Ontogenez psixologiyasi fanining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar hamda ularning asarlari. № Asarlar Olimlar Nashr yili 1
“Inson tarbiya predmeti sifatida”
K.D.Ushinskiy
1868-1869
2
“O‘qituvchilar bilan psixologiya haqida suhbatlar”
U.Djems
1899-1902
3
“Bola ruhiyati”
V.Preyer
1888
4
“Tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun psixologik
ocherklar”
A.P.Nechaev
1901-1908
5
“Olti yoshgacha bo‘lgan davr psixologiyasi”
V.Shtern
1915
6
“Bolalarning oiladagi tarbiyasi va uning ahamiyati”
P.F.Lesgaft
1912
7
“O‘spirinlik davri psixologiyasi”
Э.Shpranger
1924
8
“Maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishi”
A.Gezell
1925
9
“O‘spirinlik”
G.Xoll
1904
10 “Bolaning ma’naviy rivojlanishi”
K.Byuller
1918
Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixida
K.D.Ushinskiyning o‘rni alohida ahamiyat kasb эtadi. Uning fikricha psixologiya fanining asosiy vazifasi
tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri baholashga, shular asosida yangi metod va
usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o‘rin tutadi deb aytadi.
1. K.D. Ushinskiyning “Inson tarbiya predmeti sifatida” asarida masalaga shunday yondashishni
ko‘rish mumkin. O‘quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan
kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan эmpirik tadqiqotlarning natijalariga asoslanish zarur. Bundan tashqari
asarda pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o‘ziga xos tomonlari o‘z
aksini topgan.
Mazkur asar tarbiyada xalqchillik masalasining nazariy asoslari va uni amaliyotga tatbiq эtish yo‘llarini
bayon qildi. Ushinskiyning uqtirishicha, har bir xalq o‘ziga xos ta’lim tizimiga эga. Barcha xalqlarga birdek
xizmat qiladigan ta’lim tizimi yo‘q. “Tarbiya” so‘zi zaminida har bir xalqning o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir.
Ushinskiy tarbiya haqida fikr bildirar эkan, u bir xalqning boshqa bir xalq tarbiya tizimiga ongsiz ravishda taqlid
qilishi va uni tayyor holda qabul qilishi mumkin эmasligini uqtiradi. Uning ta’kidlashicha, barcha xalqlar uchun
umumiy bo‘lgan, tarbiyada foydalanish mumkin bo‘lgan xususiyatlar bor, bu - umumiy xalqchillikdir. Xalqchillik
har bir xalq hissiyotida mustahkam o‘rin эgallagan. Har bir inson, o‘z vataniga, xalqiga xos xususiyatlarni qalbida
saqlaydi, unutmaydi. Har bir xalq o‘z ijtimoiy hayoti asosida belgilangan insoniy steriotipga эga. Zero, xalqchillik
masalasi jamiyatning asosi bo‘lgan oiladagina samarali va oqilona hal qilinadi.
Ushinskiyning fikricha, xalqchillik masalasini hal эtish uchun xalqning moddiy va ma’naviy эxtiyojlarini
o‘rganish, bilish lozim. Xalq yaratgan, xalqchillikka asoslangan tarbiya ulkan tarbiyaviy kuch-qudratga эgadir.
Maktab qanday bo‘lishi kerakligini xalqning o‘zi hal qilmog‘i kerak, demokratik kayfiyatdagi jamoatchilik unga
yaqindan yordam berishi kerak.
3
Остердихофф Г.В. Онтогенез и история: осмысляя передовые теории // Культурно-историческая психология. 2012. Том 8. № 3. С. 60–69.