Kraxmal sovuq suv, spirt, organik erituvchilarda erimaydi. Issiq 70-75 li suvda donachalari
shishib yoriladi va yopishqoq suyuqlik - kleyster (kraxmal yelimi) hosil bo‘ladi. Kleyster bu
qutblangan nurni o‘ngga buradigan kolloid eritmadir.
Sifat reaksiyasi.
Kraxmal yod eritmasi ta’sirida ko‘k rangga bo‘yaladi.
Kraxmal kislotalar. ishqorlar, diastaza fermenti ta’sirida gidrolizlanadi. Gidroliz kislota
ta’sirida glyukozaga, diastaza ta’sirida disaxarid - maltoza hosil bo‘ladi.
Gidrolizlangan kraxmaldan bir qancha oraliq moddalar hosil bo‘ladi (Dekstrin).
Kraxmal donachasi pardadan va parda ichidagi moddadan iborat bo‘lib, ular tuzilishi jihatidan
bir - biridan farq qiladi.
Parda - amilopektindan
, uning ichidagi modda esa
amilozadan iborat
. Amiloza -
maltoza unumi.
Kraxmal donachasini amilopektin va amilozadan tuzilganligini aniqlovchi reaksiY.
Buyum oynachasi ustiga kraxmalni suvdagi aralashmasidan ozgina solib, ustiga 1-2 tomchi
3% li KON eritmasidan tomiziladi, qoplag‘ich oyna bilan yorib mikroskopni kichik
obektivida ko‘riladi. Mikroskopda kraxmal donachasini shishib, uni yorilishi va yo‘q bo‘lishi
kuzatish mumkin. Preparatdagi ishqorni neytrallash uchun 1% SN3SOON eritmasidan 1 - 2
tomchi tomiziladi, gidroliz natijasida hosil bo‘lgan ayrim - ayrim bo‘lakchalar binafsha,
ba’zilari esa ko‘k rangga bo‘yaladi. Shulardan binafsha rangga kirgani
amilopektin
, ko‘k
rangga bo‘yalgani
amiloza
hisoblanadi.
Medisinada va farmasevtikada
4 ta o‘simlikdan olingan kraxmal ishlatiladi. Ular bir
biridan donachalarini katta-kichikligi, shaklini tuzilishi bilan farq qiladi.
1. Kartoshka kraxmali - Amylum Solam: K. (Solanum fuberosum L.) tuganagidan olinadi.
2. Bug‘doy kraxmali - Amylum Tritici, bug‘doy (Triticum vulgare L.) donidan olinadi.
3. Jo‘xori kraxmali - Amylum Maydis, jo‘xori (Zea mays L.) donidan olinadi.
4. Guruch kraxmali - Amylum Oryzaye, sholi (Oryza satira L..) donidan olinadai.
Dostları ilə paylaş: