Yuqori polisaxaridlar о‘z navbatida ikki guruhga bо‘linadi: a) Galopolisaxaridlar - bir xil qand qoldiqlaridan tashkil topgan glikonlar (kraxmal, glikogen,
dekstrin, sellyuloza) fruktozadan tashkil topgan polifruktozalar (inulin) va boshqalar.
b) Geteropolisaxaridlar - ikkita turli qand qoldiqlaridan tashkil topgan (glyukoza va
mannozadan tashkil topgan - glyukomannon-eremurron; galaktoza va mannozadan -
galaktamannonlar), bir nechta monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgan (о‘simlik
shilliq moddalari, daraxt yelimlari ) moddalardir.
Polisaxaridlardan meditsinada hamda farmatsevtikada kraxmal, shilliq moddalar, daraxt
yelimlari va pektin moddalar ishlatiladi.
Kraxmal - Atulit (S6N10O5)n Kraxmal o‘simliklarda eng ko‘p tarqalgan moddalardan hisoblanadi. U ayrim
o‘simliklarda 86% gacha to‘planishi mumkin. Kraxmal ma’lumki, fotosintsz natijasida
o‘simlikni xlorofilli bor joyida hosil bo‘lib so‘ngra o‘simlikni meva, urug‘ida va yer ostki
qismlarida to‘planadi. Ba’zan poyada ham to‘planishi mumkin (palmani ayrim turlari).
O‘simlik uchun kraxmal zapas ozuqa sifatida xizmat qiladi.
Ishni bajarish: Kraxmal olish usullari bir necha bo‘lishi mumkin. Masalan, kartoshka
tuganagidan kraxmal olish uchun kartoshka qirilada va maxsus moslamada suv bilan bir
necha marotaba yuviladi. Yuvilgan suvni esa tindiriladi. Kraxmal esa cho‘kib qoladi. Suvni
to‘kib tashlanadi va kraxmal quritiladi. Olingan kraxmalda namlik 20% gacha bo‘lishi
mumkin.
Urug‘ mevalardan kraxmalni ajratib olishga oqsil moddalar va boshqa suvda erimaydigan
moddalar halaqit qiladi. Shuning uchun meva va urug‘ni idishda uzoq vaqt suvda achitiladi.
Natijada oqsil moddalar va boshqalar suvda eriydigan moddalarga pachalanadi va cho‘kkan
kraxmaldan yuqoridagi usul bilan ajratib olinadi va quritiladi.