B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


Tasviriy san’atni o‘qitishda predmetlararo bog‘lanish



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Tasviriy san’atni o‘qitishda predmetlararo bog‘lanish
Tasviriy san’at barcha o ‘quv fanlari bilan bevosita bog‘- 
liqdir.
Ayniqsa bu bog‘liqlik ko‘proq biologiya, geografiya, mehnat, 
chizmachilik, matematika, fizika, tarix, til, adabiyot fanlarida 
ko'proq namoyon bo‘ladi. Bu bog‘lanish ham nazariy, ham amaliy 
jihatdan amalga oshiriladi. Predmetlararo bog'lanishning tashab- 
buskori tasviriy san’at o‘qituvchisidir.
Awalo, o‘qituvchi maktabda tasviriy san’at kabinetini tashkil 
etishi lozim. Kabinetda tasviriy san’atga juda yaqin bo‘lgan 
biologiya, mehnat, matematika, chizmachilik, geografiya, ada-
149


biyot, tarix kabi fanlarning dasturi, darslik va ko‘rgazmali mate- 
riallardan baza tgshkil etish zarar. Tasviriy san’at o‘qituvchisi o‘z 
ish rejasini tu'zadi, har bir darsning qaysi fan bilan bog‘lanishini 
ko‘rsatadi.
Tasviriy san’at fanining boshqa fanlar bilan bog‘lanishi 
turlicha xarakter, mazmun va shakllarda amalga oshiriladi. Bu 
bog‘lanish o'tiladigan dars mavzusining maqsadi, vazifasi va 
mazmuniga ko‘ra amalga oshiriladi. Awalambor, qalamtasvir 
yoki narsaning o‘ziga qarab rasm chizish, tematik kompozitsiya 
tuzish, badiiy bezash, haykaltaroshlik, amaliy san’at mashg‘u- 
lotlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanadi. So‘ngra tasviriy san’atning 
bu mashg‘ulotlari botanika, zoologiya, matematika, chizma- 
chilik, adabiyot, geografiya, mehnat kabi fanlar bilan bog‘liq 
holda olib boriladi.
Bunda olma, anor, nok, qovun, tarvuz, rediska, sabzi, 
turp, terak, tol, o ‘rik va o ‘t-o ‘lanlar kabi narsalar rasmi chizil- 
ganda albatta botanikaning materiallaridan foydalaniladi.
Darsda qush va hayvonlar — qo‘y, echki, tovuq, kaptar, 
qarg‘a, hakka, bo‘ri, tulki, sher, fll, ilon, toshbaqa va boshqalar- 
ning rasmi chizilganda dars zoologiya fanining materiallari asosida 
tashkil etiladi.
Aksariyat tasviriy san’at darslarida geometrik shakllar, priz- 
matik buyumlar rasmi chiziladi.
Kub, prizma, ko‘pyoqli piramida, konus, silindr, shar va 
shu kabi shakllardagi predmetlar rasmi chizilganda o ‘qituvchi 
matematika va chizmachilik fani bilan bog'lanishi zarur.
Texnika vositalari, mexanik o‘yinchoqlaming rasmi chizil­
ganda esa darsda fizika fani materiallaridan foydalaniladi.
R o‘zg‘or buyumlari, m ehnat qurollari rasmi chizilganda 
o‘qituvchi mehnat fani bilan bog‘lanadi, uning ko‘rgazma va 
o ‘quv materiallaridan foydalanadi va hokazo.
Ayniqsa, san’at asarlarini o ‘rganish darslarida adabiyot, tarix, 
geografiya, biologiya, fizika, mehnat, astronomiya kabi fan mate- 
riallariga murojaat etiladi.
0 ‘.Tansiqboyevning „Jonajon o‘lka“ , ,,Issiqko‘l oqshomi“ , 
V.Kaydalovning „Hosil m o‘l bo‘ldi“, L.Abdullayevning ,,Cho‘lni
150


o‘zlashtirish“, Y.Yelizarovning „Paxta teruvchilar“, „Terimchi 
qiz“ , A.Abdullayevning „Nazarali Niyozov“ asarlarini o‘rga- 
nishda mana shu fanlarga ko‘proq murojaat etiladi. Chunki unda 
o ‘t-o ‘lanlar, daraxtlar, tog‘-adirlar, tarixiy voqealar, hayvonlar, 
qush-parrandalar, texnik vositalar tasviri mavjud bo‘lib, ular 
haqida suhbat o‘tkazish uchun bulami o‘rganadigan fanlar bilan 
bog‘lanish zarur.
Xullas, tasviriy san’atning barcha turlari bo‘limlari, mavzulari 
predmetlararo bog Man ish asosida o‘qitiladi.
Ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan dars va predmetni o‘qitishdagi 
samaradorlik bugungi milliy maktablarimizning maqsad-maz- 
munidir.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin