Shuningdek, yem-oziqa, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda va tibbiyotda
foydalanishga
qaratilgan aminokislotalar, ferment preparatlari, tibbiyot va veterinariya
ehtiyoji uchun kerak bo`lgan antibiotiklar dehqonchilik uchun zarur bo`lgan biologik
o`g`itlar, o`simliklarni muhofaza qilish mahsulotlarini sanoat
miqyosida ishlab chiqarish
muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari mikrobli transformatsiya jarayonlaridan foydalangan
holda vitaminlar, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo`shish uchun kerakli moddalar,
yarim
sintetik antibiotiklar va dorivor moddalarni ajratib olish biotexnologiyaning istiqbolli
yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi davrda mikroblar yordamida sanoat miqyosida amalga oshiriladigan sintez
yagona biotexnologik tizimdan iborat bo`lishi lozim. Bu tizim o`z ichiga ishlab chiqariladigan
mahsulotning turi, uning mahsulot sifatidagi shakli va miqdoriy ko`rsatkichiga qarab ketma-
ket amalga oshiriladigan bosqichlar va operatsiyalarni qamrab oladi. Biotexnologik tizimning
umumiy
ko`rinishi
1-Rasmda
keltirilgan.
Odatda
mikrob-produsentni
tanlashda
mikroorganizmning eng yuqori mahsuldor shtammini tanlab olinadi. Bunda molekulyar
biologiya, seleksiya va molekulyar genetikaning eng so`nggi
yutuqlari bilan qurollangan
holda ishni mikrob hujayralarini biokimyosi, fiziologiyasi va gen muhandisligiga tegishli
bilimlarga tayanib olib boriladi. Shu yo`sinda produsent-shtammning biotexnologik jihati
baholanadi va uning potensial imkoniyatlari haqida xulosalar chiqariladi.
Biotexnologik
tizimning samaradorligi produsent-mikrobning maqsadli mahsulot ishlab chiqarishini
ta`minlashda uni o`stirishga tegishli bo`lgan eng kam harajatli tarkibga ega bo`lgan kimyoviy
komponentlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Tanlash variantlarini bir tomondan mikrob
hujayrasini energetik va moddiy ehtiyojini qoplaydigan va boshqa tomondan texnologik uslub
va xomashyoni qimmati nuqtai nazardan eng qulay bo`lgan variant tanlab olinadi.
Biotexnologik tizimni shakllantirishda produsent-mikrob hujayralarini o`stirish rejimini ishlab
chiqish ham muhim ahamiyatga egadir.. Bunda hujayraning fiziologik
ehtiyojini maksimal
qondirishga intilish lozim. Shundagina hujayraning genetik potensialidan to`liq foydalanish
mumkin bo`ladi. Bu narsa o`simlik materiallarini gidrolizi natijasida hosil bo`ladigan
karbonsuvlarni hammasidan oziqali achitqi ajratib olishda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo`lga qo`yilishi achitqili biomassani
karbonsuvlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib
ketdi.
Hujayrani o`stirishni ta`minlaydigan qurilmalarning muhandislik nuqtai nazaridan
baholaganda, biotexnologik tizimni ishlashini optimallashtirishda
matematik modellashtirish
asosida EHM dan foydalanish va butun tizimni avtomatik boshqarilishiga erishish yaxshi
samara beradi.
Biotexnologik tizimning to`liq va uzluksiz ishlashini ta`minlashning keyingi bosqichi
maqsadli ishlab chiqarilgan mahsulotni kafolatli saqlanishi va o`z vaqtida undan
foydalanilishini ta`minlashdan iborat bo`ladi.
1-Rasm
. Mikrobli sintez yo`li bilan mahsulot ishlab chiqarish sanoatining ko`p bosqichli
biotexnologik tizimi.
Dostları ilə paylaş: