- material bir tekis qurimaydi;
- apparatga qo‘l mehnati bilan xizmat ko‘rsatiladi.
2-rasm.
Tunnelli quritkich.
v) lentali quritkichlar
– uzluksiz rejimda va atmosfera bosimida ishlaydigan quritkichlar
qatoriga kiradi (rasm 3). Apparatda nam material ikkita baraban
orasiga tortilgan lenta
bo‘ylab xarakatlanadi. Odatda lenta teshik bo‘ladi. Nam material qurilmaning tepa qismidagi
bunker orqali yuklanadi va konveyerning yuqori lentasiga tushadi. Material lentaning ikkinchi
uchiga etganida pastki konveyerga to‘kiladi. Quritiluvchi material eng pastki konveyerdan
chiqarish bunkeriga to‘kiladi.
Lentali quritkichlarda qurituvchi agent sifatida issiq havo yoki tutun gazlari ishlatiladi.
Qurituvchi agent materialga nisbatan qarama-qarshi, o‘zaro kesishgan va parallel yo‘nalishda
uzatiladi. Ko‘pincha bunday quritkichlar ko‘p lentali qilib yasaladi. Bir lentali quritkichlarda
nam material bir tekis qurimaganligi kuzatilgan. Shuning uchun ko‘p
lentali quritkichlar
samaraliroq xisoblanadi.