Ekstraksiya
– bu eritma yoki qattiq jismlardan tanlovchan erituvchilar yordamida
(ekstragentlar) bir yoki bir necha komponentlarni ajratib olish jarayoniga aytiladi.
Ekstraksiya
– bu BFM ajratib olishning eng qadimgi usullaridan biri bo‘lib, hozirgi
vaqtda ham ularni ajratib olishning asosiy usullaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Moddalarning quyidagi tizimlaridagi ekstraksiyasi farqlanadi:
qattiq jism −suyuqlik va suyuqlik−suyuqlik.
Farmatsevtik sanoatda ko‘pincha qattiq jism − suyuqlik tizimidagi ekstraksiyalash
qo‘llaniladi, bunda qattiq jism sifatida dorivor o‘simlik xom ashyosi yoki hayvon tabiatli xom
ashyodan foydalaniladi.
Ekstraksiyalash jarayonining nazariy asoslari.
Ekstraksiyalash jarayoni massa
almashinuv jarayonlari qatoriga kirib, bunda ekstraksiya yuqori konsentratsiya zonasidan
diffuziya hisobiga amalga oshadi. Bular biologik faol modda tutuvchi o‘simlik yoki hayvon
hujayralari bo‘lishi mumkin.
Ekstraksiyalash jarayoni, ekstragentga material zarrachalarining ichki tuzilmalaridan
BFM ni diffuziyalanishiga asoslangan bo‘lib, bu jarayon konsentratsiyalar muvozanatga
yetgandagina to‘xtaydi.
Muvozanat holatida ekstragentdan materialga qancha miqdorda molekula o‘tgan
bo‘lsa, materialdan ekstragentga ham shuncha miqdorda molekula zarrachalari o‘tadi, ya’ni
konsentratsiya doimiy qoladi.
BFM ni xom ashyodan ekstraksiyalash (ajratib olish) jarayoni quyidagi bosqichlardan
iborat:
- Xom ashyoni maydalash;
- Erituvchiga xom ashyoni solish;
- Shrotni olib tashlash;
- Kerakli konsistensiyaga kelguncha erituvchini olib tashlash (suyuq, quyuq, quruq).
-
Dostları ilə paylaş: