11
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta’lim -tarbiya va kadrlar
tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo’l-yo’riqlar ko’rsatib berildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni zamonaviy
pedagogikaning konseptual asosi bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur Qonunning qabul
qilinishi ta'lim-tarbiya tizimida keng islohotlar o'tkazishga zamin yaratdi.
Qonunga muvofiq ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibi, bosqislarini bir-
biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish,
ta'lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar
talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga yo‘l ochildi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va
tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va
tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika
(ta’lim
nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko
«o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va
qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi,
mazmuni, shakl, metod, vositalari,
natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish
yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
Dostları ilə paylaş: