13
ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliyotda qo‘llay olish malakasini rivojlantirish
va h.k.
Zamonaviy pedagogika fanining mazmuni, maqsad va vazifalarining
yangilanish va rivojlantirish quyidagi negizlarga asoslanadi:
– barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish;
– xalqimizning
milliy urf-odatlari, an'analari, ma'naviy merosini
mustahkamlash va rivojlantirish;
– shaxsning o‘z qobilliyat va imkoniyatlarini erkin namoyon qilishga zamin tayyorlash;
–
yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, fuqarolik pozitsiyasini tarkib
toptirish.
Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida
jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi.
Pedagogika fani
maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat
va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar
mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston
Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni
barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy
tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi.
Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
Analitik
-
ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati,
sabab-oqibat aloqadorligini
o’rganish; - pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash.
Dostları ilə paylaş: