Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   227
-.-

VA UNING MOHIYATI
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1-§. Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari, predmeti va ob'ekti 
 
REJA: 
1.
Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari, predmeti va ob'ekti 
2.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari 
3.
Pedagogikaning metodlari. Pedagogikaning tarmoqlari. Pedagogikaning 
boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi 
4.
Zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi.
 
Pedagogikaning ilmiy -
tadqiqot metodlari.
 
Tayanch tushunchalar:
 pedagogika, fan taraqqiyoti, kategoriya, shax
s, 
tarbiya,
 
ta'lim

bilim, ko'n ikma, malaka, shakllaniish, rivojlanish, pedagogik 
muhi,
shaxs kamolotini ta'minlas,
ta'limiy konsepsiyalar. 
Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari
. Har bir fan o‘zining predmeti 
va metodologik asoslariga ega bo‘lganidek, pedagogika ham o‘zining 
kategoriyalari, o‘rganish ob'ekti va predmeti, metodikalar va metodologiyasiga ega. 
Ma'lumki, pedagogika XV11 asrning ikkinchi yarmidan boshlab falsafa fani 
zamirida shakllandi hamda jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. 
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan 
Sharq va G‘arb mutafakkir va ma'rifatparvarlarining ta'lim-tarbiyaga doir qarashlari 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi kunda pedagogika ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida ta'lim-
tarbiyaning maqsadi, vazifalari, davlat ta'lim standartlari, ta'lim va tarbiya shakllari, 
metodlari, vositalari, pedagogik faoliyatni tashkil qilish shakllari, mexanizmlari, 
uning qonuniyatlari haqida bilim, ma'lumot beruvchi, pedagogik mahorat sirlarini 
o‘rgatuvchi fanga aylandi. 
Boshqa fanlar singari pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida 
shakllanib, jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy rivojlanib bormoqda. Shu 
sababli ta'lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash 
lozim. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqelik, hodisa, 
ijtimoiy tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan 


10 
olinishi va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi respublikamizda 
ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur o‘rganishni taqozo 
etadi. 
2017 yil 7 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatda yangi mazmundagi 
uzluksiz ta'lim tizimini yaratish vazifasi qo‘yildi, uning tarkibida esa yangi 
mazmun va mohiyatdagi innovatsion oliy ta'lim tizimini shakllantirish bosh 
yo‘nalish sifatida belgilandi hamda ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini 
innovatsion tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirishga yo‘naltirildi

Demak, ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni tashkil qilishning ilk 
qadamlaridan biri bu –pedagogika fanini o‘qitishni yangi sifat bosqichiga 
ko‘tarishdir. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin