17
faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatining shakllanishi) hamda
ma'naviy
(inson
ichki dunyosining boyishi, hissiy-irodaviy, bilish jarayonida mo'him o'zgarishlar
yuz berishi) sohalarida sodir bo‘ladi. Rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy
rivojlanishi uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosabatida, ayniqsa jamoa
ishlarida qatnashishida namoyon bo'ladi. Inson ruhan va ma'nan rivojlanishida
bilim, dunyoqarash, tafakkur kuchi, iroda safarbarligi muhim o‘rin egallaydi.
Tarbiya
–
uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi
o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida
aniq maqsad hamda
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va
rivojlantiriladi
6
. Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga
singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir
ko'rsatadi.
Dostları ilə paylaş: