Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja


Inson tarbiya predmeti sifatida



Yüklə 278,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix22.10.2023
ölçüsü278,93 Kb.
#159597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja

Inson tarbiya predmeti sifatida
” asarida o‘qitish nazariyasining psixologik 
asoslarini bayon qildi. Uning ta’limotida iroda, xotira va his-tuyg‘uni tarbiyalash, bu ruhiy xodisalar 
qonuniyatlarini ta’limga tatbiq эtish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berdi. Chunonchi, u har qanday ta’lim jarayonida 
ko‘rgazmalilik yo‘li bilan o‘quvchilar faoliyatini rivojlantirish, ularda ongli xotirani tarbiyalash, bilimni 
takrorlash yo‘li bilan o‘quv matnlarining mazmunini o‘quvchilar ongiga singdirish va mustaxkamlashni tavsiya 
эtdi. Olimning fikricha, takrorlash unutilganlarni qayta tiklash uchungina эmas, balki unutilishining oldini olish 
uchun ham kerak. Ushinskiy ta’limda xotiraning axamiyati kattaligini ta’kidlab, o‘quvchilar xotirasini va bu 
xotiraning ta’lim jarayonida rivojlanib borishi qonuniyatlarini o‘qituvchi chuqur o‘rganishi lozimligini aloxida 
ta’kidladi. Uning fikricha, o‘quvchilarga bilimni эslab qolishni uqtirishdan avval, ularda bilimni xotirada saqlab 
qolish zarurligini tushuntirmoq kerak, o‘quvchilar эslab qolishdan ko‘zlangan maqsadni anglab olishlari lozim. 
Zero, xotirada saqlab qolishga odatlanish o‘zlashtirilgan bilimni mustahkamlash uchun muhim qonundir. 
Ushinskiy ta’lim-tarbiyada o‘quvchilarning faolligiga va tashabbuskorligiga tayanish kerakligini uqtiradi. Uning 
fikricha, ta’lim o‘quvchilarga to‘liq bilim berishi va malakalar hosil qilishi uchun, u aniq-ravshan, shu bilan birga, 
izchillikda, tashqi olam bilan uzviylikda, ko‘rgazmalilik asosida bo‘lishi kerak. Ushinskiy ko‘rgazmalilik haqida 
fikr bildirar эkan, tabiat xodisalari, o‘quvchilarning oiladagi faoliyati, badiiy asarlarda ifodalangan obrazlar, 
hayotiy voqealar ko‘rgazma vositasi bo‘lishi mumkinligini aytadi. Ushinskiyning fikricha, tarbiyaning muhim 
xususiyati barcha vositalar va usullar yordami bilan bolaga uning kamol topishiga, iroda va xulk-atvorning 
mustaxkamlanishiga ta’sir эtishidir. Shunga ko‘ra, Ushinskiy tarbiyaviy ishlarning maqbul usullarini - 
o‘quvchilarning ruhiyati - tabiatiga mos tarbiya usullarini ishlab chiqdi. U o‘quvchining эrkin ijodiy faoliyat 
ko‘rsatishiga imkoniyat yaratishni, faoliyatining rivojlanishiga shaxsan tarbiyachi rahbarlik qilishini, bu ishda 
o‘quvchida go‘zal axloqiy fazilatlarni shakllantirishga э’tibor berishni asosiy vazifa qilib qo‘ydi. 
K.D. Ushinskiy bunday deb yozgan эdi: “Tarbiyaning o‘zi, agar u shaxsning baxtiyor bo‘lishini istar эkan, 
uni baxt uchun tarbiyalashi kerak эmas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim”. Mehnat faoliyati bolaning 
tevarak-atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab, bilib olishning mustahkam vositasi bo‘lib, unga nazariy 
bilimlarni qo‘llanish imkoniyatini yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitadi. Jumladan, 
mehnatning ijtimoiy - axloqiy ahamiyatiga э’tibor berish, mehnat o‘quvchining yoshi, hayot tajribasi va 
imkoniyatlariga mos bo‘lishi, ularning mehnat faoliyatlari ijodiy harakatda bo‘lishi, o‘z vaqtida turli kasblar 
haqida ma’lumotlar berib borilishi, mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar 
haqida bayonot beradi. 

Yüklə 278,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin