16
Shaxsning axloqiy sifatlari – shaxsning aqliy jihatdan kamolotga yetishuvi
uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali namoyon bo‘ladi: bilag‘onlik,
ob'ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik va boshqalar hisoblanadi.
Pedagogik muhit
– ta'lim –tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan
shaxslararo (o‘qituvchi – tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil oluvchi-tahsil
oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil oluvchi-ota-
ona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui.
Ichki muhit – shaxsning o‘ziga xos hayotiy faoliyati, xarakterning o‘ziga
xosligi, hayotiy tajriba va irsiy tafakkur ko‘nikmalari majmui, odatdagi ruhiy
holatlarda o‘zini namoyon etadigan ta'sirchanlik va voqyelikka munosabatlarning
o‘zaro bir-biriga
muvofiq kelishi, bir-birini to‘ldirishi va boyitishi.
Ma'lumki, har qanday shaxs jamiyatda shakllanadi va rivojlanadi.
Inson
bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u ijtimoiy
rivojlanib ham boradi va kamolotning ma'lum bir bosqichida shaxsga aylanadi.
Pedagogikada
“shakllanish”
kategoriyasi muayyan insonda muayyan sifatlar,
fazilatlar, xususiyatlarni singdirish jarayoni bilan belgilanadi. Masalan, boladagi
badiiy
adabiyot, tasviriy san'at, musiqaga bo‘lgan iqtidorni oldindan aniqlash
asosida undagi qobiliyatlarni shakllantirish mumkin.
Shaxsning har tomonlama kamolga yetishi
Dostları ilə paylaş: