4) rasm chiziladigan natura, obyekt va kompozitsiya element-
larini ilmiy asosda--o‘ rganishni, kuzatishni, kuzatilgan narsa va
voqealami obyektiv, haqqoniy
idrok etishga imkon beradi;
5) natura va obyektlami kuzatish asosida xarakterli va asosiy
belgilarni ajratib olishga o‘rgatadi;
6) o'quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqillikka, ijodkor-
likka o‘rgatadi, materialistik dunyoqarash va e’tiqodlarini takomil-
lashtiradi;
7) o'quvchilaming bilimlarini sistemalashtiradi,
asosh va har
tomonlama, izchil, ilmiy bilim va malakaga ega bo‘lishlarini
ta ’minlaydi.
Bu haqda aytilgan ilmiy fikrlar o‘qitish ishlarida hozirgacha
o‘qituvchilar uchun asosiy dasturulamal bo‘lib qolmoqda.
Predmetlararo bog‘lanishni barcha pedagoglar e ’tirof et-
gan holda unga yuqori baho berib keladilar. D arhaqiqat, m ak
tab o ‘quv fanlarini o ‘rganishda predm etlararo bog‘lanish
bugungi kunda ham eng samarali didaktik prinsip b o ‘lib hisob-
lanadi.
Predmetlararo bog‘lanish — ikki holatda namoyon bo‘ladi:
1. Nazariy jihatdan bog‘lanish — bu tabiatda, jamiyatda,
um um an moddiy olamda bo‘lgan, bo‘layotgan va b o ‘ladigan
voqea-hodisalami o‘quv predmeti mazmunida ifoda eta oladigan
didaktik holatdir.
Masalan, tasviriy san’at darsida K.P.Bryulovning „Pompey-
ning so‘nggi kuni“ san’at asarini o‘rganishda, „Qadimgi
dunyo
tarixi“ kursidagi „Qadimgi Rim madaniyati“ mavzusi va geografiya
fanidagi ,,Vulqonlar“ mavzusi materiallaridan foydalanib, yuqo-
ridagi san’at asaridagi sujet hamda voqealar haqida ilmiy ma’lu
motlar beriladi va asar tahlil qilinadi.
2. Predmetlararo bog‘lanishning metodik yo‘nalishi o‘qituvchi
bilan o‘quvchi o‘rtasida individual va umumiy savol-javob, uy
vazifalami tekshirish jarayonida amalga oshiriladi.
Masalan, o ‘qituvchi savol beradi:
— Kub qanday shakl?
0 ‘quvchi matematika fanidan va tasviriy san’at darslarida
olgan bilimlari va malakalari asosida:
148
—
Kub — 6 tomonli, 12 qirrali, 24 burchakli bo‘lib,
barcha
tomonlari, qirralari, burchaklari bir-biriga teng geometrik jism, —
deb javob beradi. Fan o‘qituvchisi o ‘z faoliyatida predmetlararo
bog‘lanish prinsipidan foydalanishi uchun o‘z fani bilan boglana-
digan fan dasturi, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini o'rganib
borishi, o‘sha
fan bilan doimiy aloqada, hamkorlikda boMishi
lozim. Bu predmetlararo aloqa:
1. Darsning ilmiyligini, uning darsdagi tashabbusi va ijodiy
ishlashini ta ’minlaydi.
2. 0 ‘qituvchi mehnatini qisqartiradi,
mehnat unumdorligini
oshiradi.
3. Dars materiallarini ixchamlashtiradi, darsdagi takror-
lami, umuman, maktab o‘quv fanlaridagi takrorlashlami kamay-
tiradi.
4. Fan o‘qituvchisining ish faoliyatini sistemaga soladi.
5. 0 ‘quvchilarga esa o‘quv fanlarini oson o‘zlashtirib olish
imkoniyatini berib, ularda ilmiy jihatdan
asoslangan bilim va
malakalarga ega bo'lishda asosiy omil bo‘ladi. Ularni mukammal,
ilmiy jihatdan asoslangan bilim va malakalar bazasiga ega bo'lish-
larini ta’minlaydi.
Agar maktabning barcha o'qituvchilari shu sistemada ishlasa,
kunlik dars soatini 4—5 soatgacha, haftalik o ‘qish kunlarini 5
kungacha qisqartirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: