Biologik faol moddalar olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

 
 
 


Mavzu: Biologik faol moddalar ishlab chiqarish uchun texnik vositalar va 
moslamalar 
Mashgulotning qisqacha mazmuni. 
Zamonaviy biolgik faol moddalar ishlab chiqarishda bir qator texnologik jarayonlar 
mavjuddir. Bu jarayonlar xom ashyoni ekstraksiyaga tayyorlash, xom ashyo va tayyor 
maxsulotni maydalash, suyuq ektraktdan maxsulotni ajratish, dorivor moddalarni tozalashdir. 
Odatda o’simlik xom ashyosini ektraksiyaga tayyorlash uchun birinchi navbatda ko’pincha 
maydalash jarayoni amalga oshiriladi. Ekstraksiyalashda maydalashning eng qulay fraksiyasi 
bu xom ashyoni 3-6 mm gacha kattalikda maydalashdir. Qattiq jismlarning tashqi kuch 
ta‘sirida bo’lakchalarga yoki zarrachalarga bo’linishiga maydalash jaryoni deb ataladi. 
Buning uchun xar xil tuzilishga ega bo’lgan va ishlash usuli bilan bir-biridan farqlanadigan 
maydalagich-tegirmonlardan foydalaniladi.
Maydalash darajasi (i) deb, maydalanadigan jismning boshlang’ich diametrini (db) 
maydalanganda xosil bo’lgan zarracha diametriga (do) bo’lgan nisbatiga aytiladi:
dboshi
Jismlarning maydalanishi ularning fizik-mexanik xossalariga (jism shakli, zichligi, 
qayishqoqligi) va tegirmonlarga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun maydalagich tegirmonlari 
maydalanayotgan jism xususiyatiga qarab tanlab olinadi.
Qayishqoq va zich jismlar uchun zarb bilan va zarb ezish usulida ishlaydigan tegirmonlarni 
olish maqsadga muvoffiqdir: joyali, tishli-joyali, diskli, bo’lali.
Qattiq va mo’rt jismlarni maydalash uchun zarb bilan ishlashga asoslangan tegirmonlar va 
qarama-qarshi oqimda ishlaydigan xamda zarb va ishqalanishga asoslangan tegirmonlar 
(zoldirli, tebranma xarakatli tegirmonlar) qo’llanilishi mumkin. O’simlik xom ashyolari 
qanday maqsadda ishlatilishiga qarab dastlabki va takroriy maydalanishi mumkin. O’simlik 
xom ashyolarini maydalash jarayoni o’t va ildiz qirqgichlar yordamida amalga oshiriladi.
O‘t qirqgich
- o’simlik xom ashyolarini maydalash jarayoni o’t va ildiz qirqgichlar yordamida 
amalga oshiriladi.
O’t qirqgich oddiy tuzilgan bo’lib, diskli va do’mbirali bo’ladi. Do’mbirali o’t qirqgichda egri 
chiziqli pichoqi, salmoqli g’ildirak (maxovik) kegay (spitsa) ga mustaxkamlangan bo’ladi. 
O’simlik xom ashyosi pichoq ostiga tasma yordamida yuboriladi. Bunda tasma yoki 
pichoqning xarakat tezligiga qarab maydalanish katta-kichikligi ta‘minlanadi(2-rasm). Ildiz 
qirqgichning ikkita pichoqi bor, yuqoridagisi ekssentrikka maxkamlangan bo’lib, yuqoriga va 
pastga xarakat qiladi, pastkisi qimirlamay turadi. Maydalanadigan xom ashyo pichoqlar 
orasiga xarakatlanadigan tarnovcha orqali yuboriladi. Maxsulotning maydalik darajasi pichoq 
oraliq ining katta kichikligi bilan boshqariladi. 
Silliq va tishli yuza jo‘vali tegirmonlar
. Bu maydalagichlarni ish unumi yuzasining 
tuzilishiga bog’liq. Tish yuza joyavali tegirmon silliq yuzasiga nisbatan ancha katta 
bo‗laklarni xam maydalash imkoniyatiga ega.
Bolg‘achali tegirmon
-ichki devori zirxlangan qalin metalldan tayyorlangan tana
markaziy o’qga o’rnatilgan diskdan iborat bo’lib, uning markazidan devorga qarab, bir nechta 
bolg’acha o’z o’qi atrofida qimirlamaydigan qilib o’rnatilgan bo’ladi. Tananing tubiga 
echiladigan elak o’rnatilgan bo’lib, maydalangan modda elakdan uzluksiz o‗tib ketaveradi. 
Bu esa maydalash jarayonini tezlatadi.
Tebranma xarakatli tegi
rmon. Maydalanish darajasini oshirish va jarayonni jadallashtirish 
maqsadida tebranma xarakat qiluvchi tegirmondan foydalaniladi. Bu tegirmon nomuvozanat 
o’qga o’rnatilgan va ichida zo’ldirlari bo’lgan do’mbiradan tashkil topgan. Uning tebranma 
tezligi daqiqasiga 1500 dan 3000 gacha bo’ladi.


Kolloid tegirmonlar 
–o’ta mayda talqon olish uchun ishlatiladi. Tegirmon tez aylandigan 
makrutiysimon \ildiraklardan iborat bo’lib, ularning g’\irligi 0,005 mm ni tashkil qiladi. Jism 
bu oraliqdan o‗tib maydalaniladi.
Zo‘ldirli tegirmon
-bir jinsli kuknlarni olishda qulay va tuzilishi jixatidan qulay va sodda. 
Zo’ldirli tegirmon do’mbira va uning ichiga joylashtirilgan xar xil kattalikdagi (50-150 mm 
gacha) po’lat yoki chinnidan tayyorlangan zo’ldirlardan iborat bo’ladi. Zo’ldirlarorasidagi 
xom ashyo ishqalanish kuchi va markazdan qochuvchi kuch ta‘sirida maydalanadi. 
Tegirmonning ma‘lum tezlikdagi xarakatida zo’ldirlarmarkazdan qochuvchi kuch ta‘sirida 
yuqoriga ko’tarilib, zo’ldir og’irligi bu kuchni engganda u pastga tushib xom ashyoni zarb 
bilan urib maydalaydi. Agar tegirmon do’mbirasi katta tezlikda aylanganda, zo’ldirlar 
markazdan qochuvchi kuch ta‘sirida do’mbira devoriga yopishgan xolda aylanaveradi, urinish 
sodir bo’lmaydi, natijada tegirmonning ish unumi pasayib ketadi. Agar do’mbiraning aylanish 
tezligi mo’ljaldagidan kam bo’lganda, markazdan qochuvchi kuch sust bo’lib, 
zo’ldirlarko’tarilmaydi. Bunda xom ashyo etarli bajarilmaydi. 
Dismembrator
- asosan tik xolatda o‗rnatilgan aylanuvchi diskdan iborat bo’lib, disk 
xarakatda bo’ladi. Disklar yuzasiga bir necha qator aylanma tishlar o’rnatilgan bo‗lib, 
korpusdan ochiladigan qopqoqdan va xampadan tashkil topgandir. Disk yopilganda bo’tishlar 


bir-birining orasiga kiradi. Disk xarakatga kelganda maydalanadigan xom ashyo tishlar 
orasiga tushib katta kuch bilan uriladi, kesiladi va ezilib maydalanadi. Dismembratorning 
qulayligi konstruksiya va tuzilishi sodda va qulaydir. Dismembratorda faqat bitta baraban 
xarakatda bo’ladi. Agar tegirmon disklarining ikkalasi xarakatda bo’lsa, dezintegrator deb 
yuritiladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin