turining yerda hayot boshlanganidan keyingi эvolyusion taraqqiyot jarayonidir.
Shveysariyalik psixolog Э.Klapared “Bola psixologiyasi va эksperimental pedagogika” asarida qizikish,
motiv, эhtiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari
va rivojlanish qonuniyatlari,
o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir эtilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi. Fransuz psixologi
Э.Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuygularni o‘zlashtirishi эkanligini, shu bois,
idrok qilingan
tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali эgallashini,
biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini uqtiradi. Yana bir
fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va
tabiat o‘rtasidaga turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg‘ayishini belgilaydi. U aloqa sifatida hatti-
harakatni tushunadi, bu эsa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa эmas, albatta.
P.Janening ta’kidlashicha,
эng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifodasini
topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning muhim tamoyili hisoblanadi. Amerikalik psixolog
Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab,
insonning kamolot
sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini
jadallashtiradi, deb uqtiradi. Shuningdek, J. Piaje, Э.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galton, A.Bine, A.Anastazi,
T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeini,
ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim,
ko‘nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o‘rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o‘rin
эgallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab qolmoqda
3
.
Dostları ilə paylaş: