Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Biotexnologiyaning rivojlanish tarixi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Biotexnologiyaning rivojlanish tarixi
Hozirgi kunda jahon sivilizatsiyasining rivojlanishini mikroorganizmlar tomonidan 
ishlab 
chiqariladigan 
mahsulotlarsiz 
tasavvur 
qilib 
bo`lmaydi. 
So`nggi 
paytda 
«Biotexnologiya» atamasi fanga kirib kelibgina qolmasdan, balki Shu nom bilan atalgan 
mutaxassislar, fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlashga kirishildi. Biotexnologiyaning 
rivojlanishini mikroorganizmlar to`g`risidagi dastlabki fikrlarning paydo bo`la boshlashidan, 
ya`ni XVII asrda A.Levenguk tomonidan ularni birinchi bor mikroskop ostida ko`rilgandan va 
L.Paster tomonidan achish jarayoni va odam va hayvonlarning ba`zi kasalliklarini kelib 
chiqishi, ularning faoliyati bilan bog`liqligi isbotlanib, asta-sekin mikrobiologiyaning 
mustaqil fan sifatida maydonga kelganidan boshlangan desa bo`ladi.


Biotexnologiyaning o`zini mustaqil fan sifatida shakllanishi uchun esa, mikrobiologik 
tadqiqotlar ma`lumotlarini jamlanishi va mikroorganizmlarning biologiyasini mukammalroq 
o`rganilishi kerak bo`ldi.
Mikrobiologiyaning yutuqlari mikroorganizmlar haqidagi fanni va xalq xo`jaligini har 
xil tarmoqlarini rivojlanishini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatdi. 
Mikroorganizmlar juda mayda jonivorlar bo`lib, ular havo oqimlari va boshqa uslublar 
yordamida tabiatda osongina va keng tarqalish imkoniyatlariga ega. Yer kurrasida ular 
tarqalmagan nuqtani topib bo`lmaydi. Ayniqsa ular tuproq va suv havzalarida ko`p uchraydi. 
Mikroorganizmlarning eng muhim xususiyatlaridan biri, ularning tez ko`payishidir. 
Bakteriyalarning har 30-60 minutda, hattoki 8-10 minutda ikkiga bo`linadigan turlari bor. 
Agar og`irligi 2,5x10-12 g keladigan bir dona bakteriyani cheksiz ravishda ko`payishiga 
imkoniyat yaratilsa, unda bir kecha kunduz davomida 100000000000 t biomassa hosil bo`lar 
edi. Mikroorganizmlar, ayniqsa bakteriyalar fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari jihatidan 
xilma xil bo`lib, yuqori taraqqiy etgan o`simliklar va hayvonlar bardosh bera olmaydigan 
ekstremal sharoitlarda ham o`sish va yashash qobiliyatlarini saqlaydilar. Ularning ko`plari 40-
50 
0
C da mavjud bo`lsalarda, ayrimlari 100-160 
0
C da ham yashash qobiliyatlarini 
yo`qotmaydilar. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, dengiz tubida sulfidli termal manbalarda 250 
0
C da ham yashaydigan bakteriyalar ham bor ekan. Ba`zi mikroorganizmlar 1000-1400 atm. 
bosimga ultrabinafsha va ionlangan nurlarga bardosh beradi. Hattoki atom reaktorlaridan 
ajratib olingan bakteriyalar bor.
Oziqlanish bo`yicha mikroorganizmlar xilma xil guruhlarga bo`linadi. Ularning 
ko`pchiligi o`sishi va rivojlanishi uchun hayvonlar kabi tayyor organik mahsulotlar bo`lishini 
talab qiladi, ya`ni ular geterotrof organizmlar jumlasiga kiradi. Ular orasida bakteriyalar 
zamburug`lar va sodda hayvonlar bor. Mikroganizmlarning har xil substratlarda o`sib 
rivojlanishi muhitga ancha miqdorda fermentlar, vitaminlar, polisaxaridlar, toksinlar, 
aminokislotalar, organik kislotalar, spirtlar, ammiak, nitratlar, karbonat angidrid va boshqa 
metabolizm mahsulotlarini hosil bo`lishiga sababchi bo`ladi. Bu moddalarni biotexnologik 
uslublar asosida ko`paytirish va yig`ib olish dehqonchilik, chorvachilik, tibbiyot va 
veterinariya, o`simliklarni muhofaza qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddatlarda 
saqlash, dori-darmonlar ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
Mikrobiologik sanoat hozirgi kunda xalq xo`jaligini rivojlantirish, insoniyatni 
sog`lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida keng imkoniyatlar yaratmoqda. 
Tabiatda mavjud bo`lgan mikroorganizmlar shtammlaridan organizmda uchrovchi biofaol 
moddalar va o`simliklar, hayvonlar va odamlarning kasalliklarini davolashda ishlatiladigan 
dori-darmonlarni ishlab chiqaradigan xillarini ajratib olish va ulardan samarali foydalanish 
mikrobiologik biotexnologiyaning istiqbolli yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu 
mikroorganizlarning hozirgi kunda bir necha yuz xillari ma`lum. Bevosita tabiiy 
mikroorganizmlar shtammlarini mikrobiologik sanoatda foydalanish uchun ajratib olish va 
o`stirish sharoitini tanlashdan tashqari, ularning yuqori mahsuldor mutantlarini olish katta 
ahamiyatga ega bo`ladi. Masalan, so`nggi paytda penitsillinni sintezlovchi mutantlar dastlabki 
shtammlarga nisbatan 10000 marta ko`p antibiotik ajratib olish imkonini berdi. Keyingi 
yillarda foydali mikroorganizmlarni ajratib olishda gen muhandisligidan foydalanilmoqda. 
Masalan, tegishli genlarni ko`chirish orqali havodagi molekulyar azotni yaxshi o`zlashtiruvchi 
bakteriya shtammlarini ajratib olishga erishildi. Shuningdek mikroorganizmlar hujayrasiga 
odamning proinsulin va interferon sintezi uchun mas`ul bo`lgan genlarni ko`chirib o`tkazish 
natijasida tibbiyot uchun kerakli bo`lgan birikmalarni arzon yo`l bilan ishlab chiqarishga 


erishildi. Mikroorganizm shtammlaridan foydalanib etanol, metanol, metan, molekulyar 
vodorod va karbonat angidridlardan manba sifatida foydalanib biomassa ajratib olish istiqbolli 
hisoblanadi. So`nggi yillarda fermentlarni yoki mikroorganizmlarning hujayralarini 
immobilizatsiyalash orqali juda qimmatli mahsulotlarni ajratib olishga erishilmoqda.
Biotexnologiya mikrobiologiya, biokimyo, molekulyar biologiya va genetika 
yutuqlariga tayanadi. Bundan yetmish yillar ilgari antibiotiklar, fermentlar, aminokislotalar va 
ko`pdan ko`p xo`jalik uchun zarur bo`lgan qimmatli preparatlarni mikroorganizmlar 
faoliyatidan foydalanib sanoat miqyosida ajratib olish haqida tasavvurning o`zi ham yo`q edi. 
Yildan yilga biologik faol moddalar va dorivor moddalarni biotexnologik uslub yordamida 
olish jadal rivojlanib bormoqda. Muayyan kursni o`tishda biologik faol moddalar, dorivor 
moddalar, antibiotiklar, gormonlar, vitaminlar, aminokislotalarni mikrobiologik sintezi, 
shuningdek o`g`itlar va o`simliklarni kasalliklar va hashoratlardan muhofaza qilish vositalari 
sifatida foydalaniladigan moddalar va ularning bakterial preparatlarni ajratib olish masalalari 
ko`rib chiqiladi. Ushbu fanning mazmuniga yuqorida keltirilgan jarayonlarning texnologik 
jihatlari va jihozlanish tamoyillariga tegishli bo`lgan materiallar ham kiradi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin