Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Kraxmaldan glyukoza olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Kraxmaldan glyukoza olish texnologiyasi. 
Glyukoza-oddiy tabiiy qanddir. Tabiatda 
keng tarqalgan. Erkin glyukoza mevalarda,asal tarkibida uchraydi. Ayniqsa tabiatda glyukoza 
kraxmal, kletchatka kabi murakkab yuqorimolekulyar birikmalar ko‘rinishida ko‘p uchraydi. 
Ovqat bilan odam organizmiga tushadigan uglevodlar glyukozaga aylanadi. Glyukoza tirik 
organizmning uglevod almashinuvida muxim ahamiyatga ega va uning butun hujayralari 
uchun oziqlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Glyukoza kraxmaldan va kraxmalga boy 
bo‘lgan xom ashyodan olinadi. Tayyorlanashiga qarab glyukoza-ning quyidagi turlari ishlab 
chiqariladi: kristallsimon tibbiy gidratli va angidratli, oziqaviy, texnikaviy va glyukoza-
fruktoza qiyomlari. 
Kristalsimon gidratli glyukoza (S
6
N
12
O
6
.N
2
O) asosan tibbiy maq-sadlarda qo‘llaniladi. 
Tibbiy angidridli glyukoza (S
6
N
12
O
6
) tabletkalar tayyorlash uchun, tibbiy gidratli shakldagisi 
esa tomir ichiga quyish uchun qo‘llaniladi. Oziqaviy glyukoza kristallsimon glyukozadan Shu 
bilan farq qiladiki, uni ishlab chiqarishda kristallarni kristallararo eritmadan aj-ratish bosqichi 
qo‘llanilmaydi. Bunday glyukoza sanoatda yumshoq konfet, muz-qaymoq, sharq shirinliklari, 
ichimliklar, non-bulka mahsulotlari ishlab chiqarishda saxarozani o‘rnini almashtiruvchi 
sifatida foydalaniladi. Tex-nikaviy glyukoza past sifatli xom ashyodan olinadi. U texnik 
maqsadlar uchun qo‘llaniladi. 
Sanoat asosida glyukoza asosan kraxmal va kraxmal tutuvchi moddalardan olinadi. 
Glyukoza ishlab chiqarish xomashyoni qayta ishlash texnologiyasiga qarab quyidagi 
mahsulotlarni olishga bo‘linadi: kristall gidrat glyukozalar, tibbiy gidrat va angidrid 
glyukozalar,iste’mol chaqmoq, briketlangan, granula shaklidagi va kukunsimon 
glyukozalar,texnik glyukoza va glyukoza-fruktozali sirop. Glyukoza va glyukoza tutuvchi 
mahsulotlarni olish sxemasi (sxema)ga binonglyukoza ishlab chiqarish ikkita bosqichda olib 
boriladi: yuqori sifatli glyukozali sirop olish va ulardan glyukoza va glyukoza tutuvchi 
mahsulotlar olish. 
Birinchi bosqich quyidagi texnologik operatsiyalardan tashkil topgan: kraxmal 
suspenziyasini tayyorlash, gidroliz (kislotali yoki fermentativ)qilish, kislotani netrallash yoki 
fermentlarni aktivligini yo‘qotish, tozalash (diatom, aktivlangan ko‘mir yoki 
ionnalmashinuvchi yordamida), glyukoza siropini bug‘lantirish, sovutish. 
Glyukoza siropiga ishlov berishning ikkinchi bosqichida quyidagi operatsiyalar 
bajariladi. Agrar kristallash kristallar aro suyuqlikni ajratish bilan amalga oshirilsa u holda 
keyingi amal sentrifugalash, quritish va elakdan o‘tkazish bo‘ladi. Agar kristallar aro suyuqlik 
ajratilmasa purkab quritish uskunasida quritiladi yoki utfellar shakllantiriladi, so‘ngra 
maydalanadi, elanadi va briketlanadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin