ishtirokida boradi. 0 4 kislotalari yog' kislotalari bilan ichak shilliq pardasi hujayralariga
o'tadigan mitsellalami hosil qiladi. Ichak shilliq pardasi hujayralarida o't kislotalari qonga,
qon bilan esa jigarga o'tadi va o't hosil bo'lishida yana ishtirok etadi. O't hosil bo'lishi yoki o't
ajralib chiqishi buzilgan mahallarda, ya’ni o't yo'lida o't toshi yoki o'sma bilan tiqilib
qolganligi tufayli yog'laming hazm bo'lishi va gidroliz mahsulotlaming so'rilishi
yomonlashadi va yog'laming anchagina qismi axlat bilan birga chiqib turadi. Bunda yog'da
eriydigan vitaminlar so'rilmay gipovitaminozga olib keladi. Ovqat bilan birga kiradigan
uglevodlaming bir qismi jigar va muskullardagi glikogen zaxiralarini asliga keltirish uchun
keragidan ortiqcha bo'lsa, organizmda yog'larga aylanadi. Yog'lar yog' to'qimasining
ixtisoslashgan alohida hujayralarida, ya’ni lipositlarda to'planib boradi. Yog' hujayrasi
hajmining ko'p qismini yupqa sitoplazma qatlami bilan o'ralib turadigan yog' tomchisi tashkil
etadi. Ovqat bilan kiradigan va jigarda sintezlanadigan yog'laming ko'p qismi yog' to'qimasida
to'planib boorish bosqichidan o'tadi. O'rta vazndagi odamda yog'lar tana massasini ng
taxminan 15 % ni tashkil etadi. Ochlik vaqtida bu zaxira 5—7 hafta davomida sarflanadi.
Organizmda yog' bosishining sababi iste’mol qilinadigan ovqat miqdori bilan energiya
sarflarining bir-biriga to'g'ri kelmay qolishidir. Organizmdaga barcha steroidlarning asosiy
qismi xolesterin ulushiga to'g'ri keladi. Odam to'qimalarida 140 g atrofida xolesterin bor.
Xolesterinning ko'p qismi, taxminan 80 % jigarda sintezlanadi. Odam organizmida bir kecha-
kunduzda sintezlanadigan xolesterinning umumiy miqdori 1 g ga boradi. Biokimyoviy
jihatdan olganda aterosklerozning asosiy ifodasi arteriyalar devorlarida xolesterin to'planib,
o'tirib qolishidir. Aterosklerozning eng xavfli va ko'p uchrab turadigan asorati yurak ishemiya
kasalligi, miokard infarkti, insult va boshqalar. Ulaming asoratlari, o'lim sabablari orasida
dastlabki o'rinlarning birini egallaydi.
Dostları ilə paylaş: