39
Ijtimoiy pedagogika predmeti san’atdan shaxsga ta’sir etadigan g’oyaviy - emostional
vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi. Ijtimoiy pedagogika
O’zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham o’zoq va chuqur an’analarga ega.
Shunga qaramay sovet davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e’tiborga olinmadi. Bunday
muammolarni shaxsga, hamkorlik an’analariga, rahm-shavqatga, milliy an’analarga befarq
bo’lish xolatlari bilan o’zoxlash mumkin.
Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mo’taxassislari oldida turgan vazifalarni murakkablashtirib
yuboradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo’nalishda
mo’taxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana
shuning uchun ham ijtimoiy
pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat
organlari boshharmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek
ijtimoiy- pedagogik faoliyatining ilmiy-tadqiqot bazasinni ham o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy pedagogika yakin kelajakda o’qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy
kasbga aylanadi, chunki ayrim olamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma`naviy
-axloqiy
ogishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi ko’rashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchuin uning tadqiqot
obyekti xususiyatlarini o’rganmoq lozim. Shu sabab fanda tadqiqot obe’kti va predmeti
tushunchasi mavjud.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy
pedagogika terminining o’ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika
so’zlaridan tashkil topib ularni ma’nosini o’zida jamlayadi. Bu birlik fanda differentsatsiya va
integratsiya hodisalari bilan birgalikda namoyon bo’ladi.
Yangi bilimlarni osishi ilmiy fikrlarni real hayotga tatbiq etilishi,
yangi mualimmlarni
yo’zaga kelishi jamiyatni ilmga ehtiyojini yo’zaga keltirish darajasi fanning differentsnatsiyasi
va maxsuslashtirish tendentsiyasi ko’zatiladi. Shuningdek, bir qator muammolarni hal qilishda
tuplam nuqtai nazardan bir obektni urganuvchi mustaqil fan birligini o’zida namoyon qiluvchi
integratsiya hodisa ko’zatiladi.
Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil ob’ektlari
alohida ko’zatiladi: falsafa bilan birgalikda ta’lim falsafa psixologiya bilan o’zaro munosabatda
psixolo-pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda. Bunday misollarni Ko’plab keltirish
mumkin.
Pedagogikada keyingi vaqtda differentsiya xodisasi yetarli darajada kuchaydi.
Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus
pedagogika, prolessional
pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika
shular jumlasidandir.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti pedagogika o’rganadigan jarayon va voqelik
bo’lib, u masalani muayyan, o’ziga xos aspektda ko’radi. Uning o’ziga xosligi esa «ijtimoiy»
degan so’zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir.
Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat
yutuqlaridan foydalanib,
ijtimoiy pedagogika o’z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy pedagogiki davlat va jamiyat institutlarining ma`naviy ma’rifiy markazlari
faoliyati sohasidir, bu yerda yangi qadriyatlar san’ati shakllantiruvchi va birlashtirib turuvchi
faoliyat jamlanadi. «Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog’liq jarayonlar
ifodalangan, ammo ularning muloqati va o’z aro aloqalari turli shakllarda bo’ladi.
Demak, pedagogika osib kelayotgan avlod tarbiyasi va talimi to’g’risidagi fan bo’lib,
ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga ta’lim berish to’g’risidagi fandir.
O’z qobiliyatini inson tomonidan jamiyatda ko’plab quydagi jarayonlarda amalga oshadi;
a) Insonni jamiyat bilan stixiyali o’zaro munosabatda va uning hayotiy jabhalariga stixiyali talim
jarayonida.
b) Insonlarni u yoki bu kategoriyasiga davlat tomonidan pedagogika nimani o’rgatadi. Ijtimoiy
pedagogika insonlarning butun egallayotganayotgan davom etayotgan amalga oshiradigan
ijtimoiy tarbiyani tadqiq ta’sir ko’rsatish jarayonida.
40
v) Inson rivojlanishi, uni tarbiyalash uchun qulay hart—haroitlar yaratish.
g) Inson o’ ini tarbiyalashi va rivojlantirish jarayonida.
Shunday qilib, rivojlanish
insonni shakllanish jarayoni, ijtimoiylashtirish- konkret
ijtimoiy haroitlar asosida rivojlantirishdir.
Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu holatda biz oilaviy pedagogika
obyekti bo’lgan oilaviy xususiy tarbiyalarida mulohaza yuritamiz.
Tarbiyalash diniy idoralar orqali amalga oshadi. Bunda konfessional tarbiyaga duch
kelamiz. Tarbiyalash davlat va jamiyat tomonidan shu maqsadida tashkilotlar orqali yo’zaga
keladi. Bu ijtimoiy pedagogika tadqiqot obekti bo’lgan ijtimoiy tarbiyalash jarayoni hususida
fikrlaymiz. Ijtimoiy tarbiyalash siyosatshunoslik, ijtimoiy: jarayonining tarkibiy kismi
hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika matnda uni ijtimoiylashtirish bilan borish oldida o’rganadi
ya’ni, planeta, mamlakat maktablardagi inson tarbiyasiga ijtimoiy omillar ta’sir
etish ishlab
chiharish tarbiyasida oila, ommaviy axborot vositalar, atrofida odamlar bilan muloqot ornini
ko’rib chiqadi.
Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o’rganish lozim: Ijtimoiy pedagogika - fanning
shunday tarkibi-ki, uning vositasida: Birinchidan inson hayotda ma’lum sabablar asos ichida
yo’zaga kelgan hodisalar o’rganiladi.
Ikkinchidan insonning rivojlanishi uchun qulay haroitlar yaratishni ko’zda tutadi.
Uchinchidan ta’sir etuvchi hodisalarni oldini oladi.
Ijtimoiy pedagogika o’quv predmeti sifatida ijtimoiy pedagogik faoliyat tasvirini
xarakterlaydigan vazifasini amalga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirish ijtimoiy pedagogikani
o’rganish jarayonida talabalar tomonidan bir qator maqsadlarni amalga oshirshni ko’zda totadi:
ma’lum doiradagi nazariy bilimlarni egallash va bularni amalda qo’llash muammoni oldindan
ko’rish va yechishga sub’ekt va ijtimoiy jarayonga ko’ra ijtimoiy gumanitik munosabatlarni
shakllantirish.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy tarbiya muammosini o’rganadi.
Bu ijtimoiy peagogika
o’quv kursini to’zilishini o’zida aks ettiradi.
U ijtimoiylashtirish jaryonini ijtimoyi pedagogik hodisa sifatida o’rganadi. Ijtimoiy
pedagogika pedagogikaning mustaqil bir bulagi bo’lib u kishilar jamoasi hamda alohida
shaxslarga ta’lim tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolar ularning kelib chiqish sabablari
hamda bu muammolarning bartaraf etilishining nazariy va amaliy jihatlarini orgatadi. Ijtimoiy
pedagogika fani ijtimoiy shaxsning o’ziga xos milliylik tomonlarini tarbiya jarayonida orgatib
boradi.
Pedagogika va sotsial pedagogika bir-biriga juda bog’liq, lekin ularning farqi shunda-ki,
Pedagogika fani ijtimoiy shaxsning faqat ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy
pedagogika esa bola shaxsini va uning bolaligini himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi.
Pedagogik sotsiologiya faning maqsadi
jamiyatdagi har bir shaxsning shayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal
qilishdan iborat. Ta’lim va tarbiya masalalari bilan shug’ullanish,
keksalar, hariyalar, kasal va
bo’quvchisini yo’qotganlar, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olish.
Shu jumladan foxishabozlik, narkomaniya va qonunbizarlikka qarshi kurashish. Bu illatlardan
jamiyatni, ayniqsa kelajak avlodni himoya qilish zarur.
Ijtimoiy pedagogika faning vazifasi quyidagi 4 bosqichni o’z ichiga oladi.
1.
Bolani va o’smirni xaqiqatgo’y qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish;
2.
Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil ravishda hal qila
olishi va o’z munosabatini bildirishi;
3.
Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni orgatish;
4.
Hayotdagi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda tushunishga
o’rgatish;