san’at kechalari.
7. Matbuot ishlari.
8. Stend, albom, individual ko‘rgazmalar.
9. ICinofilm, teleko‘rsatuvlami ko‘rish.
10. Rassomlar ijodi bo‘yicha konferensiya, uchrashuv, yubi-
ley tantanalarini o ‘tkazish kabilar.
To‘garaklar.
Maktab sharoitidan kelib chiqib, „rasm chizish“
(yosh rassom), ,,grafika“, ,,naqqoshlik“ , ,,kulolchilik“ , „san’at
tarixini o ‘rganish“ , ,,yog‘och, ganch o‘ymakorligi“ , „haykal-
taroshlik“ kabi to‘garaklar tashkil etiladi. To‘garakka rasm chizishga
qiziquvchi o ‘quvchilar jalb etiladi. 10—12 o'quvchidan iborat
guruhlar tashkil etilib, haftada 2—3 mashg‘ulot rejalashtiriladi.
Mashg‘ulotlar 2—3 soatgacha davom etadi.
Qo‘shimcha darslar (konsultatsiyalar).
Yaxshi o ‘zlashtir-
maydigan o‘quvchilar uchun umumiy va individual mashg‘u-
lotlar tashkil etiladi. Konsultatsiyalar kam vaqt ajratilgan mavzular
yoki o‘quvchilaming talabiga ko‘ra, biror bo‘lim, kurs bo‘yicha
uyushtiriladi. Bunday mashg‘ulotlar uchun haftada 1 yoki 2 kun
belgilanadi.
Suhbat, leksiya, ma’ruzalar.
Bunday mashg'ulotlar taniqli
rassom, san’at ustalari yoki rassom-pedagoglaming ijodiga bag'ish-
lanib, suhbat, savol-javob, mushoira, konfrensiya tarzida tashkil
etiladi.
Sayohatlar
san’at muzeylariga, ko‘rgazma zallariga, studiya,
rassomlarning uylariga, oliy o‘quv yurtlariga, ochiq muzeylarga,
tarixiy obidalarga, tog' va bog‘Iarga uyushtiriladi. Sayohat natijalari
samarali b o ‘lishi uchun sayohatdan qaytgach, insho yozish
rejalashtiriladi.
Badiiy san’at kechalari atoqli rassomlarning tug‘ilgan kuni,
yubileyi, biror-bir tantanali kunlar munosabati bilan o‘tkaziladi.
San’at kechalari 2 qismdan iborat bo‘ladi.
1-
qismda kechaga bag‘ishlanib m a’ruza, muzokara va badiiy
chiqishlar qilinadi.
154
2-
qism — badiiy qism bo‘lib, unda viktorina, mushoira,
savol-javoblar, kino, konsert, teatrlashtirilgan, hatto ekranlash-
tirilgan chiqishlar, kitob savdosi o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |