3.
Meditsinada asosan sovuq usul bilan olingan yog‘lar ishlatiladi. Buni aniqlash uchun:
Probirkaga 2 - 3 ml yog‘ solib, unga 1 ml konsentrlangan N2SO4 qо‘shiladi. Yog‘ agar issiq
usulda olingan bо‘lsa qoraya boshlaydi, agar sovuq precslash usulida olingan bо‘lsa
о‘zgarmaydi.
4. Kreys reaksiyasi.
Bu reaksiya orqali yog‘larning oksidlanganligi buzilganligi
aniqlanadi. Probirkaga 1 ml yog‘ + 1 g qand. NS1 solib 1 minut aralashtirib, 1 ml flora-
glyusinning efirdagi eritmasidan (1:1000) qо‘shiladi va chayqatiladi. Agar yog‘ buzilmagan
bо‘lsa rangi о‘zgarmaydi. Agar yog‘ buzilgan bо‘lsa aralashma qizil rangga bо‘yaladi.
5. Yog‘lar tarkibidagi sovun aralashmasini aniqlash.
Ineksiya qilish uchun ishlatiladigan moylar tarkibida sovun aralashmasi 0,01% dan
oshmasligi kerak.
a) 5 g moyni tigelga solib mufel pechida kuydirilganda, kulni miqdori 0,01% dan oshmasligi
kerak. Hosil bо‘lgan kulni yangi qaynatilgan 1 ml suvda eritib, unga 2 tomchi fenolftalein
qо‘shiladi. Eritma pushti rangga kirmasligi, kirsa ham tezda rangi о‘chib ketishi kerak. Bu
moy tarkibida sovun aralashmasining 0,001% dan ortiq emasligini kо‘rsatadi.
b) Hajmi 250 ml konussimon kolbaga 50 ml suv va 10 tomchi fenolftalein eritmasidan solib 1
minut qaynatiladi. Bu issiq aralashmaga 5 g moy solib, yana 5 minut qaynatiladi va xona
haroratigacha sovutilib 10 tomchi fenolftalein qо‘shib oq qog‘oz ustida kо‘riladi. Kolbadagi
eritma rangsizligicha qolsa unda sovun aralashmasi yо‘qligini yoki 0,001% dan kо‘p
emasligini kо‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: