Urug‘ning tashqi kо‘rinishi.
Urug‘ tuxumsimon, yaltiroq, qattiq, mо‘rt, guldor pо‘st
bilan qoplangan yirik urug‘i 15 - 22 mm, maydasi 5 - 7 mm uzunlikda bо‘ladi.
Kanakunjut urug‘i zaxarli bо‘lgani uchun meditsinada ishlatilmaydi, undan faqat moy olinadi.
Kimyoviy tarkibi.
Urug‘ida 40 - 56% qurimaydigan moy bor, 14 - 17% oqsil, 0,1 - 1%
ritsinin va nikotin alkaloidlari bor.
Kuchli zaharli oqsil modda -
Ritsin
bor.
Moy sovuq preslash usuli bilan olinadi. Zaxarli ritsinni parchalash uchun moy orqali issiq suv
bug‘i о‘tkaziladi.
Moy sarg‘ish, tiniq xidli va mazasi yoqimsiz. U spirtda eriydi (Shu bilan boshqa yog‘lardan
farq qiladi).
Moy 80-85% ritsinol (Oksiolein)
kislota glitseriddaridan tashkil topgan. Kanakunjut
kunjarasi zaxarli, u faqat azotli о‘g‘it sifatida ishlatiladi.
Ishlatilishi.
Surgi va ginekologiyada, kо‘z kasalligida, teri kasalliklari (leyshmanioz) da
ishlatiladi, sochni о‘stirishga yordam beradi. Dorivor preparatlari. Kanakunjut moyi,
emulsiyasi, unditsilen mazi, Vishnevskiy mazi. Texnikada motorlarni moylashda ishlatiladi.
Qurimaydigan moy
Bodom urug‘i va moyi - Semina et oleum Amygdalarum
О‘simlikning nomi:
Bodom - Amygdalus communis L.
Oilasi:
Ra’noguldoshlar - Rosaceae.
Bodom daraxtining bо‘yi 2-5-8 m bо‘ladi. Novdalari qizil, jigarrang, shoxlarining pо‘stlog‘i
kul rang - kо‘ng‘ir, tanasiniki esa qoramtir.
Bargi oddiy, lansetsimon, о‘tkir uchli, cheti tishsimon, bandi bilan poyada ketma – ket
joylashgan.
Gullari oq yoki och pushti rangli bо‘lib, yakka - yakka joylashgan.
Gulqо‘rg‘oni murakkab, tо‘g‘ri, kosacha va tojbarglari 5 tadan, birlashmagan. Mevasi -
qiyshik, chо‘ziq tuxumsimon danakli meva. Bodom 2 tur - xilda uchraydi. Ular bir biridan
faqat danaklarining achchiq - chuchikligidan farq qilinadi.
A. sommunis L. Varietas dulcis D.S. - chuchuk bodom.
A. sommunis L. Varirtas amara D.S. - achchiq bodom
Dostları ilə paylaş: |