12
Demak,
har tomonlama yetuk, yangicha fikrlaydigan, o‘z
shaxsiy va fuqarolik
pozitsiyasiga ega bo‘lgan, milliy mafkuraning barcha sifatlarini o‘zida
mo‘jassamlashtirgan barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyat talabidan kelib chiqadi.
Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari:
– Respublikamizda barkamol avlodni voyaga yetkazishning yaxlit
muammolarini hal qilish;
– ta'lim-tarbiya samaradorligini uzluksiz
oshirish va jahon talablari
darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;
– umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e'tiborga olib,
ta'lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
- Ta'lim va tarbiya mazmunini ilg‘or pedagogik
tajribalar asosida boyitib
borish, innovatsion va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash tadbirlarini
belgilash;
– uzluksiz ta'lim sifatini oshirish va uni boshqarish yo‘nalishlarini belgilash
muammolarini hal qilish;
– “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan talablarni amalga
oshirish va h.k.
Dostları ilə paylaş: