MAVZU: FERMENTLARNI MIKROBIOLOGIK SINTEZ YO`LI BILAN AJRATIB
OLISH.
REJA:
1. Fermentlarning umumiy tavsifi
2. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan fermentlar
3. Ferment produsentlarini o`stirish
1. Fermentlarning umumiy tavsifi Organizmda kechadigan hamma hayotiy
jarayonlarning moddiy asosini minglab fermentlar yoki enzimlar tomonidan katalizlanadigan
kimyoviy reaksiyalar tashkil qiladi. Fermentlar hozirgi kunda fanning rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega bo`lgan makromolekulalar sifatida ma`lum bo`lib bormoqda. Toza holda
ajratib olingan fermentlardan foydalangan holda murakkab birikmalarning, jumladan
organizmning tarkibida uchraydigan ba`zi oqsillar va nuklein kislotalarning strukturalarini
aniqlashga erishildi. Fermentlarning amaliy ahamiyati ham kattadir. Vino ishlab chiqarish,
non pishirish, pishloq, spirt, choy, aminokislotalar, vitaminlar, antibiotiklarni sanoat
miqyosida ishlab chiqarish fermentativ jarayonlardan samarali foydalanishga asoslangan.
Tibbiyot va qishloq xo`jaligida qo`llaniladigan-dorivor moddalar, o`simliklarning o`sish
stimulyatorlari va boshqa fiziologik faol moddalarning ta`sir etishi u yoki bu fermentlarning
faollashuvi yoki ingibirlanishi bilan bog`liqdir. Fermentlar katalizlaydigan reaksiyalarini
e`tiborga olgan holda 6 ta sinfga bo`linadi: 1. Oksireduktazalar. Bu sinfga oksidlanish-
qaytarilish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar kiradi. Ularga yaqqol misol sifatida
degidrogenazalar vodorod atomini ko`chiruvchi fermentlarni keltirib o`tish mumkin. 2.
Transferazalar. Bu sinf vakillari alohida funksional guruhlarni molekulalar aro ko`chirish
reaksiyalarini katalizlaydi. Masalan, metil guruhni metil transferaza, amino guruhni-
aminotransferaza, karboksil guruhni karboksitransferazalar ko`chirish reaksiyalarini
katalizlaydi.
3. Gidrolazalar. Bu sinfga mansub fermentlar molukulalar ichidagi bog`larni suv
ishtirokida gidrolizlaydi. Ular jumlasiga fermentlarning katta guruhi, jumladan oshqozon-
ichak traktining fermentlari: esteraza, fosfataza, peptidaza va boshqalar kiradi. 4. Liazalar. Bu
sinf vakillari nogidrolitik yo`l bilan qo`sh bog` hosil bo`lish reaksiyalarini katalizlaydi.
Bularga yaqqol misol sifatida dekarboksilaza va boshqalarni keltirish mumkin. 5.
Izomerazalar. Bu fermentlar substratlarni o`zaro almashinuvini katalizlaydi. Masalan L-
izomeri D-izomerga, glyukozani fruktozaga aylanishini katalizlaydi. 6. Ligazalar yoki
sintetazalar. Bu fermentlar xilma xil sintezlanish reaksiyalarini katalizlaydi va bu reaksiyani
makroergik birikmalar energiyasi evaziga amalga oshiradi.
2. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan fermentlar Dastlab sanoat miqyosida mikrob
fermentlaridan foydalanish 90 yildan oldinroq yo`lga qo`yilgan edi. Amaliyotda
foydalaniladigan ko`p fermentlar gidrolazalar sinfiga mansub, chunki ularni sanoat
biotexnologiyasi yo`li bilan ajratib olish yo`lga qo`yilgan. Umumiy ishlab chiqariladigan va
amaliyotda foydalaniladigan fermentlarning 99 % ulushi 16 ta preparat hisobiga to`g`ri keladi.
Ulardan ba`zilarini ko`rib chiqamiz. Amilolitik fermentlar jumlasiga alfa-amilaza, beta-
amilaza, glikoamilazalar kiradi. Ularning ta`siri kraxmal va glikogenni gidrolizida namoyon
bo`ladi. Kraxmal oldin ancha oddiy polisaharidlar-dekstrinlargacha, keyin esa maltoza va
glyukozagacha parchalanadi. Alfa-amilaza alfa-1,4-glyukan bog`lanishni gidrolizlasa, beta-
amilaza molekulaning oxiridan birin-ketin maltoza molekulalarini uzib oladi. Glyukoamilaza
esa molekulaning oxiridan glyukoza molekularini uzib olib parchalaydi. Bu fermentlar spirt
va non ishlab chiqarish sanoatida keng foydalaniladi. Proteolitik fermentlar ham
gidrolazalarga kirib, peptidgidrolazalarning kenja sinfini hosil qiladi. Ularning ta`siri oqsil va
peptidlardagi peptid bog`larini gidrolizini katalizlashda namoyon bo`ladi. Ularning o`ziga xos
xususiyati oqsil molekulasidagi peptid bog`larga tanlab ta`sir etishlan iboratdir. Masalan,
pepsin faqat aromatik aminokislotalar o`rtasidagi, tripsin esa faqat arginin va lizinlar
o`rtasidagi peptid bog`larga ta`sir etadi. Bu sinfga mansub bo`lgan fermentlar juda ko`p.
Sanoatda ularni qaysi vodorod ioni ko`rsatkichlarida faollikni namoyon qilishiga qarab:
nordon proteazalar (pH 1,5-3,7); neytral proteazalar (pH 6,5-7,5); ishqoriy proteazalar
(PH>8.0) ga tasniflanadi. Proteazalardan-go`shni yumshatishda, terini oshlash va boshqa xil
ishlovlar berishda, kinoplyonkalar ishlab chiqarishda, parfyumeriyada, sintetik yuvuvchi
preparatlar tayyorlashda, tibbiyot va veterinariyada juda keng foydalaniladi. Pektolitik
fermentlar o`zlarining ta`sir doiralarini tashqi ko`rinish nuqtai nazardan namoyon qilishlari,
ya`ni reaksiya natijasida ular ta`sir etadigan polisaharidlarning vakillari-pektin moddalar
(pektin, pektin kislotalar va protopektin) ning molekulyar massalari va qayishqoqliklarini
kamayishiga qarab bitta alohida guruhga birlashtirilgan.
Ular mevalar, ildizmevalar, navdalar (zig`ir) tarkibida bo`ladi. Pektin moddalarning
molekulyar massalari 20000 Da dan 200000 Da gacha bo`ladi. Hamma pektinazalar ikki xilga
bo`linadi-gidrolazalar va transeliminazalar. Ularning birinchilari metil qoldiqlarni uzadi yoki
alfa-1,4-glyukozid
(poligalakturinazalar)
bog`larni
parchalaydi.
Ikkinchilari
pektin
moddalarini nogidrolitik yo`l bilan parchalab qo`sh bog`larni hosil qiladi. Ular to`qimachilik
sanoatida zig`irga ishlov berishdan oldin - ho`llash, vino tayyorlashda-vinoni quyqalarini
yo`qotish, meva shiralarini tayyorlashda konservalash uchun foydalaniladi. Sellyulolitik
fermentlar o`ta maxsus, bo`lib ularning ta`siri sellyuloza molekulalarini qutbsizlanganida
namoyon bo`ladi; ular kompleks holda ta`sir etib sellyuloza gidrolizini glyukoza hosil bo`lishi
darajasigacha yetkazadi. Ulardan foydalanishning istiqbollari katta - bu sellyulozadan
glyukoza ajratib olish; tibbiyotda o`simliklardan dorivor moddalar (steroidlar) ni ajratib olish;
oziq-ovqat sanoatidao`simlik yog`larini sifatini yaxshilash; qishloq xo`jaligida kavshovchi
hayvonlarning omuxta yemiga qo`shib berishda foydalaniladi.
3. Ferment produsentlarini o`stirish. Ko`p mikroorganizmlar nisbatan oddiy va arzon
oziqa muhitida o`sish qobiliyatiga ega. Mikroorganizmlarning fermentlarni biosintezlash
qobiliyatlarini oshirish yo`lida seleksiya olib borish yo`li bilan mahsuldor mutantlarni ajratib
olish imkoniyatlari bor. O`sayotgan produsentga ta`sir ko`rsatib fermentlar biosintezini
texnologik uslublar yordamida boshqarish mumkin. Hujayralar tomonidan sintezlanadigan
fermentlarning tarkibi va miqdori muayyan organizmning irsiy xususiyatlariga bog`liq, har bir
hosil bo`ladigan oqsilning tuzilmasi tegishli gen tomonidan belgilangan bo`ladi. Shu bilan
birga gen irsiyat birligi sifatida tashqi muhit ta`sirida, shuningdek sun`iy tavsifli yo`naltirilgan
mutatsiyalarni keltirib chiqarish yo`li bilan bo`linishi va parchalanishi orqali o`zgarishlarga
duch kelishi mumkin. Sanoat miqyosida ahamiyatli bo`lgan mutantlarni ajratib olishda bu
ishni ionlangan va ionlanmagan nurlanishlar, izotoplar, aktinofaglar, antibiotiklar,
hujayraning irsiy elementlarini kuchli ravishda o`zgartiruvchi kimyoviy moddalar kabi
mutagen omillardan foydalangan holda seleksiya yo`li bilan amalga oshiriladi. Mikrob
tomonidan fermentlarni biosintezini amalga oshirilishida genetik omil va muhitda karbon,
azot, fosfor va boshqa elementlarning bo`lishi shartligidan tashqari muayyan fermentni yoki
fermentlar guruhini sintezida muhim rol o`ynovchi induktor yoki repressorlarning bo`lishi
ham talab qilinadi. Bu hodisaning mexanizmi hali to`liq o`rganilmagan bo`lsada,
biotexnologlar tomonidan u maksimal ravishda hisobga olinishi lozim. Bu sohada ortdirilgan
tajribaga asosan ko`p misollarni keltirib o`tish mumkin. Lipaza fermenti deyarli Asp.
awamori tomonidan muhitda induktorsiz sintezlanmaydi, muhitga kashalot yog`ini kiritish bu
fermentning biosintezini yuzlab martaga oshiradi. Zamburug`ning xuddi shu turi muhitga
kraxmal kiritib, mineral fosfordan xolis qilganda jadal ravishda boshqa ferment-fosfatazani
sintezlaydi.
Fermentning ko`p miqdorda hosil bo`lishi faqat induktorgagina emas, balki optimal
oziqa muhitini tanlash va jarayonni optimal sharoitda olib borishga ham bog`liq bo`ladi. Bu
omillarni ahamiyatini namoysh qilish uchun Asp. oryzae tomonidan kraxmalning–
induktorligida alfa-amilaza biosintezini amalga oshishini misol qilib keltirish mumkin.
Quyida alfa-amilazaning biosinteziga oziqa muhitining tarkibini ta`siriga oid ma`lumotlar
keltirilan: Oziqa muhitiga qo`shilgan qo`shimcha Ferment faolligi, E/100ml hisobida 3 %
Saxaroza va 0,05 % Natriy nitrat 20 6 % Kraxmal va 0,15 % Natriy nitrat 60 10ml bug`doy
maysasi ekstrakti 250-300 40ml bug`doy maysasi ekstrakti 500-560 Muhitning asosiy
komponentlarini 1,5 martaga oshirganda 1000-1100 Mikrobni o`sishi va fermentni
sintezlanishini jadallashtirish uchun oziqa muhitiga qo`shimcha ravishda tarkibida o`sish
omili bo`lgan damlama yoki ekstrakt qo`shiladi. Eng avvalo ular jumlasiga aminokislotalar
kiradi. Ular hujayra ichiga osongina kiradi va fermentni sintezlanishiga ta`sir ko`rsatadi.
Shuningdek o`sish omillari jumlasiga purin asoslari va ularning hosilalari, RNK va uning
parchalanish mahsulotlari ham kiradi. Produsentni chuqur uslubda o`stirganda, yumshoq va
namlangan oziqa muhitini yuza qismida o`stirgandagiga qaraganda ajratib olinadigan
fermentning konsentratsiyasi ancha past bo`ladi. Fermentlar produsentlarini chuqur uslubda
o`stirish. Produsentni chuqur uslubda o`stirish mikroorganizmlarni suyuq oziqa muhitida
o`stirishni hisobga oladi. Bu uslub oziqa muhitini yuza qismida o`stirishga nisbatan ancha
mukammal ishlab chiqilgan, hamda ko`proq mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan.
Bunda butun jarayon aseptik sharoitda o`tkazilishi lozim. Chuqur uslubda o`stirish sharoitida
suv muhiti ekstraktining yuza qismida o`stirishdagiga nisbatan fermentning konsentratsiyasi
ancha past bo`ladi. O`stirish suyuqligining filtratini 3 % dan kam qismi quruq modda
hisoblanadi. Bu narsa fermentni ajratib olishdan oldin filtratni konsentrlashni talab qiladi.
Ekish materialini olish. Ekish materiali ham chuqur o`stirish uslubida tayyorlanadi. Ekish
materialining ko`rinishi produsentning xiliga bog`liq: zamburug`lar aktinomitsetlar uchun
mitselial vegetativ massa bo`lsa, bakteriyalar uchun spora hosil qilish bosqichidagi yosh
hujayra hisoblanadi. Ekish materialini olishda produsent massasini asta-sekin bosqichma-
bosqich oshirib borish hisobga olinadi. Masalan, bu jarayon sanoat miqyosida katta hajmda
tayyorlash uchun mo`ljallanganda to`rt bosqichni, ya`ni: produsentni dastlabki materiali
kolbada o`stiriladigan ilk material
inokulyatorda o`stirilgan ekish materiali
ekish apparatida
o`stirilgan materiallarni ajratib olishni hisobga oladi. Ekish materialining hajmi produsentning
fiziologik xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Bu narsa produsent faqat vegetativ ko`payadigan
bo`lsa, 5-20 % gacha oshishi, uning kuchli ravishda spora hosil qilishi yuz beradigan bo`lsa,
unda 1 % gacha pasayishi mumkin. Ekish materialining hajmi sanoat ishlab chiqarishi
fermentyorini 10 % gacha hajmini tashkil qilishi mumkin. Oziqa muhitini tayyorlash. Oziqa
muhiti tayyorlanadigan maydon boshqa ishlab chiqarish binolaridan izolyatsiyalanadi, chunki
asosiy ishlab chiqarish tizimiga mikroorganizmlar bilan ifloslangan xom-ashyoni kirib
qolishini oldi olinishi lozim.
Ishlab chiqarish keng ko`lamli bo`lgan xollarda oziqa muhiti alohida binolarda
tayyorlanadi. Oziqa muhitini tayyorlash har xil bo`lib, u komponentlarning tarkibiga
bog`liqdir. Ba`zilari dastlabki ishlov berishni: maydalash, pishirish, ekstraksiyalash, gidrolitik
parchalashlarni talab qiladi. Keyin eritish uchun tayyorlangan komponentlar dozalab
o`tkazadigan moslama yordamida doimo aralashtirilgan holda oziqa muhitili hajmga
ko`chiriladi, bunda komponentlar alohida-alohida kiritiladi. Suyuq oqimlarni uzatilishi
nasoslar yordamida, o`z oqimi bilan yoki issiq havo oqimi bilan amalga oshiriladi. Oziqa
muhitini sterilizatsiyasi. Bu jarayon eng muhim tayyorgarlik operatsiyalaridan biri hisoblanib,
ikki xil uslubda-mikroorganizmlarni muhitdan ajratish yoki ularni muhitdan yo`qotish asosida
amalga oshiriladi. Birinchi uslub istiqbolli hisoblanadi, chunki mikroorganizmlarni nobud
qilishga qaratilgan «nobud qilish omili» oziqa muhiti komponentlariga ham ta`sir etadi. Bu
uslubni mikrofiltrasiya jarayonida yarim o`tkazgichli membranalardan foydalanish orqali
amalga oshirsa bo`ladi. Sanoat ishlab chiqarishida foydalaniladigan ikkinchi sterilizatsiya
uslubi hamma vaqt yuqori temperaturada amalga oshiriladi. Mikroorganizmlarni nobud
bo`lishi ma`lum muddatda bo`lib o`tadi, bunda «nobud qiluvchi omil» qancha jadal ta`sir etsa,
ya`ni harorat yuqori bo`lsa , bu muddat shuncha qisqa bo`ladi. Oziqa muhitini sterilizatsiyasi
vaqti-vaqti bilan yoki uzluksiz o`tkazilishi mumkin. Birinchi holatda jarayonni fermentyorga
oziqa muhitini solib sterilizatsiya haroratigacha qizdiriladi va shu haroratda ma`lum muddat
ushlab turiladi va so`ng sovitiladi. Ikkinchi uslubdan foydalanilganda apparatlar va
kommunikatsiyalar bug` oqimida oldindan sterilizatsiyalanadi, keyin fermentyorga 120-140
0C li qizdirg`ich kolonkadan o`tkaziladi, u yerda tegishli muddatda ushlab turilib, so`ng
o`stirish harorati darajasigacha sovitilgach oziqa muhiti kiritiladi. Muhitda alohida holatda
ko`pik so`ndirgich, boshqa eritmalar sterilizatsiyalanadi. Bu jarayonda ishtirok etadigan
ammiakli suvni sterilizatsiyalash alohida muammo hisoblanadi, chunki uni qizdirib
bo`lmaydi. Aeratsiyadan oldin va keyin havoni tozalash. Atmosfera havosi tarkibida organik
va anorganik tabiatli changlar, suv bug`lari va 1 m3 havoda 10 mlrd gacha mikroorganizmlar
bo`ladi. Uni sterilligi katta hajmdagi tolali filtrlardan foydalanish orqali ta`minlanadi. Ferment
preparatlarini ajratib olishda tozalash ikki bosqichdadastlab alohida olingan bosh filtr orqali,
keyin fermentyorlarga havo kiritishdan oldin o`rnatilgan filtr orqali amalga oshiriladi.
Jarayonning nihoyasida, ya`ni aeratsiyani oxirida fermentyordan chiqariladigan gaz oqimi
tarkibida produsentning hujayralari bo`ladi. Atrof-muhitni ular bilan zararlantirmaslik uchun
havo oqimi yo`liga filtr yoki filtrlar tizimini o`rnatish lozim bo`ladi. Bunda ishlab chiqarish
tizimidan chiqarilayotgan havo sanitariya-gigiena me`yorlariga to`liq javob berishi kerak.
Produsentni sanoat miqyosida o`stirish. Ma`lum suyuqlik hajmida produsentni o`stirishda
ikkita jarayon-mikroorganizm massasini oshishi va muhitda yoki mikrob hujayrasida
fermentning yig`ilishi yuz beradi. Produsentni chuqur o`stirishda fermentlar biosintezi oziqa
muhitiga doimo havo kiritish va aralashtirib turish sharoitida 2-4 kunda amalga oshiriladi.
Produsent Asp. oryzaeni o`sishi jarayonida yuz beradigan o`zgarishlar 1-Rasmda keltirilgan:
1-Rasm. Asp. oryzae ni chuqur o`stirish jarayonida mitselliyni o`sishi, alfa amilazani hosil
bo`lishi va muhitning quruq massasini o`zlashtirilishi (I.M.Gracheva bo`yicha) Bunda: 1-
alfa-amilaza; 2-mitselliy; 3-quruq modda. Ko`p fermentlar ekstrasellyulyar mahsulotlar
hisoblanadi va produsent hujayrasini o`rab turgan suyuqlik muhitiga chiqadi, odatda uch
kunlik o`stirishdan keyin mitseliy ichida 10-15 % dan ko`p bo`lmagan miqdordagi ferment
qoladi. Bunday paytda ferment preparatini biomassa ajratilgandan keyin filtratdan ajratib
olinadi. Ba`zan fermentlar hujayra organellalari bilan birikkan bo`lib tashqi muhitga ajralib
chiqmaydi, bunda hujayralardan ajratish uchun ularni shikastlash va tegishli tarzda ishlov
berish talab qilinadi. Dastlabki bosqichda oziqa moddalarini konsentratsiyasini yuqori bo`lishi
produsent biomassasini o`sishini bo`g`ib qo`yadi. Shu sababli uzluksiz ravishda oziqa muhiti
yoki uning komponentlari fermentyorga asta-sekinlik bilan produsentning o`sish bosqichini
hisobga olish asosida peshmapesh kiritib boriladi. Buni Bac. subtilis--glyukanaza fermentini
biosintezi misolida namoyish qilish mumkin.
Fermentlar produsentlarini muhitning yuza qismida o`stirish. Yuza qismida o`stirish
uslubida produsentni o`stirish produsentni qattiq namlangan oziqa muhiti yuzasida amalga
oshiriladi. Bunda mitselliy qattiq zarrachalarni to`liq o`rab oladi va ular bilan barqaror
birikkan bo`ladi hamda produsent nafas olish uchun havo kislorodidan foydalanganligi
sababli oziqa muhiti yupqa va yumshoq bo`lishi talab qilinadi. Bu narsa o`z navbatida
yumshoq muhitni havo bilan kontaktini ta`minlash uchun yuzaning katta bo`lishiga erishishni
talab qiladi va bunda mexanizatsiyani qo`llash qiyinlashib, qo`l mehnatini ko`p qo`llanishi
lozim bo`ladi hamda shu sababli bu narsa harajatni oshishiga olib keladi. Masalan, ikki kun
davomida bug`doy kepagida o`stirib 1 t mog`or zamburug`lari produsentini ishlab chiqarish
uchun zavod 1000 dan ziyod kyuvetalarda zamburug`ning konidiyalarini oziqa muhitiga
yupqa qilib yoyib chiqish talab qilinadi. Yuvish, sterilizatsiya, kyuvetalarni sex ichi bo`ylab
ko`chirish, ularni to`ldirish va bo`shatish ishlari mexanizatsiyadan foydalanishning
cheklanganligini hamda muayyan uslubning qiyin ekanligini ko`rsatadi. Sanoat ishlab
chiqarishi uchun produsentni o`stirish odatda noaseptik sharoitda olib boriladi, lekin
muhitning o`zi va kyuvetalar boshida ishonchli tarzda sterilizatsiyalangan bo`lishi lozim.
Yuza qismida o`stirishning ijobiy jihatlari ham bor, ulardan eng muhimi-oziqa muhiti massa
birligiga nisbatan ajratib olinadigan ferment konsentratsiyasini foydali chiqimini yuqori
bo`lishidir. Masalan, spirt ishlab chiqarishda 100 kg kraxmalni shakarga aylantirish uchun 5
kg mog`or zamburug`i mahsuloti kerak bo`ladi. Bundan tashqari yuza qismi uslubida
tayyorlangan materialni tez va nisbatan oson quritish, uni tovar mahsuloti holatiga osongina
keltirish va tashish mumkin. Bu uslubning yana bir ijobiy jihati chuqur o`stirish uslubidagiga
nisbatan elektroenergiyaning kam sarflanishi hisoblanadi. 10-Rasmda yuza qismida o`stirish
uslubining texnologik tamoyili keltirilgan. Ekish materiali. Yuza qismda o`stirish uslubi
uchun foydalaniladigan material qattiq oziqa muhitida olingan sporali material yoki chuqur
o`stirish yo`li bilan tayyorlangan produsentning miselial massasi tarzida bo`lishi mumkin.
Ekish materiali mikroorganizmlarni doimo miqdoriy jihatdan osha borishini hisobga olib uch
yoki to`rt bosqichda amalga oshiriladi. Ilk bor agarlashtirilgan qattiq muhitda bo`lgan
produsentni 1-1,5 g namlangan kepak solingan probirkaga ko`chiriladi. O`stirishni
termostatda kuchli spora hosil bo`lish davrigacha muddatda amalga oshiriladi. Ikkinchi
bosqichda produsentni o`sha muhitda, lekin kolbada100 g steril namlangan bug`doy
kepagidan foydalanib o`stiriladi. Uchinchi bosqichda ham xuddi shu yo`sinda ish yuritiladi,
lekin bu ishni yanada kattaroq idishda va 500 g oziqa muhitida amalga oshiriladi. To`rtinchi
eng so`nggi bosqichda o`stirishni ekish kyuvetalarida yuqorida keltirilgan texnologik
tamoyilga muvolfiq tarzda amalga oshiriladi. Ekish materialini namligini 10-12 % gacha
quritib, germetik tarzda qadoqlash yo`li bilan uzoqroq muddatda saqlash ham mumkin
bo`ladi. Oziqa muhitini tayyorlash. Har qanday qattiq oziqa va o`sish moddalarini asosi
sifatida bug`doy kepagi xizmat qiladi. Namlangan holda bug`doy kepagi muhitning talab
darajasidagi tuzilmasini hosil qiladi. Ba`zi fermentlar faolligini oshirish uchun bug`doy
kepagiga yana pektin va sellyulozaga boy mahsulot sifatida lavlagi turpi, oqsilni miqdorini
oshirish va proteinazani induksiyalash uchun soya shroti, yoki lipazani induksiyalash uchun
kraxmal bilan boyitilgan pivo sanoati koldiqlari qo`shiladi. Kepak tarkibiga o`simlik
qoldiqlari-arpa yoki guruch to`poni, somon, makkajo`xori so`tasi va yog`och qipig`ini
qo`shish muhit tuzilmasini yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: |