Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


v) purkagichli quritkichlar



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

v) purkagichli quritkichlar 
–materialni purkash natijasida quritadi (rasm.6). Purkash 
natijasida materialdagi namlik instensiv ravishda bug‘lanadi. Quritilayotgan material maxsus 
moslamalar – purkagichlar yordamida apparat kamerasiga forsunkali yoki shaybali purkash 
tipida uzatiladi.Qurituvchi agent materialga qarama-qarshi yo‘nalishda beriladi. Purkagichli 
quritkichlar eritma, suspenziya va pastasimon materiallarni quritishda qo‘llaniladi. 


6-rasm. 
Purkagichli quritkichlar. 
Kamchiligi: 
gabarit o‘lchami va energiya sarfi katta. 
Pnevmotransportli konvektiv quritkichlar 
a. pnevmatik quritkichlar 
– donador va kristall moddalarni quritishda ishlatiladi. Quritish 
jarayoni vertikal trubada olib boriladi. Bunda quritilayotgan material isssiq havo oqimi bilan 
birga xarakatlanadi. Bu apparatlarda material tez quriydi (10-20 sekund). Quritkich sodda va 
ixcham ishlangan. 
Kamchiligi
: energiya sarfi katta. 
Kontaktli quritkichlar 
a) vakuum-quritkich shkaflar 
– 
davriy rejimda ishlovchi kontakt quritkichlar. Ular 
laboratoriya sharoitida xamda kichik ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladi
Kamchiligi
: Samaradorligi va ishlab chiqarish unumdorligi past, sifati yomon. 
b) eshkakli vakuum-quritkichlar 
– davriy rejimda ishlovchi modifikatsiyalangan kontakt 
quritkichlar bo‘lib, ular materialni aralashtirish xisobiga quritadi. Bu turdagi quritkichlar 
yuqori temperaturalarga chidamsiz, zaharli va portlash xavfi bor moddalarni quritishda 
ishlatiladi. 
Kamchiligi
: energiya sarfi katta. 
v) juvali quritkichlar 
– suyuq va pastasimon materiallarni atmosfera bosimida yoki vakuum 
siyraklanishda quritishda ishlatiladi. Quritish davomida temperaturani nazorat qilish imkoni 
mavjud (rasm 7). Bu quritkichlarning ko‘p juvali va bir juvali modellari ishlab chiqilgan. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin