B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


TASVIRIY SAN’AT KABINETI VA UNING



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

4.7. TASVIRIY SAN’AT KABINETI VA UNING
ISH FAOLIYATI
Maktabda tasviriy san’atning o ‘qitilishi o‘quvchilami estetik 
jihatdan tarbiyalashda asosiy omil hisoblanadi. Tasviriy san’at 
o‘quvchilarga grafik bilim va malaka berish bilan birga o‘quvchilami 
mustaqil ishlashga, tashabbus ko'rsatishga va shular orqali ijodiy 
ishlashga o'rgatadi. Ammo buning uchun maktabda, aw alo, 
mutaxassis o ‘qituvchi va yaxshi jihozlangan tasviriy san’at 
kabinetining bo‘lishi shart.
Maktabda kabinetning tashkil etilishi:
1. Maktabda tasviriy san’at darsini metodik va didaktik jihatdan 
to ‘g‘ri boMishini ta’minlaydi.
2. Darslami zaruriy didaktik va ko‘rgazma materiallar bilan 
ta ’minlaydi.
3. Darsda texnika vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini 
yaratadi.
4. Tasviriy san’at fani b o ‘yicha ko‘rgazma va didaktik 
materiallar bazasini to ‘plash imkonini beradi.
5. Darsni boshqa o‘quv fanlari bilan bog‘lash imkonini beradi.
6. Darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlami amalga 
oshirish imkoniyatini yaratadi va boshqa turli tadbirlami amalga 
oshirishga shart-sharoit yaratadi.
151


Kabinetni tashkil etish bo'yicha Namangan viloyatida ko‘plab 
ish tajribalari amalga oshirilgan. Shunga ko‘ra, kabinet tashkil 
etish xona tanlashdan boshlanadi. Kabinet uchun xona tanlan- 
gach, u qayta ta’mirlanadi, elektr manbayi bilan ta’minlanadi, 
jihozlanadi va bezatiladi.1
Xona, aw alo, 45 minutlik dars jarayoniga tayyorlanadi. 
Bunda xonadagi barcha narsalar o ‘tkaziladigan dars maqsadi 
va vazifasiga qaratiladi. Xonada darsdan tashqari to ‘garaklar, 
konsultatsiyalar, fakultativ m ashg‘ulotlar ham o ‘tkaziladi. 
X onani jihozlash va bezatishda javonlar va tokchalardan 
foydalaniladi.
Xona javonlari va tokchalarda o‘quv-didaktik materiallar, turli 
qog'ozlar, metodik adabiyotlar, gazeta va jumallaming to ‘plamlari 
saqlanadi. Eng yaxshi o ‘quvchilarning ishidan namunalar yig‘ib, 
stend va ko‘rgazmalar tashkil qilinadi.
Kabinet faoliyatini yo‘lga qo'yish uchun, avvalo, uning ish 
rejasi tuziladi. Kabinetga faol o ‘quvchi!ardan yoki to ‘garak 
a’zolaridan navbatchilar tayinlanadi.
Kabinet zaruriy texnik vositalar bilan ta ’minlanadi va kino- 
proektor, epidiaskop, filmoskop, televizor, reflektr — yoritgich- 
lar, molbert — stol, stullar bilan jihozlanadi.
Shuningdek, biologiya, geografiya, adabiyot, matematika, 
mehnat, chizmachilik, jismoniy tarbiya kabi fanlaming darslik 
va zaruriy o‘quv-didaktik materiallari bilan ta’minlanadi.
Maktab tasviriy san’ati kabinetida gipsli slepkilar, mulyajlar, 
chuchelolar, 3—4 dona chelak, o‘quvchilaming hammasiga yetarli 
stakan (bankalar) bo‘lishi zarur.
Maktab tasviriy san’ati o ‘quv predmetining o ‘quv-tarbiya 
ishlarini to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yish — maktabni mutaxassis, tasviriy 
san’at o'qituvchisi bilan ta ’minlashdan iborat b o ‘lgan holda, 
tasviriy san’at darsini boshlash uchun maktabda tasviriy san’at 
kabineti bo‘lishi shart.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin