Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari
Biotexnologiyaning zamonaviy rivojlanishida yirik reaktorlarda kechadigan 
biokimyoviy jarayonlarni har xil manbadan iborat bo`lgan asosga fermentlar yoki 
mikroorganizmlar hujayralarini immobilizatsiyalangan holda joylashtirish asosida amalga 
oshirish ulkan imkoniyatlar yaratadi. Biotexnologik sintez jarayonlarini shu yo`sinda tashkil 
qilish juda qimmatli fermentlar va mikroorganizmlarning hujayralaridan uzoq muddatlarda 
foydalanish hamda ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil qilish imkoniyatini beradi. 
Immobilizatsiyalangan fermentlardan foydalanib sanoat ishlab chiqarishi miqyosida 
kraxmaldan fruktozani ajratib olish yo`lga qo`yilgan. Hozirgi paytda ifloslangan oqova 
suvlarni tozalash va immobilizatsiyalangan tizimlar yordamida glyukoza va qator xo`jalik 
ehtiyoji uchun zarur bo`lgan moddalarni ajratib olish yo`lga qo`yilmoqda.
Biotexnologiyaning istiqbolli yo`nalishlaridan yana biri gen muhandisligi asosida 
mikroorganizmlarning 
yangi 
shtammlari-produsentlarni 
yaratish 
va 
shu 
asosda 
aminokislotalar, shuningdek gormonal va boshqa biofaol preparatlarni ajratib olish 
muammolarini hal qilish hisoblanadi. Bu xil yo`nalishdagi ishlarning yaqqol misoli sifatida 
ilk bor insulin, interferon, o`sish gormonlari va boshqa biofaol moddalarni mikrobiologik 
sintez yo`li bilan ajratib olinganligini keltirib o`tish mumkin. Genetik muhandislik asosida 
genetik materialni bir xil organizmlardan, jumladan yuqori darajada taraqqiy etgan 
organizmlardan bir hujayrali organizmlarga ko`chirib o`tkazish orqali amalga oshiriladigan 
yangi biotexnologik sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarini ochish mumkin bo`ladi.
Biotexnologiyaning 
rivojlanishini 
istiqbollarida 
mikrobiologik 
o`g`itlar 
va 
o`simliklarni muhofaza qilish vositalarini assortimenti tamoman yangilanadi va kengayadi
natijada yangidan yangi biopreparatlar ishlab chiqariladi hamda ulardan amaliyotda keng 
foydalaniladi. Yaqin kelajakda tarkibida kraxmal va sellyuloza bo`lgan mahsulotlardan va sut 
mahsulotlari chiqindilaridan fruktoza, galaktoza, glyukoza-fruktozali sharbatni enzimatik 
sanoat ishlab chiqarishi orqali ishlab chiqish yo`lga qo`yiladi.
Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollaridan yana bir yo`nalishi adenozintrifosfat 
(ATF) ni, ya`ni tirik mavjudotlarning universal akkumulyatorini sanoat miqyosida ishlab 
chiqarishdan iboratdir. Bu moddani sanoat miqyosida ishlab chiqarish hujayrasiz tizimlarda 
enzimatik sintezni amalga oshiruvchi biokimyoviy sanoat ishlab chiqarishini yo`lga qo`yish 
imkonini beradi.
Biotexnologiya kelajakda ishlab chiqarishni xomashyo bilan ta`minlash, qishloq 
xo`jaligi va oziq-ovqat sanoati chiqindilarini bevosita xo`jaliklarni o`zida yem-oziqa - oqsili, 
yengil o`zlashtiriladigan karbosuvlar va hayvonlar uchun yem-oziqalarning boshqa xillarini, 
shuningdek ikkilamchi yoqilg`i (biogaz), o`g`itlar konservantlar ishlab chiqarishni uddasidan 
chiqadi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin