamagan sarf xarajatlarni oldini olish maqsadida
BFM ni ajratib olish dinamika si o‘rganiladi.
Bu ekstraksiyalanishning to‘liq vaqtini aniqlashga va fazalar aro muvozanat vaqtini
o‘rnatish uchun o‘tkaziladi.
Bir omilli tajriba orqali avvaldan optimal sharoitlar tanlab olinadi. (50%-li etil spirti,
10-25 mm gacha maydalangan xom ashyo, gidromodul)Xom ashyo (1 kg dan) 7 ta
ekstraktorga joylashtiriladi. Birinchi ekstraktorda ekstraksiyalash jarayoni 1 soatni tashkil
etsa, ikkinchi ekstraktorda – 2 s., uchinchida – 4 s., to‘rtinchida – 6 s., beshinchida – 7 s.,
oltinchida – 8 s. va yettinchida – 10 soat davom etadi
Ko‘rsatib o‘tilgan vaqt tugagandan so‘ng ekstraktlar ajratib olinadi va taxlil qilinadi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki oltinchi ekstraktordan olingan ekstraktda asosiy moddaning
miqdori o‘zgarishsiz qolgan. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, fazalarning birinchi
kontaktida muvozanat 8 soatdan so‘ng o‘rnatilar ekan.
Ikkinchi kontaktda xom ashyo oltita ekstraktorda 8 soat davomida ekstraksiyalangan.
Birinchi ekstraktordan eritma 1 soatdan so‘ng, ikkinchidan – 2 s., uchinchidan - 4 s.,
to‘rtinchidan – 6 s., beshinchidan – 7 s., oltinchidan – 8 soatdan so‘ng ajratib olinada va taxlil
qilinadi.
Ekstraksiyalash jarayonini davomiyligini aniqlashda xom ashyo bilan fazalarning
uchinchi va to‘rtinchi kontaktida ekstraksiyalash muvofiq ravishda 5 ekstraktrda 7 soat
davomida olib borildi.
Natijada shu narsa aniqlandiki, to‘rt karrali ekstraksiyalash natijasida birinchi fazalar
kontaktida muvozanat 8 soatdan keyin, ikkinchisida 7 soatdan keyin, uchinchi va to‘rtinchida
6 soatdan keyin o‘rnatilar ekan.
Kutilganidek, xom ashyoda BFM ni miqdori kamayishi bilan, ekstraksiyaning nisbiy
tezligi kamayib boradi, chunki ekstraksiya tezligi jarayonning xaraktlanuvchi kuchiga
bog‘liqdir.
Yuqorida aytilganlar asosida shuni xulosa qilishimiz mumkinki, ekstraksiyalash
jarayoni sezilarli darajada quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
1. Ajratib olish usuliga;
2. Ekstragent tabiatiga;
3. Gidromodul ko‘rsatkichiga.
Bular qatori yana boshqa omillarga ham bog‘liq bo‘ladi, bu omillar tajriba orqali
tadqiq etilayotgan obyektning o‘ziga xosligini inobatga olgan xolda aniqlanadi.
Ekstraksiyaning
Dostları ilə paylaş: |