1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/65
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160183
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi

Jamoa bo‘lib kuylash
faoliyatida o‘quvchilarning vokal-jamoa 
malakalari rivojlantiriladi. Sinfda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida o‘quvchi o‘z 
ovoz-
ijrosini boshqaradi, o‘rtoqlari ijrolarini tinglaydi va ular bilan birga jo‘r 
bo‘lib kuylashga intiladi. 
Musiqa savodi
barcha faoliyat turlarini nazariy birlashtiruvchi faoliyat 
sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat turi (tinglash, jamoa bo‘lib kuylash 
h.k.) qo‘llanilmasin, unda o‘rganilayotgan asarning xususiyatlari (janri, 
tuzilishi, ijrochiligi va h.k.) haqidagi yangi bilimlar beriladi.
1
И.Акбаров “Мусиқа луғати” Тошкент. Ғофур Ғулом нашриёти 1987 йил 
Лойиҳа


 
 
24 
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Musiqa savodi faqatgina nota savodidan iborat bo‘lmay, balki 
o‘quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi (musiqa 
shakllari, janrlari, cholg‘uchilar ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi
ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota 
savodi va boshqa) bilimlarni singdirib borishdan iboratdir. 
Musiqa savodida musiqiy atamalar, an’analar, templar (sur’at), 
intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda vositalari, 
oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minor haqida tushuncha beriladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati fanida berilgan 
qo‘shiqlar, nota materiallari o‘quvchilarning imkoniyati, ovoz diapazonlariga 
mos holda mantiqiy ketma-ketlikda berilgan.
O‘qituvchi ushbu dasturga kiritilmagan, ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy 
jihatdan muhim va o‘quvchilar idrok-amaliyotiga mos bo‘lgan kuy va 
qo‘shiqlardan iborat yangi asarlardan fan uyushmasining bayonnomasiga 
asosan 30% o‘zgartirib, foydalanish huquqiga egadir. Shuningdek, sinflar 
kesimida berilgan boblar uchun ajaratilgan soat shu bob mavzularini 
o‘qituvchi tomonidan taqsimot qilinishi mumkin.
O‘qituvchi dars jarayoning barcha faoliyat turlarida cholg‘u asboblaridan 
va qo‘shimcha texnika vositalaridan foydalanib, tushuntirishi mumkin.
Ta’lim qardosh (qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman va rus) tillarda 
olib boriladigan maktablar uchun o‘quv dasturiga o‘zining milliy 
qadriyatlaridan, madaniy merosidan kelib chiqib, bastakor, kompozitor, milliy 
cholg‘ulari, kuy va qo‘shiqlaridan 50%gacha o‘zgartirish tavsiya etiladi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin