4-usul: Shampinyonlarni maxsus bо‘laklar, ya’ni bloklash usulida yetishtirish Maxsus bо‘laklar, ya’ni bloklash usulida shampinyonlarni yetishtirish yildan – yilga
ommalashib bormoqda. Talabning ortib borishiga sabab oddiy va foydalanishda qulaylik
tug‘diradigan bloklarda presslangan kompostdir. Bundan tashqari ular konteynerga joylash va
tokchalarga terib qо‘yish usullarida ham foydalaniladi.
5-usul: Shampinyonlarni konteynerga joylash usulida yetishtirish Chet elda shampinyonlarni konteynerga joylash usulida yetishtirish keng ommalashgan.
MDH davlatlarida bu usulni ayrim korxonalargina qо‘llaydi.
Bunda shampinyonlarni maxsus konteynerga joylab, turli kasalliklarga qarshi ishlov
beriladi. Bu kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Natijada ishlab chiqarish rentabelligi
ikki baravar ortadi. Yagona salbiy tomonini ta’kidlab о‘tish lozimki, bu - konteyner
jihozlarining qimmatligidir.
Shampinyonlar uchun kompost qanday tayyorlanadi? Shampinyonlar uchun kompostni tо‘g‘ri tayyorlash uchun poxolni taxminan bir sutka
davomida ivitib qо‘yiladi. Quruq bо‘lmagan nam poxolni uch – tо‘rt qavat qilib, tо‘g‘rilab
joylashtiriladi. Poxolni taxlash davomida ular qurib qolmasligi uchun yana namlanadi. Odatda
100 kg qruq poxolga 400 litrgacha suv sarflanadi. Bunga 0,5 kg superfosfat va 2-2,5 kg
mochevina qо‘shiladi. Barcha tarkibiy jamlanma 3-4 marta aralashtiriladi, birinchi marta gips,
ikkinchisida — superfosfat, uchinchisida 5 kg gacha ohak va 8 kg gacha gips qо‘shib
aralashtiriladi.
Yaxshi
kompostning
siri
uning
astoydil
aralashtirilishidadir.
Shundagina
shampinyonlarni yetishtirish uchun qulay sharoit yaratilgan bо‘ladi. Kompostning yaxshi
shamollatilashi uning sifatli bо‘lishini ta’minlaydi. 300 kg bu massaga ancha katta - 3 m
2
yuzaga ega bо‘lgan zamburug‘ olish mumkin.