7
- Internet tarmog‘idagi pedagogik saytlar yaratish va ulardan samarali
foydalana olishga o‘rgatish
Tarbiyaning asosiy qirralari- e'tiqod
va ibrat, ilm va mantiqiy tafakkur,
haqiqat
yo'lida ruhiyat safarbarligi va iroda qudrati- bularning barchasi mavzularda asosiy
g‘oya sifatida yoritilishiga harakat qilingan.
Mualliflar o‘quv qo‘llanma
tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinishi
tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday
taklif- mulohazalarni
minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va keyingi o‘quv qo‘llanma, darsliklar
tayyorlashda hisobga oladilar.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada keltirilgan ta'lim
va tarbiyaning ijtimoiy
tabiati, uning tarkibi,
mazmuni va mohiyati, pedagogika kategoriyalarining
rivojlanish
tendensiyalari, fan metodologiyasi hamda ilmiy pedagogik tadqiqot
metodlari, pedagogik diagnostika to‘g‘risidagi tushunchalar oliy ta'lim
tizimida
tahsil oluvchi magistrantlar, yosh tadqiqotchilar uchun ham qiziqarli manba bo‘lib
hisoblanadi. Amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar esa undan o‘z bilim
va malakalarini oshirishda, ilmiy va mustaqil
ishlarni tashkil qilishda
foydalanishlari mumkin.
Akademik, R.H. Djuraev