4.8. TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA TEXNIKA
VOSITALARIDAN FOYDALANISH
M a’lumki, bugungi kunda maktab o‘quv-texnika
vositalari
asosan epidiaskop,
kodoskop, LETI, filmoskop,
televizor,
videomagnitofon kabilardan iboratdir.
Tasviriy san’atni o‘qitishda molbert, taglik, reflektr kabi
qo‘shimcha texnik jihozlar ham qo‘llaniladi.
Bular naturani
o ‘quvchining ko‘rish gorizontiga moslashtirib olishda va rasm
chizishda qo‘llanadigan buyumlar bo‘lib,
ular yarim mexanik
uslubda ishlatiladi.
Reflektr
— naturaga tushayotgan yorug‘-soyalami me’yorda
bo'lishi uchun qo‘llaniladi.
Molbertlar
— rasm chizish moslamalari bo‘lib, darsda va
darsdan tashqari mashg'ulotlarda ishlatiladi. Tasviriy san’atini
o ‘qitishda ko‘proq
epidiaskop
qo‘llaniladi.
Epidiaskop —
tasvirlami kattalashtirib ko‘rsatish uchun ishla
tiladi. Diapozitivlardan foydalanish uchun
L E T I
— apparati qo‘l
keladi. Tasviriy san’at darslarida foydalanilayotgan texnik vosita-
lardan yana biri filmoskopdir. Unda diafilmlar namoyish etiladi.
San’at asarlarini tahlil qilishda texnika
vositalaridan foydalanish
dars samaradorligini oshiradi.
4.9. TASVIRIY SAN’AT BO‘YICHA SINFDAN
VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLAR
0 ‘quvchilaming tasviriy san’atga bo‘lgan
qiziqishini oshi-
rishda, dars va mashg‘ulotlarda o'quvchilarning faolligini va
ijodkorligini ko‘tarishda sinfdan va
maktabdan tashqari ishlar
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan vositadir.
Tasviriy san’at bo'yicha sinfdan va maktabdan tashqari
ishlaming 40 dan ortiq turi mavjud.
Ulardan eng asosiylari:
1. To‘garaklar.
2. Konsultatsiyalar (qo‘shimcha darslar).
3. Suhbat, leksiya, ma’ruzalar.
153
4. Sayohat, yurishlar.
5. Ko‘rgazma -va tanlov (konkurs)lar.
6. Badiiy —
Dostları ilə paylaş: