Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Curriculum, cultural traditions and pedagogy: understanding the work of teachers in 
England, France and Germany (2012
).


64 
Mamlakatimo’zning o’tgan yillaridagi mentalitetida ijtimoiy ta’limni tushinish 
mafko’raviylashtirilgan tarbiyadan, ta’limni ijtimoiy - siyosiy maqsadlar bilan chegaralab 
qo’yilgan tizim deb tasavvur qilishdan iborat edi. Jamiyatdagi o’zgarishlan ta’limga ham, 
hamjamiyatga ham, ularning o’z aro aloqasiga ham harashlarni ancha kengaytirdi. 
Ta’lim va hamjamiyatlarga multimadaniy tizimlar deb qaraladigan bo’ldi, bu tizimlarda 
hamjamiyat individdan yuqori turib, uning rivojlanishini belgilamaydi, balki turli individlar 
birgalikda hayot kechiradigan, turli odamlarning birgalikdagi harakatlari amalga oshadigan jonli 
makon deb hisoblanadi. Bunga guruhlar:
-ota - onalar (bolalar bilan birga); ta’limning konkret shakllaridan manfaatdor bo’lgan 
ishbilarmon odamlar va tadbirkorlar;
-o’z ta’limini takomillashtirishdan va o’z bilimlarini rivojlantirishdan manfaatdor bo’lgan 
hamma odamlar (ya’ni, mutaxassislar va mo’taxassis bulmaganlar) kiritilishi mumkin. 
hamjamiyatda, hamjamiyat orqali va hamjamiyat uchun shunday tushiniladigan ta’lim - ta’lim 
jarayonlariga kiritilgan (shu jumladan majburiy o’rta ta’lim doirasida ham) odamlar aloqalari va 
birgalikdagi harakatlarning bevosita amal qiluvchi, dinamik ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy ta’lim 
tizimidir. Bu, shuningdek, ''quyidan'' chiqadigan shaxsiy ta’lim yoshtiyojlarining, 
qiziqishlarining va tashabbuslarining (holbuki, davlatga qarashli ta’lim tizilmalari ''yuqoridan'' 
chiqadigan sotsial - ta’lim manfaatlari va maqsadlaridir) namayon bo’lish va o’z ini o’z i 
ro’yobga chiharish sohasi hamdir. 
Ijtimoiylashtirilgan ta’lim ikki inson o’rtasidagi muomala madaniyatini shakllantiradi, 
shayotning ma’nosini va yo’nalishlarini aniqlashga, jamiyatda o’z o’rnini topishga, o’z 
imkoniyatlarini chamalab kurishga imkon beradi. Tabiiy - ilmiy ta’lim inson bilan tabiat 
o’rtasidagi munosabatni, uning tabiiy rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini hamda 
o’zlashtirishning maqsadga muvofiq usullarini utkazadi. 
Texnologik ta’limda inson ilmiy - texnika yutuqlari, uning tamoyillari, metodlari, 
shozirgi zamon texnologiyasini o’z lashtiradi.Bu fakat ishda emas, balki turmushda
komunnikastiya sohasida, madaniy hayotda ham kerak
Ta’lim metodlarini faollashtirish quyidagi ta’lim qonunlariga e’tiborni kuchaytirishni 
taqozo etadi.
 

Ta’limda intellektual sohani rivojlantirish qonuni. Bu qonun bo‘yicha ta’lim 
oluvchining fikrlashini (bilishini, ijodini), xotirasini, diqqatini, aql sifatlarini (teranlik, 
eguluvchanlik, tejamkorlik, mustaqillik), fikrlash ko‘nikmalarini (ajratish, qo‘shish, tahlil qilish 
va h.k.), bilishini (ta’lim oluvchilarni qarama – qarshilik muammolarni qurish, savollar qo‘ygan 
farazlarni ilgari surish va h.k.), o‘rganishini bilishini rivojlantirish, predmetga oid bilim, o‘quv 
va ko‘nikmalarni tashkllantirishning istiqbolli usullari ishlab chiqiladi va ulardan amaliyotda 
foydalanish shakllari yaratiladi;
 

Ta’limda iroda sohasini rivojlantirish qonuni. Bu qonun bo‘yicha ta’lim oluvchidagi 
maqsadga intilishni shakllantirish jarayoni e’tiborga olinadi. Unda asosan asab va muskullarning 
zo‘riqishini yenga olish, tashabbuskorlik, o‘z kuchiga ishonish, o‘zini boshqara olishni 
rivojlantirish, bilimlarni o‘qitish (qanday faoliyat ko‘rsatish), faoliyatni rivojlantirish, uni qanday 
amalga oshirish va nazoratni tashqi ko‘nikmasiz olib borish kabi qobiliyatlar hisobga olinadi. 
 

Ta’limda ematsion sohani rivojlantirish qonuni. Bu qonun ta’lim oluvchiga o‘z 
hissiyotini va ruhiy holatini boshqarish bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalarini shakllantirish 
jarayonidan iborat bo‘lib, unda ortiqcha havotirni yengish va o‘zini holisona baholash 
ko‘nikmasiga ega bo‘lishlikni tarbiyalash muhim hisoblanadi;
 

Ta’limni axborotlashtirish qonuni. Bu qonun bo‘yicha axborotlashtirilgan jamiyat 
haroitida ta’lim oluvchilarning jamoatchilik va kasbiy faoliyatida to‘laqonliroq samarali 
qatnashishiga tayyorlash maqsadida ta’lim tizimining barcha komponentlari kompyuterli va 
axborotli texnologiyalar yordamida yaxshilanadi.
15
 
15
Joyce, B., Calhoun, E., Hopkins, D «Pedagogy, Teaching Practices» 2004. 5-7-b


65 
Bu o’qitish va tarbiyalash maqsadi, mazmuni, metodi va vositalarini aniqlashda hal 
qiluvchi ro`l o’ynaydi. U o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida ta’lim jarayonidagi o’z aro 
munosabatlarida o’z garish yasaydi, o’quvchilar faolligi va mustaqilligini oshirish o’zini o’z i 
kashf etishining sufrekti bo’lib qoladi. Ta’limni ijtimoiylashrirish o’qitish sub’ekti - o’quvchiga 
o’z qobiliyati va ichki imkoniyatlarini ochishga yordam beradi. Milliy dasturning ijtimoiy 
mazmuni tufayli ta’limda yangi qadriyat o’z ifodasini topadi. O’quvchining shaxsiy qiziqishlari 
va intilishlari birinchi o’ringa chiqadi, bunda ta’lim oluvchi o’z imkoniyatlarini to’la ochishga 
muyassar bo’ladi. 
Mazkur, muammoda insonparvarlik ta’limi bilan ijtimoiylashtirish o’rtasidagi munosabat 
muhim ahamiyatga ega. Bu faqat masalaning moshiyatini belgilash uchun emas, balki ayni 
vaqtda ta’limda boshlangan ijtimoiy o’zgarishlarni amalga oshirishda va hayotga joriy etish 
yo’llari va vositalarini aniqlashga ham muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy ta’lim (hamjamiyat orqali ta’lim berish) - tashabbuskor guruhlar, hamjamiyatlar, 
jamoalar, odamlarning o’zini o’zi boshharadigan uyushmalari hayoti va ixtiyoriy faoliyatining 
bir kismi sifatida muntazam, uzluksiz ta’limni tashqil etish konstepstiyasi va amaliyoti. Ijtimoiy 
ta’lim konstepstiyasi quyidagi g’oyat muhim prinstiplarini o’z ichiga oladi: 

u ayrim odamlarda ham, guruhda ham o’z kuchlariga ishonishni va ularga tayanishni 
rivojlantirishga haratilgan; 

u hamjamiyatda, hamjamiyat bilan birgalikda va hamjamiyat uchun talimning 
variyantliligi prinstiplari asosida (ya’ni uning ofrktiv xilma - xilligini eTiro`l etish va ushbu 
xilma - xillikni talim amaliyotida ruyobga chiharish asosida) amalga oshirilgan uzluksiz talimni 
qo’llab - quvvatlaydi; 

u hamjamiyatdagi odamlarning muammolari va yoshtiyojlariga ta’lim jarayonining 
boshlangich nuqtasi deb munosabatda bo’ladi, shu sababli tugilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy 
muammolarni mustaqil hal qilish maqsadida samarali o’qitish va konkret pro`lessional trening 
shakllarini ahamiyatli deb beriladi; 

u ochikdir va mushkul ahvolda tushib qolgan odamlar yoshtiyojiga hamda 
bolalarning muammolariga ayniqsa hamdardlik bilan qaraydi, ularni pedagogika va psixologiya 
nuqtayi nazaridan qo’llab - quvvatlashga qaratilgan muxsus maqsadlarni qo’yadi; 

u mavjud maorif tizimining xilma - xil ta’lim xizmatlarini ta’minlash borasidagi 
ishini tuldiradi va har bir odamning aynan o’ziga kerakli va ta’lim standartlari hamda 
tasdiqlangan uquv rejalari bilan belgilab qo’yilganiga qaraganda ancha keng ma’lumot olishga 
imkon beradi. 
Mamlakatimizning o’tgan yillaridagi mentalitetida ijtimoiy ta’limni tushinish 
mafko’raviylashtirilgan tarbiyadan, ta’limni ijtimoiy - siyosiy maqsadlar bilan chegaralab 
kuyilgan tizim deb tasavvur qilishdan iborat edi. Jamiyatdagi o’z garishlan ta’limga ham, 
hamjamiyatga ham, ularning o’zaro aloqasiga ham qarashlarni ancha kengaytirdi.
Ta’lim va hamjamiyatlarga multimadaniy tizimlar deb qaraladigan bo’ldi, bu tizimlarda 
hamjamiyat individdan yuqori turib, uning rivojlanishini belgilamaydi, balki turli individlar 
birgalikda hayot kechiradigan, turli odamlarning birgalikdagi harakatlari amalga oshadigan jonli 
makon deb hisoblanadi. Bunga guruhlar: ota - onalar (bolalar bilan birga); ta’limning konkret 
shakllaridan manfaatdor bo’lgan ishbilarmon odamlar va tadbirkorlar; o’z ta’limini 
takomillashtirishdan va o’z bilimlarini rivojlantirishdan manfaatdor bo’lgan hamma odamlar 
(ya’ni, mutaxassislar va mutaxassis bulmaganlar) kiritilishi mumkin. hamjamiyatda, hamjamiyat 
orqali va hamjamiyat uchun shunday tushiniladigan ta’lim - ta’lim jarayonlariga kiritilgan (shu 
jumladan majburiy o’rta ta’lim doirasida ham) odamlar aloqalari va birgalikdagi harakatlarning 
bevosita amal qiluvchi, dinamik ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy ta’lim tizimidir.
Bu, shuningdek, ''quyidan'' chiqadigan shaxsiy ta’lim yoshtiyojlarining, kqiziqishlarining 
va tashabbuslarining (holbuki davlatga qarashli ta’lim tizilmalari ''yuqoridan'' chiqadigan sotsial 
- ta’lim manfaatlari va maqsadlaridir) namoyon bo’lish va o’zini o’zi ro’yobga chiqarish sohasi 


66 
hamdir. Ijtimoiy pedagogik ishlar faol g’oyaviy - axloqiy imkoniyatlarga ega, u shaxs xulqida 
paydo bo’lgan salbiy elementlarga qarshi kurashda muhim omilga aylanadi. 
U ijtimoiy fikrni shakllantirish yo’li bilan jamoada sog’lom ma`naviy - axloqiy muhit 
hosil qilishga ta’sir kursatadi, ilgor ijtimoiy qadriyatlarni mustashkamlaydi, shaxs kadr - 
qimmatini ta’mindaydi, onunni shurmat qilishga o’rgatadi. Bu ayniqsa bugungi kunda, jamiyat 
ma`naviy yangilanish jarayonini boshidan kechirayotgan bir davrda muhim ahamiyatga ega. 
Tarbiyaviy faoliyatning muhim rezervlaridan yana biri - ommaviy targ’ibot bilan bog’liq bo’lib, 
g’oyaviy - tarbiyaviy ishlarning barcha shakllarida g’ayrat va tashabbus talab etildi. Bunda 
davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ommaviy - tashkiliy tadbirlar o’tkazish, kechalar, 
bayramlar, rasm - rusmlar, urf - odatlar, jumladan «Navro’z», «Xotira va qadrlash kuni» va 
boshqa tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
Ommaviy ishlarda ijtimoiy - tarbiyaviy muvaffaqiyatlarga ommaning ijtimoiy - madaniy 
faoliyat yo’nalishini chuqur anglagan holdagina erishish mumkin. Bu, birinchi navbatda. 
Pedagogik tamoyillar asosida ma’rifiy muassasa ishlarini tashqil etishda va metodikasida o’z 
ifodasini topadi. Tadbirlarni faqat g’oyaviy yo’nalishini emas, ayni chog’da ijtimoiy - 
pedagogik, ijtimoiy - psixologik moshiyatini anglash, tashkiliy ishlarda uning mexanizmlarga 
tayanish zarur. 
Ijtimoiylashtirish insonparvarlikning moshiyatini tushunib yetishga ko’maklashadi, 
insonni totalitarizm asoratlaridan xalos etadi, o’z ligini anglatadi. Bu maqsadga bilimsiz erishib 
bo’lmasligi ma’lum narsa.Ta’limni ijtimoiylashtirish insonni bu dunyoda borligini anglashga 
imkon beradi.U faoliyat usullarini anglash va samarali o’zlash, o’z iga, boshqalarga, tabiyatga 
nisbatan uygun munosabatda bo’lish imkoniyatini beradi. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin