Ishlatilishi. Kraxmal boshqa moddalar bilan barcha chaqaloqlarga sepiladigan poroshok va teriga
surtiladigan moylar tayyorlashda ishlatiladi.
Me’da va ichak kasalliklarida kraxmalni qaynatib tayyorlangan
eritmasi - Decoctum (Mucilago) Amyli beriladi, Kleyster shimdirilgan bint travmatologiyada ishlatiladi.
Dekstrin - Dextrinum eritmasi yelim sifatida ishlatilada.
Tarkibida yog‘ va yog‘simon moddalar bо‘lgan о‘simliklar va mahsulotlar Kimyoviy tuzilishi, fiziologik va biologik xususiyatlari turlicha bо‘lgan, lekin fizik xossalari
umumiy bо‘lgan yog‘ yoki yog‘simon moddalardan tashkil topgan, о‘simlik va hayvonlardan
olinadigan murakkab organik birikmalar aralashmasiga
lipidlar deyiladi. Ular sovuq suvda
erimaydi yoki yomon eriydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Lipidlar quyidagi gruppalarga bо‘linadi . 1. Oddiy lipidlar . Bu gruppaga yuqori molekulali yog‘ kislotalarining ayrim spirtlar bilan
hosil qilgan murakkab efiriga aytiladi. Masalan triglitsiridlar, mumlar (bir atomli yuqori
molekulali) spirtlar bilan yog‘ kislotalarning murakkab efiri va boshqalar. Mо‘mlarga
sterinlarni yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efiri ham kiradi.
2. Murakkab lipidlar . Bu gruppadagi lipidlarning molekulasi tarkibiga yog‘ kislotalari va
spirtlardan tashqari yana fosfat, sulfat kislotalarning qoldiqlari, azot saqlovchi asoslar,
qandlar, fosfolipidlar, sulfolipidlar, serebrozid va gangliozidlar va boshqalar kiradi.
3.
Lipidlarning boshqa turlari . Bu gruppadagi lipidlarga yuqorida kо‘rsatilgan lipidlarni
biosintezi yoki parchalanishidan hosil bо‘lgan oraliq moddalar kiradi. Masalan mono,
diglitseridlar, sterinlar, vitamin A, zeaksantinlar, yog‘da eriydigan vitaminlar D, YE, va K,
yuqori molekulali uglevodlar, glitserinning oddiy efirlari kiradi.
Farmatsevtika amaliyotida lipidlar dorivor moddalar, surtma va boshqa dorilar tayyorlash
uchun asos, erituvchi va biriktiruvchi vosita sifatida qо‘llaniladi.
Yog‘lar о‘simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan bо‘lib ular uchun asosan jamg‘arma
ozuqa moddasi bо‘lib xizmat qiladi.
Yog‘lar murakkab organik aralashma bо‘lib ularning asosini glitseridlar tashkil qiladi.
Glitseridlar tarkibida 30 dan ortiq kislotalar bо‘lsa ham asosan 8 tasi kо‘p uchraydi bularga
quyidagilar kiradi.