Mavzu:
Xlorella biomassasidan oqsil-uglevod kompleksi olish
Chlorella mikrosuvo‘ti yashil mikrosuvo‘tlari (Chlorophyta) oilasiga mansub protokok
bir hujayrali tirik organizmdir. Yashil mikrosuvo‘tlari oilasiga
kirishining asosiy sababi
xujayrasidagi xromatofor yashil xlorofil donachalar saqlashi hisobiga suvlarga yashil tus
berishidir. Bu organizm tanasi bor yog‘i 1,5 dan 10 mikrongacha bo‘ladi. Bu organizmni
faqatgina mikroskop yordamida ko‘rish mumkin Shunga
qaramasdan bu organizm ham
tanasida katta miqdorda oqsil va makro-va mikroelementlar saqlashi bu organizmga bo‘lgan
qiziqishning ortishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi kelib Sayyoramizning alglogiya o‘rganilayotgan
barcha davlatlarida ushbu mikrosuvo‘ti keng o‘rganilib va qo‘llanib kelayapti. Bu mitti
organizm er yuzasida eng keng tarqalgan mikrosuvo‘ti bo‘lib uni barcha suv havzalaridan
topib, ajratib olish imkoniyati yuqori sanaladi.
Rasm.Xlorellaning hujayrasi (A) hamda koloniyalarining umumiy ko‘rinishi
Shunisi qiziqki, aynan shu tur mikrosuvo‘ti havoda ham yashay olishi bilan ajralib turadi.
Chlorella chuda tez moslanuvchan bo‘lganligi sababli u har qanday suv havzalarida ham o‘sa
olish imkoniyatiga egadir. Bu organizm termofill organizm hisoblanib
u issiq xavoni juda
sevadi va u uchun 35-39
0
S harorati eng maquli hisoblanadi. Shu bilan birga fotosintez
jarayoni va mineral tuzlar bu organizmning ko‘payishi uchun eng muhim omillar hisoblanadi.
Quyoshli o‘lkalarda Chlorella ni o‘stirish oson hisoblanadi. Buning omili quyoshning yil
davomida ko‘proq bo‘lishi va fotosintez jarayonining to‘xtovsiz davom etib turishidir.
Chlorella tuzli va chuchuk suvlarda bemalol o‘sa oladi (ishqoriy
va kislotali muhitlarda
o‘smaydi)
Kimyoviy tarkibi.
Chlorella mikrosuvo‘ti yuqorida aytib o‘tilganidek juda boy
kimyoviy tarkibga ega. Bu organizm tarkibida barcha almashinmaydigan aminokislotalar
mavjud (4-jadval).
Chlorella mikrosuvo‘ti aminokislotalar tarkibi taqsimga sazovor bo‘lib,
bu tarkib tirik
organizm (yiriklari) hayot faoliyati davomida va albatta kunlik talab doirasidagi
aminokislotalar (treonin,valin, metionin,triptofan, leysin va x.k.) tanqisligini butunlay qoplay
olish hisobiga imuno tizimining ham to‘laqanli ishlashiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatda
tirik organizmlarning (yiriklari) tetiklik va ishtaxa ko‘rsatkichlarini yaxshilashga va
mikrobiologik kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada pasaytiradi
Bundan tashqari Chlorella tirik organizm hujayra membranasining tuzilish komponenti,
organizmda muhim biologik va metabolik
jarayonlarni boshqaruvchi, ma’lum sharoitda esa
energiya manbasi, issiqligi zahirasi va himoya vazifasini bajaruvchi lipidlar saqlash
ko‘rsatkichi bilan ham ajralib turadi.
Vitaminlardan tashqari Chlorella tarkibida boshqa makro-va mikroelementlar ham juda
yuqori. Shuningdek ushbu organizm tarkibida organizm ishlash va
ishlab chiqarish faoliyati
uchun muhim bo‘lgan antibiotik sifat xlorellin va araxidin kislotalar ham mavjud. Bu
moddalar organizmda metobolizm jarayoni yaxshilashga, sklerozlik boshlanish darajasini
pasaytirishga va interferonlar ishlab chiqarishni yaxshilashga (interferon –
inson
kasallanganida tirik ornanizm organizmida ishlab chiqariladigan ferment, bu ferment
organizmga tushgan begona viruslarni o‘rab eb qo‘yadi) yordam beradi.
Shuningdek, Chlorella inson organizmini toksinlardan
ham tozalaydi va inson
orginizmini ya’ni qonni kislorod bilan ham to‘yintiradi. Chlorella tarkibida o‘simliklar
o‘sishini tezlashtiruvchi va yaxshilovchi auksin va giberrelin sifat moddalar ham mavjud.
Chlorella hozirda o‘simliklarni mikotoksinlardan ham himoya qiladi. Bolgar olimi
P.I.Stanichevning keltirilgan ma’lumotlariga ko‘ra Chlorella xujayrasi tarkibida 350 ta gacha
moddalar saqlanishi aytib o‘tilgan.
Qo‘llanilish imkoniyatlari.
Chlorella xozirga kelib qishloq xo‘jaligida juda keng
qo‘llanilayapti. Bundan tashqari ushbu mikrosuvo‘tini oziq-ovqat sanoatida BFQ (biologik
faol qo‘shimcha)
sifatida, farmatsevtik sanoatlarda ham organizm kuchini tiklovchi dori
sifatida, ekologiya tomondan oqava suvlarni tozalashda va x.k larda ishlatish mumkin.