Tashqi muhitning o ‘sish va rivojlanishga ta’siri.
Bola orga
nizmi jiddiy darajada uning rivojlanish yo'lini aniqlab beruvchi,
bola organizmiga uzluksiz ta ’sir ko'rsatuvchi, aniq sharoitda rivoj
lanadi. I. M. Sechenov ta ’kidlaganidek, «... organizm hayotini
q o ila b turuvchi atrof-muhitsiz faoliyat ko'rsatishi mumkin emas,
shuning uchun organizmning ilmiy asoslanishida organizmning
atrof-m uhitga ko'rsatadigan ta ’siri ham hisobga olinishi zarur,
chunki hayotda nima, muhitmi yoki tananing o'zi muhimmi degan
savolning tu g ilish i uchun o 'rin yo'q».
Turli yosh davrlarida bola organizmidagi morfologik va funk
sional qayta o'zgarishlarning kechishi ko'plab genetik va atrof-
muhit omillari ta ’siriga uchraydi.
Konkret atrof-muhit sharoitlariga b o g iiq holda rivojlanish j a
rayoni tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin, uning yosh davrlari
esa erta yoki kech boshlanishi va ular turli davomiylikka ega b o i i
shi mumkin.
Bola organizmining sifatiy jihatdan shaxsiy rivoj lanishning har
bir bosqichida o'zgaruvchi, o 'ziga xosligi barcha va aynan uning
atrof-m uhit bilan o'zaro aloqasini xarakteri bo'yicha nam oyon
bo'ladi. Bola tug'ilgandagi uning biologik fondi keyinchalik ham
shu holda o'zgarm asdan qoladi deb hisoblamaslik kerak. Atrof-
muhit omillari, ayniqsa, uning ijtimoiv sohasi ta ’siri ostida irsiyat
bilan ta ’minlanuvchi u yoki bu sifatlar muhit imkon yaratsa, rivoj
lanishi yoki imkon bermasa yo'qolishi mumkin.
1. 2. Akseleratsiva
Akseleratsiya tushunchasi.
XIX asrning oxirgi choragi va
XX asrning boshlarida ko'pgina mamlkatlarda bolalarning o'si-
www.ziyouz.com kutubxonasi
shi tezlashganligi kuzatilgan. Shu paytdan boshlab bolalarning
jism oniy rivojlanishi haqidagi m a'lum otlar y ig 'ila boshlandi va
1936- yilda rivojlanishning tezlashishini xarakterlovchi murakkab
kompleks hodisalarni Ye. Kox tom onidan akseleratsiya deb atash
fanga kiritildi
(lot.
accelerare - tezlatish).
Dastlab ko'pchilik tadqiqotchilar akseleratsiya deganda, avvalo,
bolalar va o'sm irlarning jism oniy rivojlanishini tushunganlar. Ke-
yinchalik bu tushunchalar jiddiy darajada kengaydi.
A kseleratsiya deganda tana o'lcham larining ortishini va ancha
erta muddatda yetilishning boshlanishlarini tushuna boshladilar.
Tana uzunligi, ko'krak hajmi va tana og'irliklarini jism oniy rivoj
lanishning ana shunday muhim belgilari deb qarala boshlandi. Or
ganizmning morfologik xususiyatlari uning funksional faoliyati
bilan chambarchas bog’langanligini hisobga olgan holda, ayrim
mualliflar o'pkaning tiriklik sig'im ini, ayrim muskullar guruhini
kuchini, skeletning suyaklanish darajasini, tishlarning chiqishi va
almashinishlarini, jinsiy yetilish darajalariga jism oniy rivojlanish
ning belgilari sifatida qaray boshladilar.
H ozirga kelib «akseleratsiya» tushunchasi shunchalik kenga-
yib ketdiki,ya'ni faqatgina bolalar va o'sm irlarning jism oniy ri
vojlanishining tezlashishi haqida gapirmasdan balki voyaga yetgan
odamlarning tana o'lcham larining ortishi, klimaksning ancha kech
boshlanishlari haqida ham gap yuritilmoqda.
Haqiqatan ham, o'sishning tezlashishini em brional rivojlanish
bosqichidayoq kuzatish mumkin. Yangi tug'ilgan bolalarning tek-
shirishlar shuni ko'rsatdiki, oxirgi 30-40 yil davomida ularning
tana uzunligi 0,5-1 sm ga, og'irligi esa 100-150 g ortdi.
Bolalar hayotining birinchi yilida o'sish va tana og'irligining or-
tishidan tashqari, tana og'irligini ikki marta oshishi, yoshining va
bosh ham da ko'krak qafasi aylanasining to 'rt tom onlam a o'lcham i
pasayishi kuzatiladi.
Hozirda tana og'irligini ikki martaga oshish vaqti ilgarigi 6 oy
lik yosh o'rn ig a 4 ovlikda kuzatiladi.
Hozirgi bir yoshli bolalar 50-75 yil oldingi bolalarga nisbatan
o'rtacha 5 sm ga uzun, 1,5-2 kg o g ’irroqligi kuzatildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|