1
BOSHQARUVNING UMUMIY VA ANIQ FUNKTSIYALARI: MOHIYATI VA
TURKUMLASH MEZONLARI
Dedajanov Baxtiyor Nabijanovich
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
“Menejment” kafedrasi dotsenti,
i.f.n.
Raximov Asadbek Axadbek o’g’li
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
menejment yo’nalashi talabasi
Kirish
Ma’lumki, har qanday darajadagi boshqaruv jarayoni doimo faol yoki
mo’’tadil ravishda faoliyat yuritishga harakat qiladi. CHunki faoliyatni maqbul
olib borilmasligi boshqaruvning tabiati va maqsadiga to’g’ri kelmaydi.
SHundan kelib chiqib, har qanday boshqaruvning mohiyati eng avvalo, uning
faoliyatida, funktsiyalarida namoyon bo’ladi. Boshqaruvning faoliyat sohalari
xilma xil bo’lganligini hisobga olib, uning faoliyatining bosh yo’nalishlarini
alohida ajratish zarurati kelib chiqqan. Biroq boshqaruv funktsiyalarida faqat
uning mohiyati o’z ifodasini topadi, deb o’ylash xato bo’lar edi. Bunda
muayyan davrdagi o’ziga xos jixatlari, boshqaruvni amalga oshirish hamda
boshqarishning alohida xususiyatidan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarini
aslo esdan chiqarmaslik kerak. SHu bilan birga jamiyat, korxona va
tashkilotlarning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishi va bu boradagi
vazifalarni bajarishi bevosita uning faoliyati ya’ni funktsiyalari bilan bog’liqdir.
Boshqaruv faoliyatini tadqiq etish uning bajaradigan funktsiyalarini
chuqur o’rganish, ularni guruhlarga ajratish, mazkur funktsiyalardagi o’ziga
xoslikni o’rganishni taqazo etadi. Bu o’rganilayotgan mavzuning dolzarbligini
ifodalaydi.
Asosiy qism
Dastla
b “funktsiya” va “vazifa” iboralarining lug’aviy ma’nosi to’g’risida
ikki og’iz so’z yuritsak.
Funksiya
lotincha
functio
so’zidan olingan bo’lib,
bajarish
, amalga oshirish ma’nolarini bildiradi. Har qanday hodisaning
mohiyati uning funktsiyalarida ifodalanadi, ya’ni hal qilish uchun mo’ljallangan
vazifalar. Har bir nazorat funktsiyasining mazmuni ushbu funktsiya doirasida
bajariladigan vazifalarning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Shuning
uchun ishlab chiqarishning murakkabligi va uning vazifalari boshqaruvning
butun murakkabligini va uning funktsiyalarini belgilaydi.
“Vazifa”
-
bu amalga oshirilishi, hal qilinish lozim bo’lgan masala,
erishilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq,
xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir.
“Funktsiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga
ega. Zero, funktsiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi.
2
Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muhandisining funktsiyasiga
kirmaydi, chunki u shu bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir.
“Vazifa” esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin.
Boshqarish funktsiyasi
deganda u yoki bu ob’ektni boshqarshiga oid aniq
vazifalarnn hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatin
i ochish va o’rganish boshqaruv
jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqaruv funktsiyalari -
ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni
muhim belgilar bo’yicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi.
Dostları ilə paylaş: |