Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Suv о‘tlari hujayralaridan oqsil massasi olish texnologiyasi quyidagi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Suv о‘tlari hujayralaridan oqsil massasi olish texnologiyasi quyidagi 
bosqichlardan iborat
: maxsus tanlangan shtammni о‘stirish (ochiq yoki yopiq tipdagi 
о‘stirgichlarda); suv о‘tlarini suvdan ajratish (separatsiya); suspenziya holatidagi mahsulot 
olish; pastasimon yoki quruq kukun holatidagi mahsulot tayyorlash. Suv о‘tlari hujayralarini 
suvdan ajratish kо‘p miqdorda energiya talab qilayotgan jarayondir. Chunki suvning miqdori 
juda ham kо‘p, quruq moddalar miqdori esa juda ham kam. Suv о‘tlarini о‘stirish yopiq va 
ochiq usulda amalga oshiriladi. Yopiq usulda о‘stirish tо‘liq boshqarilsada, о‘stirish 
texnologiyasi murakkab va uning tannarxi yuqoridir. Ochiq usulda о‘stirish yarim 
boshqariladi va о‘stirish texnologiyasi oddiy, tannarxi esa ancha arzon. Dunyoni bir qancha 
mamlakatlarida (Yaponiya, Isroil, Bolgariya, Meksika, Turkmaniston, О‘zbekiston va h.k.) 
suv о‘tlarini ochiq usulda о‘stirish texnologiyasi yaratilgan. Ular bir-birlariga о‘xshash 
bо‘lganliklari sababli, О‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, professor Ahror 
Muzaffarovich Muzaffarov tomonidan yaratilgan ustqurmaga diqqatingizni tortishni ma’qul 
kо‘rdik:
Suv о‘tlari о‘stirish ustqurmasining uzunligi 10 metr, eni 2 metr, chuqurligi 30 smli oxur 
(lotok) shaklidagi, о‘zidan suv о‘tkazib yubormaydigan ustqurmada 15 sm chuqurlikda 3 
tonna xlorella suspenziyasi yetishtirish mumkin. Buning uchun ustqurmaga 3 tonna suvga 600 
g ammoniyning sulfatli tuzi, 90 g kaliy digidrofosfat, 240 g magniyning sulfatli tuzi, 300 g 
natriy gidrokarbonat va 3-5 xil mikro- elementlar qо‘shib eritiladi va unga 30 l 1—15 kun 
davomida о‘stirilgan xlorella suspenziyasi quyilib, suv maxsus nasos yordamida aralashtirib 
turiladi. О‘stirish davomida karbonat angidrid (SO
2
0
) maxsus balonlarda minutiga 0,1-0,2 l 
miqdorda rotometr orqali о‘lchab yuborib turiladi. О‘zbekiston sharoitida tabiiy quyosh 
yorug‘ligi yetarli bо‘lib, harorat 16 dan 39 S orasida bо‘lishi maqsadga muvofiqdir. Oradan 9-
10 kun о‘tgach (yoz kunlari 6-7 kunda) 1 l ozuqa muhitida 1,5-3,0 gramgacha xlorella 
hujayralari saqlagan suspenziya yetilib tayyor bо‘ladi. Xlorellani qish faslida ham о‘stirib, 
foydalanishga ehtiyoj bо‘lganda, dastgohning ustini oyna yoki polietilen plenkasi bilan yopish 
kifoY. Tayyor suspenziyadan buzoqlarni oziqlantirishda foydalanish mumkin. Bitta buzoqqa 
bir sutkada 3-6 l, katta yoshli hayvonlarga esa 8-10 l suspenziya berish tavsiya etilgan. 
Kovush qaytaradigan hayvonlarda 50% о‘simlik oqsilini xlorella oqsili bilan almashtirish 


mumkinligi isbotlangan. Suv о‘tlarini oqava suvlarda о‘stirish katta ahamiyatga ega. Masalan, 
ssenedesmus yoki xlorella chorvachilik kompleksi oqava suvlarda о‘stirilganda 15 kun 
davomida, iflos oqava suvlarni organik moddalardan butunlay tozalash mumkin, bunda suvni 
rangi о‘zgarib, hidi yо‘qoladi. Suv о‘tlarini sanoat oqava suvlarida yoki issiqlik beruvchi 
stansiyalarni oqava suvlarida о‘stirilganda ortib qolgan issiqlik hamda texnologik jarayonda 
yoki har xil chiqindilarni yoqishdan paydo bо‘lgan karbonat angidridi ishlatiladi, oqibatda esa 
qо‘shimcha biomassa olinadi.
Xlorella о‘stirish bо‘yicha eng yirik kompaniya – «Xlorella San Kompani» Yaponiyada 
tashkil etilgan Bolgariyaning issiq suv tabiiy manbalarida xlorella va ssenedesmus о‘stirish 
usullari yaratilgan. Shu mamlakat olimlari tomonidan qobig‘ida sellyuloza saqlamaydigan 
xlorella shtammlari yaratilgan, bu esa olingan biomassaning hayvon organizmida tez hazm 
bо‘lishini ta’minlaydi. Spirulina markaziy Afrika va Meksikani ishqoriy tabiatli suv saqlagan 
kо‘llarida kо‘plab ekilib, biomassa tо‘playdi. Spirulina biomassasidan oqsil va boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqaradigan eng yirik kompaniya Meksikaning «Sosa Tekskoko» 
firmasidir. Italiyada dengiz suvlarida spirulina ekib о‘stirish hamda yopiq tipdagi 
о‘stirgichlarda biomassa olish ustida ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda. Spirulina suv 
о‘tining biomassasi oshqozon fermentlari tomonidan yaxshi parchalanishi hamda undagi oqsil 
miqdori juda ham baland bо‘lib (70% gacha), organizm uchun zarur bо‘lgan 
aminokislotalarga boy bо‘lganligi sababli, u oqsilga boy bо‘lgan konditer taomlar tayyorlash 
uchun ishlatiladi. Spirulina servitamin va noyob yog‘ kislotalar manbai sifatida, tabletka 
holatida tibbiyotda ham ishlatilib kelinmoqda. Sanoat sharoitida ishlatiladigan suv о‘tlarining 
qо‘shimcha oqsil manbai sifatida chorvachilikda hamda odamlar ovqatlanishida 
muvoffaqiyatli ishlatilishi dunyo olimlari oldida har xil yо‘nalishda ya’ni: seleksiya, genetika, 
biokimyo va boshqa sohalarda izlanishlar olib borishning bosh masalalardan biri qilib qо‘ydi. 
Maqsad yanada hosildorroq, fotosintezni jadalroq olib boradigan, almashinmaydigan 
aminokislotalarga boy, sovuqroq sharoitda ham yaxshi о‘sib rivojlana oladigan, organizmda 
yaxshi sо‘riladigan, vitaminlarga boy shtammlar yaratishdir. Bunday maqsadga albatta gen 
muhandisligi usullarisiz yetishish amri maholdir. О‘zbekistonda suv о‘tlaridan unumli 
foydalanish bо‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. Yuqorida keltirib о‘tilganidek, bu 
ishlarga akademik A.M.Muzaffarov boshchilik qilganlar. Bugungi kunda domlaning 
shogirdlari b.f.d., professor X.A.Berdiqulov, b.f.d., professor R.SH.Shoyaqubov, b.f.d., 
professor J.Q.Qutliyev va boshqalar suv о‘tlari asosida yangi zamonaviy biotexnologiyalar 
yaratish yо‘lida samarali mehnat qilmoqdalar.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin