5
mamlakatimiz jahon maydonida salobatli nufuzga ega bo‘lib borayotganidan
dalolat beradi.
Ijtimoiy voqyelikda ta'lim va tarbiya
masalalarini tahlil qilish, ichki
qonuniyatlarini o‘rganish,pedagogik jarayonni boshqarish, nazorat qilish, natijasini
aniqlash va unga yangiliklarni kiritishda zamonaviy fan yutuqlaridan foydalanish
lozim. Shu bois pedagogikaning predmeti va metodologiyasini chuqur o‘rganish
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan olganda, mualliflar tomonidan yaratilgan
mazkur o‘quv qo‘llanma 5141000, 56430100, 5210200,5130200, 5111600- ta’lim
yo‘nalishlarida tahsil oluvchi nopedagogik oliy ta’lim muassasalari bakalavrlari
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda amaldagi Namunaviy
Dastur asosida ishlab
chiqilgan o‘quv rejasiga monand mavzular ketma-ketlikda berilgan. Har bir
mavzudan so‘ng talaba bilishi va egallashi lozim bo‘lgan davlat talablariga tayangan
holatda topshiriqlar keltirilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada nopedagogik ta'lim yo‘nalishida tahsil
oluvchi bakalavrlar egallashlari lozim bo‘lgan ta'lim sohasida davlat siyosatining
asosiy
tamoyillari, pedagogikaning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik fikrlarning
rivojlanish taraqqiyoti, o‘quv jarayonini tashkil etishning
shakl va metodlariga
quyilayotgan zamonaviy talablar, ta'lim sub'ektlarining shaxs sifatida rivojlanish
omillari, yosh davrlarining o‘ziga xosliklari, yaxlit ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil
etish va amalga oshirish; tarbiya jarayonining
qonuniyatlari va tamoyillari;
pedagogik menejment mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, korreksion
pedagogikaga oid malumotlar berilgan. Har bir mavzu matnlaridan so‘ng takrorlash
va munozara o‘tkazish uchun savollar,
topshiriqlar, testlar, muammoli vaziyatlar
taqdim etilgan. Bu alfozda tuzilgan matnlar o‘quv mashg‘uloti davomida talabalar
egallagan bilimlarini reproduksiyalashga zamin yaratadi, kelgusida egallashlari
lozim bo‘lgan faoliyatida zarur manba bo‘lib
hisoblanadi, zamonaviy
pedagogikadagi dolzarb masalalar ustida mustaqil, erkin fikrlashga,
mulohaza
yuritishga
zamin
yaratadi.
Talabalarning
kelgusidagi
kasbiy,
shaxsiy,
umummadaniy kompetensiyasini oshiradi.
O‘quv qo‘llanma
Dostları ilə paylaş: