yopiq yarimsteril holatda о‘stirish yuqori sifatli oqsil moddalari va boshqa organik moddalar
ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi [58, 96]. Xlorella va ssenedemus avlodlariga mansub
suv о‘tlari о‘zlarining о‘sishlari uchun neytral
muhitni talab qiladilar, ularning hujayra
qobiqlari mustahkam sellyulozadan tashkil topganliklari uchun
ham hayvon organizmida
yaxshi hazm bо‘lmaydi. Ularning yaxshi sо‘rilishlari uchun maxsus ishlov berish talab
qilinadi. Spirulinalar hujayralari xlorellaga nisbatan 100
marotaba kattaroq, ammo qalin
sellyuloza qobig‘i bо‘lmaganligi uchun ular organizmda yaxshi sо‘riladilar. Spirulinalar
ishqoriy muhitda о‘stiriladi (rN 10-11), tabiatda ham ishqoriy kо‘llarda
yoki havzalarda
kо‘proq tarqalgan. Suv о‘tlari biomassa tо‘plash tezligi bо‘yicha achitqi zamburug‘lari va
bakteriyalardan pastroq bо‘lsada, qishloq xо‘jalik о‘simliklaridan ancha ustunlikka ega.
Ochiq tipdagi maxsus о‘stirgichlarda о‘stirilganda 1 gektar maydondan yiliga 70 tonna quruq
biomassa olish mumkin. Taqqoslash uchun quyidagi sonlarga e’tibor bering: 1 gektar
maydondan 3-4 tonna g‘alla; 5
tonna sholi; 6 tonna – soya; 7 tonna makkajо‘xori olish
mumkin, xolos.
Xlorella va ssenedesmus hujayralarida oqsil miqdori (quruq massaga nisbatan) 45-
55%, spirulinada esa 60-65% tashkil etadi. Suv о‘tlaridagi
oqsil tarkibidagi
almashinmaydigan aminokislotalar miqdori ham baland,
faqat metionin kamroq, xolos. Suv
о‘tlarida tо‘yinmagan yog‘ kislotalari ham kо‘proq sintez bо‘ladi (ba’zi birlari
almashmaydigan yog‘ kislotalari safiga kiradi). Shuningdek, provitamin A–karotin (150 mg%
gacha), V guruhiga kiruvchi vitaminlar kо‘plab sintez qilinadi. Suv о‘tlari tarkibidagi karotin
miqdori beda uniga nisbatan 7-9 marotaba kо‘proq. Bir hujayrali suv о‘tlarida
nuklein
kislotalar miqdori (4-6%), bakteriyalarga nisbatan kamroq bо‘lsada, о‘simliklardan olinadigan
oqsil tarkibidagidan (ularda 1-2%) kо‘proqni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: