Havoli mexanik ko‘pik tayyorlagich
uskunalar
Ko‘pik hosil qiluvchi moddani suvdagi
qorishmasidan o‘rtacha ko‘piruvchanlikka (80-100
gacha) ega bo‘lgan havoli mexanik ko‘pikni
tayyorlash uchun chizma 30 da keltirilgan KDG-600
yoki
KDG-2000
rusumli ko‘pik tayyorlagich
generatorlardan foydalanish mumkin.
Sanoatda 3 xil rusumdagi ko‘pik tayyorlagich
generatorlar ishlab chiqariladi. Ular ko‘pik ishlab
chiqarish quvvati bilan bir-biridan farq qiladi, ya’ni
KDG-200, KDG-600 va KDG-2000.
Bunday ko‘pik generatorlarining ishlatish tartibi
quyidagichadir: 6%li ko‘pik hosil qiluvchi suyuq
qorishma
elastik
shlanglar
orqali
generator
purkagichiga uzatiladi. Purkagich esa o‘z navbatida,
qorishmani sim to‘rlar qatlami tomon yo‘naltiradi.
Natijada qorishma havo bilan aralashgan holda sim
to‘rlarga urilib mayda zarrachalarga parchalanadi va
uning oqibatida qorishmadan ajralib chiqayotgan CO
2
gazi hisobidan diffuzorda hosil bo‘lgan bosim tufayli
ko‘plab pufakchalar paydo bo‘la boshlaydi va ular
bora-bora ko‘payib havoli mexanik ko‘pikni hosil
qiladi.
Ko‘pik tayyorlaydigan ko‘chma uskunalar.
Bugungi kunda o‘t o‘chirish amaliyotida keng
qo‘llaniladigan PS-1, PS-2, PS-3, PS-4 va PS-5
rusumli ko‘chma ko‘pik tayyorlash moslamalar
mavjud. Ularning tuzilishi va ish uslubi bir xil, ammo
bir-biridan ko‘pik ishlab chiqarish quvvati bilan farq
qiladi.
O‘t o‘chirish texnik vositalari va ularning
vazifalari
Zamonaviy o‘t o‘chirish mexanizmlarining
aksariyati motorlashgan bo‘lib, tez yordam ko‘rsata
oladigan, harakatchan texnik vositalar darajasida
mukammallashgandir. Bular jumlasiga avtomobillar,
vertalyotlar va motorli pompalar kiradi.
Respublikamiz
hududida
eng
ko‘p
qo‘llaniladigan texnik vositalardan biri o‘t o‘chiruvchi
avtomobillar hisoblanadi (5.15-5.16-5.17-rasmlar). Bu
texnik vositalar, o‘zlarining vazifalari, jihozlanish
uskunalari va ish uslublariga qarab, uch toifaga, ya’ni
asosiy, maxsus va yordamchi toifalarga bo‘linadi.
Asosiy o‘t o‘chirish mashinlari o‘z navbatida
umumiy va maqsadli qo‘llanishga mo‘jallangan
turlarga bo‘linadi:
-umumiy qo‘llaniladigan-vositalarga avtokran,
avtosisterna, avtonasos va motopompalar kiradi;
-maqsadli vositalarga-avtonarvon, havoli ko‘pik,
inert gaz, suv va kukunli o‘t o‘chirgich moddalar bilan
jihozlangan avtomobillar va boshqalar misol bo‘la
oladi.
Yordamchi texnik vositalar turkumiga yoqilo‘i
bilan ta’minlovchi va texnik uskunalarni to‘xtovsiz
ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladigan
ta’mirlash ustaxonalari joylashtirilgan avtomobillarni
misol qilib ko‘rsatish mumkin.
5.15-rasm. Avtokran
5.16-rasm. Avtosisterna
5.17-rasm. Avtonarvon AL-50
Dostları ilə paylaş: |