1.2. Ontogenez psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi.
"Ontogenez" atamasi ilk bor 1866 yil nemis olimi Эrnst Genrix Gekkel tomonidan filogenizdan farqli
o‘laroq - turning эvolyusion rivojlanishi bilan tanishtirildi.
XIX asrning II yarmida эksperimaental psixologiyasining rivojlanishi bilan bola psixikasining ayrim
2
З.Нишонова
jihatlarini (diqqat, xotira, tafakkur, nutq, iroda) o‘rganila boshladi.
Shuningdek, chet эl psixologlari ham ayrim psixik jarayonlar bo‘yicha ilmiy tekshirishlar olib bordilar.
Jumladan, bolalarning idroki bo‘yicha Verner, Kans, xotira bo‘yicha Э, Meyman, V. Shtern, tafakkur bo‘yicha
Bine, Byuller, nutq-muloqot bo‘yicha Э.Bern, Mak-Karti va boshqalar ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga
oshirdilar.
Shuningdek fan taraqqiyotiga o‘zining salmoqli xissasini qo‘shgan olimlardan biri P.P.Blonskiydir (1884-
1941). U o‘zining “Psixologiya ocherki” “Xotira va tafakkur” “Maktab o‘quvchilarining tafakkurini rivojlanishi”
kabi asarlarida psixologik hodisalarni tushuntirib bermagan bo‘lsa ham, ammo ularni shakllanishiga pedagogik
jihatdan yo‘l topib berdi. U bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi, kichik, o‘rta va katta maktab
o‘quvchilarining assotsiatsiyalar doirasi, bolalar tafakkurida tushunchalarning paydo bo‘lishi, xotira va
tafakkurlarni o‘quv faoliyatida rivojlanishi masalalarini ishlab chiqdi.
Bola psixikasini o‘rganishda oliy nerv faoliyatini bilish ahamiyatli эdi. Shunga binoan 1920 yili Sank-
Peterburgda psixiatr va nevrolog V.M. Bexterov (1857-1927) boshchiligida “Miya” instituti tashkil qilindi. Unda
bolalarni tug‘ilgan kunidan boshlab 3 yilgacha bo‘lgan vaqt mobaynida miya tuzilishidagi o‘zgarishlar o‘rganildi.
Olingan ma’lumotlar psixologlar tomonidan bolaning psixik taraqqiyotini o‘rganishga tadbiq qilindi.
1980 yillardan boshlab psixologiyaning nazariy rivojlanishini tarixiy - madaniy jihatini, uning (ildizini)
asosini, ya’ni bolani dunyoga kelishi, uning biologik tipning oxiri эkanligini, sifat o‘zgarishlari jihatidan эsa
ijtimoiylikka aylanishini yoritib berdilar. L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida tashqi-muhitning rolini va
bolani muhit bilan эffektiv munosabatini, ta’lim bilan rivojlanishining o‘zaro munosabatlari, murakkab psixik
funksiyalar ta’lim jarayonida shakllanishini, aktual taraqqiyot bosqichida mustaqil faoliyatni yaqin taraqqiyot
bosqichi asosida bo‘linishini, psixik taraqqiyot qarama-qarshilik, ziddiyatlaridan iborat эkanligini ko‘rsatib
berdilar. U kishilar o‘zining psixologik faoliyatida mehnatdan foydalanishi, turli belgilar orqali narsalarning
nomlarini anglab olishi, belgilar bilan nomlar, atamalar orasidagi munosabatlarni paydo bo‘lishi yuksak psixik
funksiyalarni rivojlanishiga olib keladi, deb ko‘rsatadi. Uningcha “Har qanday yuksak psixik funksiyalar o‘zini
rivojlanishida tashqi ta’sirlar orqali rivojlanadi, chunki u ijtimoiy funksiyani boshlang‘ich ko‘rinishidir”.
Vigotskiy buni bola nutqining rivojlanishida asosiy mexanizmdir deydi. Demak, oliy psixik funksiyalar insonning
ijtimoiy munosabatlarida paydo bo‘lishini yoritib beradi.
Psixik rivojlanishda ong va faoliyatning birligi muammosi S.L.Rubinshteyn tomonidan, psixik
taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch va sabablar, bolalarning yetakchi faoliyatlari va ularni taraqqiyotga ta’siri
A.N.Leontevning ilmiy tekshirishlarida o‘z aksini topdi.
XX asrning o‘rtalariga kelib mazkur soha dunyo miqyosida keng tarmoqlarda rivojlandi. Hozirgi kunda
psixik taraqqiyot muammolari chet эllik psixologlar va jumladan O‘zbekiston psixolog olimlari tomonidan ham
ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Odam psixikasining ontogenezida biologik va ijtimoiy sharoitning roli
(A.N. Leontev), ta’lim tarbiya va rivojlanishning o‘zaro munosabati (D.N. Bogayavlenskiy, L.V. Zankov, N.A.
Menchinskaya), tashqi (materiya) va ichki (aqliy) ta’sirlarning o‘zaro munosabati, bola faoliyatining mazmuni
va uning shakllanishi (A.V.Zaporojes, A.N.Menchinskaya); bola idrokiga faoliyat sharoitining ta’siri (B.G.
Ananev, A.V. Zaporojes, A.N. Leontev, A.R Luriya, D.B. Эlkonin, V.V. Davidov); эsda saqlash jarayonlari (L.V.
Zankov, A.A. Smirnov, P.I. Zinchenko) tekshirila boshlandi va ko‘plab ilmiy - uslubiy maqolalar chop эtildi.
Bolalar faoliyati turlariga xos xususiyatlar (o‘yin - D.B. Эlkonin, Slavina, o‘qish - B.G. Ananev, A.N.
Leontev, L.I. Bojovich, mehnat - A.A. Smirnov, Guryanov va uning bolani psixologik tomondan rivojlanishiga
ta’siri, qobiliyatlarning rivojlanishi (N.S. Leytes) o‘ziga ongli munosabatda bo‘lish (B.G. Ananev) masalalari
atroflicha o‘rganildi.
G‘arbiy Yevropa va AQShda shaxsning individual xususiyatlari va psixik jarayonlarning shakllanishiga
yo‘nalgan ilmiy izlanishlar davom эtmoqda. Jumladan, ontogenez psixologiyasining rivojlanishida
Shveysariyalik psixolog J.Piajening roli kattadir. U bolalarning aqliy tomondan rivojlanishi, ko‘nikma va
malakalarni ta’lim jarayonidagi roli masalasini, amerkalik psixolog Dj.Bruner, Anno Frakl bolalarda
tafakkurning rivojlanishi, Fransiyada A.Vallon, R.Zazzo, Angliyada B.Saymon, O.Konnor va boshqalar
bolalarning psixik taraqqiyotini ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qildilar.
Hozirgi kunda bizda ham ko‘pchilik olimlar bolaning psixik taraqqiyoti muammolarini, unga ta’sir
эtuvchi faktorlarni, ta’lim jarayonini faollashtirish, qobiliyatlarini shakllantirish muammolarini nazariy jihatdan
ishlab chiqdilar. Jumladan, P.I.Ivanov psixologiya fanining umumiy maslalari, ta’limning psixologik asoslari,
turli yosh davrlarda psixik jarayon va xususiyatlarnining rivojlanishi muammolarini (“Umumiy psixologiya”,
“Ta’limning psixologik asoslari”), M.G.Davletshin o‘quvchilarda texnik qiziqishlar, qobiliyatlarini shakllanishi,
yoshlar mehnat ta’limi va kasbga yo‘naltirish, kadrlar tayyorlash samaradorligi oshirish yosh va pedagogik
psixologiya, qobiliyat psixologiyasiga oid “Qobiliyatlarni rivojlanishi”, “Texnik qiziqishlar”, “Qiziqish va
ta’lim”, Э.G‘oziev ta’lim jarayonida o‘quvchilar tafakkurining rivojlanishi, ularning aqliy taraqqiyoti, o‘quv
faoliyatini boshqarish, komil inson tarbiyasining psixologik muammolariga oid, R.I.Sunnatova bolalarning aqliy
faoliyat muammosiga oid B.R. Qodirov yoshlarning individual xususiyatlari, ularning faoliyatga yo‘nalishlari,
layoqat va birlamchi qobiliyatlarning shakllanishi, iqtidorli o‘quvchilarning xususiyatlarini, kasb tanlashga oid
ko‘plab ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, shuningdek, M.Vohidov “Bolalar psixologiyasi”, Э.G‘oziev “Ontogenez
psixologiyasi”, “Tafakkur psixologiyasi”, “Xotira psixologiyasi”, “Shaxs psixologiyasi”, B.Qodirov “Qobiliyat
va iqtidor”, G‘.Shoumarov “Oila psixologiyasi” Z.Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi” va boshqa shu kabi
ko‘plab darslik va qo‘llanmalar yaratdilar.
Ontogenez organizmning individual rivojlanishi, u kelib chiqqan paytdan to umrining oxirigacha davom
эtadigan ketma-ket morfologik, fiziologik va biokimyoviy o‘zgarishlar majmuidir. Mazkur psixologiya fanining
sohasi alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon
madaniyatiga borib
taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jahon psixologiyasi olamida turli
qarashlar nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V. Shtern), sotsiogenetik (K. Levin),
bixevioristik (Э. Torndayk), psixoanalitik (Z. Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib
tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ular to‘g‘risida keyingi sahifalarda batafsil to‘xtalgan.
Darvoqe yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va
yozuvchilarini ham muntazam jalb эtib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII
asrlar diniy axloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va g‘arb
madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘lik turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev,
N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotniig o‘ziga xos
xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir. Rus tarixchisi V.N.Tatishevning “Fanlar va
bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat” kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning
mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik
taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo‘sinda asoslab berishga urindi. Uning “Peterburgdan Moskvaga sayohat” kitobi bu
borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin эgallaydi. Yozuvchining fikricha, inson tashqi
muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok эtadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi. N.I.
Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot эtish
uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun
tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg‘u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga эga эkanligi ta’kidlanadi.
Dostları ilə paylaş: |